Kurs ishi bajardi: pp 302- guruh talabasi Sh. J. Bahramova Rahbar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi E. A. Asrorxonova Toshkent 2023 mundarija kirish


Download 119.95 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi119.95 Kb.
#1626643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Psixologik maslahatni tashkil etishda artterapiyaning o‘rni

II bob bo‘yicha xulosa
Psixolog maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan bir necha marta aloqada bo‘ladi: birinchi marta uchrashganda qisqa suhbat tarzda, bolaning rivojlanishi tarixi bo‘yicha butun tafsilotlari bilan batafsil suhbatlashilganda va oxirgi marta tekshiruv natijalari bo‘yicha yakunlovchi suhbatda.
Bu uchrashuvlam ing har biri um umiy va maxsus vazifalarga ega bo‘lib, ularni o‘tkazishning o‘z xususiyatlari mavjud. Psixologning ota-onalar bilan, bolaning qarindoshlari, o‘qituvchilari, tarbiyachilari va yaqin kishilari bilan olib boriladigan ishlar ham o‘ziga xos xususiyatga egadir. Psixoiog maslahatchiga bola tarbiyasi bo‘yicha murojaat qilgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatning ba’zi umumiy tomonlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Maslahat berishda muvaffaqiyatning dastlabki majburiy sharti tekshirilayotgan bolaning ota-onasi (yoki o‘qituvchilari) bilan psixolog ishonchli va ochiqchasiga munosabatni yarata olishi kerak. Ishonchli munosabat asosida maslahat bilan murojaat qilgan kishilarning bolaga nisbatan xavotirlanishlarini tanolish va hurmat qilish yotadi.
Maslahatchining ota - onalarga bolaning qiyinchiliklarini yo'qotishga chin dildan qiziquvchi sifatida, uni tushunuvchi va chuqur biluvchi shaxs sifatida munosabatda bo‘lishi ular bilan ishonchli aloqa o‘rnatishga juda katta yordam beradi.
Bunday munosabat ota-onalarning harakatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki kinoya bilan tanqid qilish, ularning pedagogik chuqur bilimga egaligi haqida shubhalanishga qarama-qarshidir. Teskari aloqaning bu kabi barcha zarur turlari tekshiruv unda ham maxsus shaklda foydalanishni talab qiladi. Dastlabki uchrashuvda harakatini qo‘llabquvvatlamaslik haqidagi har qanday luqma ham, ularda kuchli himoya reaksiyalarini vujudga keltiradi va muammoni har tomonlama ochiqchasiga muhokama qiladigan yo‘llarni yopib qo‘yadi.

Xulosa
Kurs ishimizning mavzusi bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, Psixolog-maslahatchi amaliy mazmunda muammoni hal qilishn: bilishi kerak bo‘lgan aniq masalalar qatorida quyidagilarni ko‘rsatishi mumkin:
Mijozlar aniq doirasini psixologik maslahat olishga keluvchilarni, psixologik maslahat ishlari mazmuniga ularning mumkin bo‘lgan muammolarining bog‘liqligini va maslahatchi bo‘lib ishlovchi psixologlarga qo'yilishi mumkin bolgan kasbiy talablarga bog‘liqligini aniqlash.
Psixologik maslahat ishlari uchun psixolog kadrlarni va xizmat ko‘rsatish xodimlarini tanlab olish, kadrlar bilan ish sharoitlari va vazifalari bilan tanishtirish, bir-birlari bilan o‘zaro aloqalarni tashkil etish, maslahat ishlari qoidalari bilan tanishtirish maxsus tayyorgarlik ishlarini o‘tkazish.
Maslahatlar amaliy ishlarni boshlash uchun moddiy baza va hujjatlami tayyorlash mumkin bo‘lgan mijozlarorasida maslahat ishlari to‘grisida ma’lumotlarni tayyorlash va tarqatish.
Psixolog-maslahatchi ishini tashkil qilish bilan tanishish psixologik maslahat qanday tashkil qilinishi, buning uchun kerak bo‘lgan uskunalar minimumiga nimalar kirishi, psixologik maslahat va psixolog-maslahatchi uchun qulay ish tartibi qanday bolishini, psixologik maslahat ishlari davomida sharoit qanday bo‘lishi kerakligi va qator boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi. Endi boshlayotgan mutaxassisning psixolog-maslahatchi ishi mazmuni bilan tanishishi o‘z navbatida quyidagilarni ko‘zda tutadi. Birinchidan, psixologik maslahat nima ekanligi, psixolog amaliy faoliyati boshqa turidan uning farqi nimadan iboratligi bilan tanishish.
Ikkinchidan, o‘z kasbiy vazifalarini yuksak darajada bajara olishi uchun psixolog-maslahatchi nimalarni bilishi va bajarishni bilishi kerakligini aniqlash. Uchinchidan, psixologik maslahat asosiy turlari bilan ularga qo‘yiladigan asosiy talablar bilan tanishish. T okrtinchidan, psixolog-maslahatchi ish sharoitlarini bilish. psixolog-maslahatchi ish metodlarini o'zlashtirish ish boshlayotgan psixolog-maslahatchining mijozlar bilan muloqot olib borish uslublarini, psixologik maslahat amaliyotida foydalaniladigan psixodiagnostika metodlarini egallashni ko‘zda tutadi. Ushbu uslub va metodlar bo‘lajak psixolog-maslahatchi tom onidan amaliy, mos ravishdagi maxsus mashg‘ulotlar davomida o‘zlashtirilishi kerak. Shunday uslublar va metodlar qatoriga xususan psixologmaslahatchining mijozga to‘g‘ridan psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatish metodi kiradi.

Download 119.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling