Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana27.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1726466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21.23.F Ahadov Ziyodulla -Jismoniy madaniyat metodikasi fanidan-Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash ref

Kuch oshirilishining uzluksizligi va birin ketinligi. Bu qoida Nyutonning ikkita 
(inertsiya va tezlanish) qonunidan kelib chiqadi. Harakatni boshlash uchun eng katta 
kuch, tinch (turg’un) inertsiyani engish uchun kerak bo’ladi.
Masalan, shtangani ko’krakka olishga harakat boshlash uchun oyoqning va 
elkaning orqa muskullaridan, ularning kuchidan foydalaniladi. Chunki uni to’xtatish 
yoki tinch turgan jism inertsiyasini ozgina bo’lsa-da, o’zgartirish uchun qo’shimcha 
zo’riqish talab qilinadi. Aslida bu zo’riqishdan mashq tezli-gini yanada oshirishda 
samarali foydalansa bo’ladi.
Mabodo yadro turtishning qaysidir joyida harakatning ozgina sekinlashtirilishi 
yoki ushlanishiga yo’l qo’yilsa, oldingi harakatning foydali effekti yo’qqa chiqishi 
mumkin. 
Harakatlarning uzluksizligi va davomiyligi texnik tayyorgarligi yuqori bo’lgan 
sportchilarda, ayniqsa uloqti rish, sakrash, suzishning barcha turlarida yaqqol ko’zga 
tashla nadi va harakat samarasiga ta’sir qiladi. 
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor muskul zo’riqishi, lekin 
uning tanasining massasi (vazni) ham ma’lum darajada rolp o’ynaydi. 
Shunga ko’ra, kuch absolyut va nisbiy deb ham farqlanadi. Birinchisida insonning 
tanasi vaznini hisobiga olmay, qandaydir bir harakatda kuch namoyon qila olishi 
tushunilsa, ikkinchisida, uning tana vaznining har bir kilogrammiga to’g’ri keladigan 
qilib namoyon qilinadigan kuchning me’yori tushuniladi.
K u ch n i o’ l ch a sh. Absolyut (mutloq) kuch inson dinamometriyasi 
ko’rsatkichlari va boshqalarga asoslanib inson kuchi potentsialini ifodalaydi. 
Chegaralanmagan vaqt ichida, izometrik tartibda, maksimal erkin mushak haraka- 
tining kattaligi yoki ko’tarilgan yukning eng yuqri og’irligi bilan o’lchanadi. Chegera 
hisoblangan yukni ko’tarish uchun mutloq kuch sarflanadi. Biz quyida qayd qilingan 
ayrim jismoniy sifatlarning rivojlanganligi darajasini aniqlash – o’lchash usullariga 
to’xtaldik.
Mushak kuchini aniqlash. Mushak yoki tananing kuchi dinamometrlar bilan 
o’lchanadi. Panja mushaklari kuchini o’lchash uchun qo’l dinamometri maksimal 
darajada qisiladi va muayyan shkaladagi ko’rsatkich yozib olinadi. Bel (umurtqa 
pog’onasi) kuchi esa “Stanovoy dinamometr” bilan o’lchanadi.
Qo’l kafti dinamometri uchun maksimal o’lchovi hajmi 90 kg gacha, “Stanovoy 
dinamometri”ni o’lchov imkoniyati 300 kg.gachadir. 


 Respublikamizning yoshlari, yigitlari va erkaklari uchun kuch normalari 
ishlangan (M.S.Abramov, 1990).
O’lchov natijasiga ko’ra kaftingiz kuchi 65 dan 90 kg.gacha bo’lsa, “a’lo” 
darajadagi kuchga egasiz; 51-64 kg.gacha bo’lsa kuchi ngiz “yaxshi” deb baholanadi
39 dan 50 kg.ga bo’lsa “qoni qarli” bahodagi kaft kuchi sohibi deb sanaladi, 39 kg dan 
past bo’lsa, kuch imkoniyatining darajasi “yomon” deb hisoblanadi. Ayollar bunday 
baholarni olish uchun erkaklarnikidan 15-20 kg.gacha kam bo’lgan natija ko’rsatishlari
lozim bo’ladi. 
Umurtqa pog’onasining kuchi odatda individ uchun kuch imkoniyatining chegarasi 
yoki chegara oldi darajasida kuch sarflashlar orqali aniqlanadi. Turmush tarziga ko’ra 
kam haraktlanish bilan hayot kechiruvchi( ularning ko’pchiligi aqliy faoliyat sohiblari 
)lar, chegara va chegara oldi kuch o’lchovi paytida keskin kuch sarflashda ehtiyot 
choralarini ko’rishlari lozim. 
Avvaliga umurtqa pog’onasi atrofidagi mushaklarni chega ra va chegara oldi kuch 
sarflashlarning o’lchoviga tayyorlashdan erinmasliklari tavsiya qilinadi. O’lchovning 
natijalari orqali umurtqa pog’onasi kuchi 155 kg.dan 200 kg.gacha bo’lsa, “a’lo” 
darajadagi kuch sohibi, 110 dan – 154 kg.gacha bo’lsa “yaxshi” baholi kuch sohibi, 70 
dan – 109 kg.gacha bo’lsa “qoniqarli” bahoga ega bo’lgan kuch sohibi, 70 kg.dan past 
bo’lgan ko’rsatkich sohibiga “qoniqarsiz” baho qo’yish tavsiya qilinmoqda.
1

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling