Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana27.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1726466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21.23.F Ahadov Ziyodulla -Jismoniy madaniyat metodikasi fanidan-Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash ref

bilan kuch talab qiladigan mashqlarni bajarish kuchni rivojlan tirishning asosiy metodi 
hisoblanadi. 
Jismoniy tayyorgarlikning ortishi bilan ko’proq, me’yordagi va me’yorga yaqin 
og’irliklardan foydalaniladi.
Me’yorga etmagan zo’riqishni qo’llash o’z kamchiliklarga ega. Energiya 
sarflashda me’yordan ortiq  muskul butunlay bajara olmay qoladigan darajada mashqni 
takrorlash samara bermaydi.
Kuchni rivojlantirish nuqtai nazaridan aytarli ahamiyatga ega bo’ladigani asosan 
oxirgi urinishlar bo’lib, toliqish hisobiga o’ta zo’riqish susayadi, ishga ko’proq harakat 
birligi (soni) qo’shila boradi va ko’tarilayotgan og’irlik me’yorga yaqin bo’la 
boshlaydi. Lekin bu urinishlar yarim sharlar po’stlog’i funktsiyasining susayganligi 
fonida (holatida) bajariladi. Bundan tashqari, takrorlashlar sonini ko’p marotabaliligi 
shug’ullanuvchilarda befarqli-likni uyg’otadi yoki faoliyatga munosabati salbiylashadi
va mashq samarasining pasayishiga olib keladi. 


Demak, mashqni takrorlashda yarim sharlar po’stlog’i funktsiyasining faolligi, uni 
susaygan holatida shakl- lanishdan afzal.
O’quvchilarning yoshiga xos xususiyatlar o’zgarishi bilan bog’liq kuch 
mashqlaridan mashg’ulotlarda, ayniqsa, darslarda foydalanishning imkoniyati 
chegaralangan. 
Kichik va o’rta maktab yoshida shaxsiy kuchini rivojlantirishni o’ta oshirib 
yubormaslik lozim. Mashqlar tezlik - kuchini rivojlantirishga yo’naltirilsa mashqdagi 
statik komponentlarni chegaralanishiga sabab bo’ladi. Lekin bunday mashqlarni 
mao’g’ulotlardan butunlay chiqarib tashlab bo’lmaydi, chunki statik holatlar, qomatni 
tarbiyalashning etakchi vositasi hisoblanib, uni qo’llash samaralidir. 
Yosh kattalashishi bilan bu mashqlar kengrok qo’llani ladi. Lekin albatta nafas 
olishning nazorati kuchaytirili shi kerak. Chunki zo’riqish paytida nafasni uzoqroq 
ushlash, ay niqsa, qizlarda salbiy ta’sirga, hatto xushidan ketib qolishlariga sabab 
bo’lishi mumkin.
Maktabda kuch tayyorgarligiga asosiy vazifa tananing orqa va qorin tomonining 
yirik muskulalari guruhini rivoj lantirishga yo’naltirilishining axamiyati katta, chunki 
qomatning shakllanishi shu muskullarga bog’liq. Rivoj anmaydigan muskul guruhlari – 
tananing qiyshiq muskullari, harakat tayanch apparati muskullari, sonning orqa tomoni 
muskullari va h.k.larni rivojlantirish «Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalari 
tarkibiga kiritilganligi bejiz emas. 
Maktab yoshidagilarda kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yo sh d a 
jismlar bilan umumiy rivojlan tiruvchi mashqlar, qiyshiq o’rnatilgan gimnastika 
skameyka lariga tirmashib chiqish, gimnastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqti 
rishlardir;
10-11 yo sh d a gilar uchun katta muskul tarangligini talab qiladigan jismlarni 
ko’tarish bilan umumiy rivojlan tiruvchi mashqlar (to’ldirma to’plar, gimnastika 
tayoqlari va h.k.)da, uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib chiqish, engil jismlarni 
uloqtirish va boshqalardan; 
14-15 yo sh d a - to’ldirma to’plar, katta og’irlikka ega bo’lmagan gantellar, kanat 
(arg’amchi) tortishdek kuch talab qiladigan mashqlar, tortilishlar, qo’lda tik turish va 
boshqalar xisoblanadi. To’g’ri, o’smirlarda og’irlashtirish maksimal vaznga nisbatan 
60-70%ni tashkillashi lozim. Bundan tashqari, mashqlarni muskul to’la bajara olmay 
qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qat’iyan taqiqlanadi. 
Q i z l a r d a 13-14 yoshda boshlab tavsiya qilinadigan umumiy nagruzka bolalar 
uchun talab qilinadigan nagruzkaga nisbatan o’z tanasinig maksimal vazni atrofida 
bo’lishi, asosan lokal holda, kuch mashqlarini ajratib olingan alohida guruhlariga, tashqi 
og’irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og’ir bo’lmagan jihozlardan 
foydalanish tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirishda muskul zo’riqishi ko’lami (tirik organizm sodir qiladigan) 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling