Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana27.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1726466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21.23.F Ahadov Ziyodulla -Jismoniy madaniyat metodikasi fanidan-Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash ref

O’z-o’ziga qarshilik ko’rsatish bilan bajariladigan mashq larning qulayligi 
shundaki, qisqa vaqt ichida organizmga katta dozadagi jismoniy yuklamani berish 
mumkin va bu mashqlar maxsus jihoz va inventarlarni talab qilmaydi, lekin muskullar 
elastikligining tezda yo’qoli shiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv 
tarangligi (zo’riqishi)da bajariladi, shuning uchun ularni sog’lom, jismoniy 
tayyorgarligi talab darajasida bo’lganlarga, o’zini-o’zi nazorat qilish tizimli olib 
borilishi tavsiya etiladi. 
Tadqiqotlar kuch harakat sifati, muskul tolalarining yo’g’onligi bilan bog’liqligini 
e’tirof etadi. Muskul tolalarining jami kuchi 30 ming kg ga yaqin. Suyaklarning egilishi, 
cho’zilishi nisbati bilan uning mustahkamligi (pishiqligi) esa cho’yanning 
mustahkamligi bilan tengligi aniqlangan.
Yana shuni unutmaslik lozimki, individning kuch qobiliyati organizmning 
individual rivojlanishi bilan uzviy bog’langan va undan foydalanish maqsadga muvofiq 
yo’nalishga ega bo’lishi zarur. Inson jismining sifatlari ichida kuch harakat sifatiga 
hayotiy jarayonning oxirgi damlarigacha zaruriy darajadagi talablar qo’yiladi.
Ayrim mualliflar yoshning ulg’ayishi bilan kuchning oshib borishi va 15-18 
yoshdagilik davri, uning jadal rivojlanishi vaqtidir, deb ta’kidlaydilar. 


Kuch sifatini rivojlantirishda shug’ullanuvchi turli xil dagi mashqlarni bajarish 
uchun sarflanadigan kuch sifati darajasini bilishi muhim. Ayniqsa, kuchni rivojlantirish
mashqlarini bajarish metodikasi haqida ham tasavvurga ega bo’lishligi, bo’lajak STT 
jismoniy madaniyati sohibini shu jarayonga oid faoliyatining samaradorligini oshiradi. 
Kuchni rivojlantirish m e t o d l a r i. Muskul kuchining ortishi asosan uni 
rivojlantirish metodlariga bog’liqdir. 
Maksimal zo’riqish metodi, ya’ni me’yordagi yoki me’yorga yaqin og’irliklarni 
ko’tarish (o’z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal safarbarligi va 
muskul kuchi ning ko’p bo’lmasada ortishini ta’minlaydi. Lekin bu yuqori darajadagi 
ruxiy-psixiologik zo’riqish bilan bog’liq. Ayniq sa, o’quvchilar kuchini rivojlantirishda 
bunday zo’riqishlar qator noqulayliklarga sabab bo’ladi. Oz mikdordagi qayta rishlar 
modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlarni yo’lga qo’ya olmaydi, natijada 
muskul massasi ortmaydi. 
Bu uslubiyot mashq texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tug’diradi, chunki 
me’yoridan ortiq nerv-muskul tarangiligi nerv markazidagi qo’zg’alishni 
generalizatsiyalashishiga va ishga ortiqcha muskul guruhlarining qo’shilib ketishiga 
olib keladi.
Va nihoyat, shuni hisobga olish kerakki, xatto etarli darajadagi tayyorgarlikka ega 
bo’lgan sportchilarning nerv tizimi yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, shug’ullanuvchi uchun 
me’yorga yaqin bo’lgan nagruzkalardan foydalanish metodi muskul kuchining ortishida 
me’yor bo’lmagan nagruzkalar bilan mashq qilish metodi bergan foydani ham 
bermaydi. 
Me’yorga yaqin bo’lmagan (oz zo’riqish talab qilinadigan) nagruzka bilan mashq 
qilish metodida katta hajmda ish bajarish orqali modda almashinuvida ma’lum 
o’zgarishlarga sabab bo’ladi va bu muskul massasining ortishiga olib keladi.
Kuchli zo’riqishsiz yuklama bilan bajariladigan mashqlar harakat texnikasini aniq 
nazorat qilish imkonini beradi, ayniqsa, bu shug’ullanishni endigina boshlaganlar 
uchun qulay. O’rtacha nagruzka trenirovka jarayonining boshlang’ich etaplarida katta 
bo’lmagan yuqori tiklanishni va quvvat manbalarini qo’zg’otadi, ular hisobiga kuch 
sifatining bir oz o’sganligi ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, yangi o’rganuvchilar 
shikastlanishlarini oldi olinadi. Shuning uchun me’yorga yaqin va o’rtacha nagruzka 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling