Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana27.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1726466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21.23.F Ahadov Ziyodulla -Jismoniy madaniyat metodikasi fanidan-Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash ref

ikki faktorga bog’liq: 
a) orqa miyaning oldingi shohchalari motoneyronlaridan muskulga boradigan 
impulslar; b) shartli ravishda muskulni o’zining reaktivligi, ya’ni ma’lum 
qo’zg’olishlarga javob berish kuchi; v) muskul reaktivligi, uni fiziologik ko’ndalangi, 
tolasining yo’g’onligi, uni qo’zg’ala olish darajasi va boshqa uning tuzilishidagi bir 
qancha xususiyatlariga; g) markaziy asab tizimi orqali amalga oshiriladigan ta’siriga va 


shu daqiqadagi muskul uzunligi va boshqa holatlar, hamda boshqa faktorlarga ham 
bog’liq. 
Muskul zo’riqishi darajasini keskin o’zgartirishda unga keladigan effektli 
impulslar xarakteri etakchi mexanizm lardan biri hisoblanadi.
Yuk (og’irlik) ko’tarish bilan mashqlanish o’zining universalligiga ko’ra kulay 
bo’lib, ular yordamida faqat eng kichik muskullar guruhigagina emas, xatto eng yirik 
muskullar guruhiga ham ta’sir etish mumkin. Ularni dozalash oson. Lekin bir qator 
salbiy xususiyatlari ham mavjud. Og’irlik bilan ishlash mashqlarida dastlabki holat 
muhim rol o’ynaydi. U albatta yukni statik holda ushlashni talab qiladi. Agarda yukning 
massasi og’ir bo’lsa, dastlabki holatda turish qiyinlashadi. Bu o’z navbatida harakatni 
hal qiluvchi fazasida diqqatni kontsentratsiyalashda qiyinchilikni yuzaga keltiradi. 
Bundan tashqari ahamiyatli darajadagi massaga ega bo’lgan snaryadga birdaniga katta 
tezlik berish qiyin, xohlaymizmi, yo’qmi, harakatning birinchi boshlanish qismi sekin 
bajarilishini unutmaslik lozim. 
Harakat ritmi majburiy tarzda astalik bilan ortib boruvchi bo’ladi. Bu o’z 
navbatida lozim bo’lgan muskullar guruhiga zo’riqish berishda qiyinchiliklarga sabab 
bo’ladi. 
Egilib(tortilib,eshilib) yana asli holatga qaytadigan jihoz lardagi qarshiliklarni 
engish bilan mashqlanish uchun harakat oxiriga borib zo’riqishning orttirilishi 
xarakterlidir.
Kuch fazilatini rivojlantirishda: - qarshilikning me’yori shunday bo’lishi kerakki,
mashqni bajaruvchi bir urinishda uni kamida 4 martagacha bajarishga, takrorlash 
imkoniyatiga ega bo’lsin. Bajarish paytida YuQChsi minutiga kamida 170 martagacha 
ko’tarilsin. Tavsiya qilingan mashq yuklamasini 8-12 marta takrorlashgagina kuchi 
etadigan darajada bo’lsa nur ustiga a’lo nur.
Polda yotib qo’llarga tayanib, uni tirsakdan bukish va to’g’rilash mashqi, bir 
urinishda 2 martadan ortiq bajarish takrorlangan bo’lsa, undan boshqa foydalanish 
maqsadga muvofiq emasligini shug’ullanuvchilarga tushuntirish lozim. Buning uchun 
oldindan qo’l mushaklarini boshqa adekvat mashqlar, kuch talab qiladigan harakatlar 
yordami bilan mashqlantirib, so’ng bu mashqdan kuch chidamliligini rivojlantirishda 
foydalanish samara beradi.
Kuchni rivojlantirishda maxsus adabiyotlar va oxirgi 20yillikning ilmiy 
tadqiqotlarning natijalari orqali tavsiya qilayotgan innovatsiyalarni barchaga standart 
qo’llash bir xil natija bermasligini bo’lajak soha mutaxasislari unutmasliklari lozim.
Shunga qaramay amalda qo’llanila yotgan sinalgan tavsiya larni e’tiboringizga 
havola qildik.Ular: 
- kuch fazilatini rivojlantirish uchun har bir urinishda mashqlarni mushaklar 
bajaraolmay “bosh tortish” holati sodir bo’lguncha bajarishning foydasi katta; 
- bajarilgan mashqdan so’ng har bir urinish oralig’i vaqti 2-3 minutdan oshmasin 
(tiklanish sodir bo’lib ulgurmay bajarish); 
- kuchni rivojlantirish mashqlarini bajargandan so’ng, ayrim muskullar guruhini 
bo’shashtirish lozim bo’ladi, boshqa muskul zvenolariga esa egiluvchanlik uchun 
mashq berish maqsadga muvofiq;
- mashqlanishning haftalik mikrotsikllarida tezkorlik, kuch va chidamlilik uchun 
mashqlarni ratsional navbat bilan bajartirish samarasi katta; 


-chegara hisoblangan yuklamalarda kuchni rivojlantirish uchun mashq qilish 
maxsus nazariy bilimlar va amaliy malakalarni talab qiladi.
-chegaraga yaqin – me’yordan nisbatan ko’proq bo’lgan jismoniy 
yuklamalar yoki o’z tanasining vaznidan vosita sifatida sifatida foydalanish kuch 
sifatini rivojlan tirishda biz kutgan samarani bermoqda (Salomatlik trenirovkalari 
bobida kuchni rivojlantirish mashqlaridan namunalar berilgan). 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling