Kurs ishi bajardi: pp 302- guruh talabasi Sh. J. Bahramova Rahbar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi E. A. Asrorxonova Toshkent 2023 mundarija kirish
II BOB. PSIXOLOGIK MASLAHAT TEXNIKASI VA UNDAN FOYDALANISH USULLARI
Download 119.95 Kb.
|
Psixologik maslahatni tashkil etishda artterapiyaning o‘rni
II BOB. PSIXOLOGIK MASLAHAT TEXNIKASI VA UNDAN FOYDALANISH USULLARI
2.1 Psixik taraqqiyotini tuzatishda artterapiyadan foydalanish metodi Psixologik maslahatlar texnikasi deganda, psixolog-maslahatchi maslahatning u yoki bu amallari doirasida harakat qilib, psixologik maslahat har bir bosqichlarida mana shu amallarni bajarish uchun foydalanadigan maxsus uslublari tushuniladi. Avvalgi bobda o‘rganib chiqqanligimiz sababli bevosita ularbilan bog‘liq bo‘lgan psixologik maslahatlar texnikasini to‘la ta’riflashga kirishamiz. Bu texnika psixologik maslahatlar barcha bosqichlarida bir xilda muvaffaqiyat bilan qollaniladigan universal, psixologik maslahatning u yoki bu, xususan bir bosqichi uchun mos keladigan o ‘ziga xos texnikasi bolishi m umkin. Psixologik maslahat texnikasini biz universal xususiyatli maslahatlar uslublariga alohida ajratmay, maslahatlar turli amallari bilan bog‘liqlikda bosqichma-bosqich ko‘rib chiqamiz. Psixologik maslahatda mijozni kutib olish. Mijozni kutib olish umumiy amali doirasida (psixologik maslahatning birinchi bosqichi) psixolog-maslahatchiga quyidagi texnik uslub tavsiya etiladi: mijozni kutib olishda u bilan yuzma-yuz duch keladigan vaziyatni egallab, uni o‘z o‘rniga kuzatib qo‘yiladi. Bu yerda o‘zini boshqacha tutish kerak bo‘ladigan qator alohida holatlar uchrab turishi mumkin. Mana shu vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. Agarda mijoz psixologik maslahat xonasiga kirib kelganida, u yerda hech kimni uchratmasa dovdirab qolishi mumkin. Mana shu holat m aslahatlar paytidagi keyingi xulqiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agarda mijoz xonaga kirganida unga hech qanday e’tibor bermaydigan insonlarni ko‘rsa, nafaqat dovdirab, balki xafa ham bo‘ishi mumkin. Ayniqsa, keyinchalik m ana shu insonlar orasida psixolog-maslahatchi va uning yordamchisi bo‘lganligi ma’lum bo‘lib chiqsa, mijozning o‘z o‘rniga borib o‘tirishi yo‘lida kutilmagan to‘siqlar yuzaga kelganda ham uning psixologik kayfiyatini yomon tomonga o‘zgartirishi mumkin. Mijozning o‘zi maslahat o‘tkazish joyiga kelib o‘tirishi ham mumkin. Lekin bunday hollarda m aslahatda o‘z joyini izlashda, mijozda hech qanday muammolar yuzaga kelmasligi kafolatlanishi kerak. Agarda mijoz maslahat o‘tkaziladigan xonaga kirib bo‘lgan bo‘lsa, insonlar, ayniqsa, psixolog-maslahatchi yoki uning yordamchisi o‘tirib kutib olsalar, mijoz bu holni e’tiborsizlik yoki hurmatsizlik kabi qabul qilishi mumkin. Bunday mijoz bilan yaxshi psixologik aloqa o‘rnatish qiyin bo‘ladi. Bu tavsiyalarfaqatgina psixolog-maslahatchi va uning yordamchisiga emas, balki shu vaqtda psixologik maslahatchi xonasida bo'lishi mumkin bo‘lgan insonlarga ham taalluqli. Masalan, agarda mijoz kirib kelganida psixologmaslahatchi va uning yordam chisi o‘rnidan turib, boshqalar o ‘rnilaridan turmasalar, bu hol ham mijozda yaxshi kayfiyat uyg‘otmaydi. Gap shundaki, boshqa holatlarda odob-axloq qoidalari bo‘yicha katta yoshdagi insoniar yoki yuqori m an sab vakillari o‘tirishlari mumkin. Bularning ikkalasi ham psixologik maslahat o‘tkazish uchun yaxshi em as, chunki mavjud qoidalar bo‘yicha psixologik maslahatda mijoz uchun eng obro‘li odam psixologmaslahatchi bo‘lishi kerak. Psixolog-maslahatchi yoki uning yordamchisi imkon qadar maslahat o‘tkazadigan joyni mijozga ko‘rsatib uni oldinga o‘tkazib yuborishlari va birinchi bo‘lib o‘z o‘rnini egallashga unga imkon berishlari kerak. Mijozdagi tortinish kuchi yuzaga kelishini oldini olish va uni noqulay holatga soiib qo‘ymaslik, unga o ‘zini erkin va mustaqil tutishi, vaziyatni psixologik belgilab berishi uchun shunday harakat qilishi kerak. Blindan tashqari mana shu paytda mijoz o‘z joyiga qanday borayotganligini, u qanday o‘tirishi shu bilan birga qanday holatda o‘tirishini kuzatib psixolog-m aslahatchi maslahatlarni muvaffaqiyatli olib borishi uchun ko‘plab foydali xulosalar chiqara oladi. Agarda psixolog-maslahatchi joyiga birinchi bo‘lib o‘tirsa, unda mijoz buni maslahatchining undagi o‘zini ustunligini namoyish etish kabi tushunishi mumkin, psixologik maslahatning yaxshi o‘tishi uchun esa bu umuman kerak emas. Agarda mijozning o‘zi obro‘li va o‘zini hurm at qiladigan inson bo‘lsa, psixolog-maslahatchining bunday noo‘rin harakatlari psixologik maslahat o‘tkazishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday sharoitda ham psixologik maslahatda psixolog-maslahatchi o‘z o‘rnini mijozdan keyin yoki bir vaqtda egallashi kerak. Mijozning joyiga borib qulay joylashib olm agunicha, u bilan hech qanday maxsus suhbat boshlash tavsiya etilmaydi. Birinchidan, odam harakatlanayotganida, ayniqsa, joyiga borib o‘tirayotganida gaplashish odobdan emas. Ikkinchidan, odam to o‘z joyini topib o‘tirmagunicha, butun diqqatini bajarayotgan ishiga jalb etadi va natijada psixolog-maslahatchining gaplarini diqqat bilan tinglay olmaydi, uchinchidan, psixologik maslahatga birinchi bor kelgan har qanday inson o‘zining muammosi to‘g‘risida psixologmaslahatchi bilan jiddiy va mazmunli suhbatga tayyor bo‘lmaydi. Mijoz yoki hayajonlanadi, yoki qanchadir vaqt o‘zining ilgarigi ishlari bilan bog‘liq tashvishlar, fikrlar ta’siri ostida bo‘ladi. Har qanday holda ham mijoz tinchlanishi va maslahatchi bilan jiddiy suhbatga psixologik tayyor bo‘lishi uchun vaqt talab etiladi. Mijoz psixologik maslahat xonasiga kirib kelganida, shu yer tinch bo‘lishi iloji bo‘lsa xonada psixolog-maslahatchi va uning yordam chisidan boshqa hech kim bolmagani ma’qul. Agarda mijoz psixologik maslahat xonasiga kirib kelganida u yerda tartib bo‘lmasa, xona betartib bo‘lsa bu albatta, unda salbiy emotsional ta’sirlanishni uyg‘otadi. Betartib va iflos xonada psixologik maslahat o‘tkazishdan foyda yo‘q. Bunday holatlarda psixolog-maslahatchi qanchalik tartibli bo‘lmasin , baribir yaxshi natijaga erishish mumkin bo‘lmaydi, chunki noqulay vaziyat ta’siri ostida mijozning kayfiyati doimiy yomon bo‘ladi. Agarda xonada maslahatlar o‘tkazilayotgan paytda ko‘plab keraksiz narsalar, nima uchun bu yerda turganligini tushunib bo‘lmaydigan buyumlar turgan boisa, mijozni hayron qoldirishi va qattiq xavotirlanish holatini yuzaga keltirishi mumkin. Ayniqsa bu buyumlar unda xavf uyg‘otadigan bo‘lsa (masalan, magnitofon, mikrofon, videokamera va boshqa), bunday holatda mijozdan ayniqsa, dardini aytayotganda ochiqlik va samimiylikni kutish qiyin bo‘ladi. Psixolog-maslahatchining kiyimi qanday bo‘lishi to ‘g‘risida ikki og‘iz so‘z. Iloji boricha u oddiyroq, lekin did bilan, bayramona emas, lekin juda ham sodda bo‘lmagan kiyimda bo‘lgani ma’qul. Psixolog-maslahatchi maxsus ishchi kiyimlari kiyishi tavsiya etilmaydi. Masalan, shifokor xalatini kiyib qabul qilishi mijozni xavotirga soladi, u psixologik maslahat xonasini xayolan tibbiyot muassasasiga o‘xshatadi, bu umuman kerak emas. Agarda mijoz jismoniy va psixologik soglom inson bo‘lsa, u o‘z –o‘zidan bemorga qilinadigandek munosabatda bo‘lishdan xafa bo‘ladi. U agarda haqiqatdan ham bemor bo‘lsa, lekin yanglishib shifokorga emas, balki psixoiog-maslahatchiga murojaat qilsa (masalan, u xohlagan yordamni tibbiyot muassasalari ko‘rsata olmagan bo‘lsa) unda xalat kiyib kutib olgan kishini mijoz avvalgi muvaffàqiyatsiz tajribasini eslab, yana qattiq tashvishlanadi. Buning natijasida m ijozda psixolog-maslahatchiga ishonchsizlik yuzaga keladi va unga haqiqatda yordam bera olishiga ishonmaydi. Boshqa tomondan bayramona kiyinib olgan psixolog-maslahatchining oldida odmigina kiyimda bo‘lgan mijoz g‘alati ko‘rinishi mumkin, bunday holatdan ham mijoz o‘zini noqulay his qiladi. Masalan, bunday hollarda mijozning fikr yuritishicha, psixolog-maslahatchida qandaydir muhim bir uchrashuv yoki bayram bo‘lmoqda, hozir mijozning tashvishlari uni qiziqtirmaydi degan, fikr paydo bolishi mumkin. Bu albatta, mijozni maslahatchiga ishonch bilan ochiq munosabatda bo‘lish, tashvishga solayotgan muammosini u bilan keng muhokama qilish imkonini bermaydi. Nihoyat juda ham oddiy, tartibsiz, deyarli uy kiyimida bo‘lsa psixolog-maslahatchini ko‘rib, mijoz uni shaxsan hurmat qilmaydi, degan fikrga kelishi mumkin. Mijoz bilan suhbat boshlash. Mijoz bilan suhbatni boshlash bo‘yicha texnika psixolog-maslahatchi bilan shaxsan tanishayotganida va uning muammosini batafsil aniqlashga kirishayotganda foydalanishi mumkin bo‘lgan uslublarni o‘z ichiga oladi. Mijoz bilan yuzma-yuz uchrashib, o‘z joyiga joylashib o‘tirib olganidan keyin, psixolog -maslahatchi diqqati va do‘stona munosabat, yuzida tabassum va shirin so‘zlar bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Masalan, «men sizni bu yerda ko‘rganimdan judayam xursandman, siz bu yerga murojaat etib, to‘g‘ri qilgansiz . Ishonamanki, bizning uchrashuvim iz va suhbatimiz hamda hamkorlikdagi ishlarimiz siz uchun va men uchun ham yoqimli va foydali bo‘ladi. Avvalo, keling yaxshilab tanishib olaylik». Shundan keyin psixolog-maslahatchi ismi-familiyasini aytib o‘zini tanishtiradi va mijozdan olzi to‘g‘risida gapirib bcrishini iltimos qiladi. Keyin mijozga shunday savol bilan murojaat etish mumkin: «ismi-sharifïngiz», (agarda psixolog-maslahatchi mijozning ismi, sharifini oldindan bilmasa?), «qanday muammolar sizni tashvishlantirmoqda?», «nima masala yuzasidan keldingiz?». Shundan keyin odatda mijozga fikrini jam lab olishi va unga beriladigan savollarga aniq va tez javob berishi uchun zarur bo‘lgan kichik tanaffus qilinadi. Agarda tanaffus uzayib ketsa va mijoz unga berilgan savollarga javob berishda qiynalsa, hayajonlansa yoki gapni boshlab birdaniga to‘xtab qolsa, psixolog-maslahatchi yuzaga kelgan vaziyatga darhol aralashishi tavsiya etilmaydi. Psixolog-maslahatchi mijozning o ‘zi gapni davom ettirishini sabr va toqat bilan kutishi m a'qul hisoblanadi. Agarda tanaffus juda ch o ‘zilib ketsa va mijoz qiyin ahvolga tushib qolgani tushunarli bo‘lib, gapni nimadan boshlashni bilmay qiynalsa, unda psixolog-maslahatchining o ‘zi unga murojaat etib, quyidagi gaplarni aytishi tavsiya etiladi: «Gapiravering, sizni diqqat bilan eshitaman», «sizning har bir aytgan gapingiz men uchun judda muhim , marhamat davom ettiravering». Agarda shundan keyin ham mijoz gapirmasa, unda psixologmaslahatchi undan so‘rashi mumkin: «aytingchi, nima sababdan gapirmayapsiz? Gapirishingizga nimadir xalaqit qilayaptimi? Keling, buni birgalikda muhokama qilaylik, sizga yordam berishga harakat qilaman». Shundan keyin mijozning o‘zi suhbatni davom ettirsa, psixologmaslahatchi uning gapini bo‘lmasdan sabr, chidam bilan va bir do‘stining dardini tinglayotgandek tinglashi kerak. Agarda mijoz qiynalib, hayajonlanib gapirmasa, gapni nimadan boshlashni bilmay to‘xtab qoladigan bo‘lsa, psixolog-maslahatchi mijozga berilgan savollar mazmuni yoki mijoz javob bergan savollar mazmuni asosida oson javob berishi mumkin bo ‘lgan qo‘shim cha savollar beradi. Agarda psixolog-maslahatchi ancha tajribali bo‘lsa qo‘shimcha va yo‘naltiruvchi savollar yordamida tezda mijozni gapirtirishga erisha oladi, psixologik to‘siqni yo‘qotadi va kerakli ma’lumotlarni oladi. Psixolog-maslahatchining savollariga javob qaytarishda mijoz jiddiy qiyinchilikka duch kelgan hollarda mijozning ortiqcha psixologik asabiylashishini yo‘qotishga uning ancha ochiq gaplashishiga yordam beruvchi quyidagi uslublardan foydalanish tavsiya etiladi: 1. Mijozga sezdirmasdan xonadan barcha begonalarni, masalan, kotiba-laborant, yordam chini chiqarib yuborib mijoz bilan yakkama-yakka qolish. Har doim bu ishni muloyimlik bilan amalga oshirish mumkin. 2. Bu holatda aksincha yo‘l tutish ham m um kin. Maslahatlar xonasiga mijozga ancha yaqin bo‘lgan, uni tinchlantira oladigan va psixolog maslahati bilan suhbatni osonlashtiradigan birorkishini taklif qilish mumkin. U kishini mijozning yoniga yoki psixologmaslahatchi va mijozning o‘rtasiga o‘tqazish m um kin. 3. Mijoz bilan suhbat boshlaganda psixolog-maslahatchining o‘zi mijoz bilan qiyinchiliksiz oson va erkin gaplasha olishi muhim. Aks holda uning shaxsiy hayajonlanishi, asabiyligi va ishonchsizligi mijozga ham o‘tishi mumkin. 4. Hayotda, har bir insonda, shu ju m iad an tajribaii psixologmaslahatchida ham odamlar bilan munosabatlarda qiyinchiliklar uchrab turishi mumkinligi sababli endi boshlayotgan psixologmaslahatchiga o‘zi ham muloqotlartreningidan o‘tishi, iloji boricha o‘zidan mana shunday muammoni yo‘qolishi yoki kamaytirishi tavsiya etiladi. Mijoz bilan uchrashuv oldidan u bilan bo‘ladigan suhbatni, ayniqsa, boshlanish qismini mashq qilib olish foydali bo‘ladi. 5. O‘zini kommunikativ malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishi uchun psixolog-maslahatchiga mijoz bilan psixologik maslahatda uchrashganda unga foydali bo‘ladigan quyidagi nutqiy odob qisqa shakllarini o‘zlashtirib olishi tavsiya etiladi: insonlar bilan salomlashish va xonaga kirishni taklif etish shakllari: assalomu alaykum; kiring, marhamat; xayrli kun; keling, kiring; kelganingizdan xursandman; m arham at o ‘tiring; xush kelibsiz. Download 119.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling