Kurs ishi bajardi: pp 302- guruh talabasi Sh. J. Bahramova Rahbar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi E. A. Asrorxonova Toshkent 2023 mundarija kirish
Download 119.95 Kb.
|
Psixologik maslahatni tashkil etishda artterapiyaning o‘rni
I BOB. PSIXOLOGIK MASLAHAT
1.1 Psixologik maslahatninng maqsad va vazifasi Psixologik maslahat deb muhtoj bolganlarga maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan bevosita beriladigan psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog tomonidan mijoz hayotida duch kelgan muammoni dastlab o‘rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida beriladi. Ko‘pincha psixologik maslahat oldindan belgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda begona odamlardan xoli va yakkama-yakka, yuzma yuz o‘tkaziladi. Psixologik maslahat bir soatdan uch soatgacha davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o‘tkaziladi. Mana shu suhbat davomida mijoz o‘z muammolari, o‘zi to‘g‘risida gapirib beradi. Psixolog o‘z navbatida muommoning mohiyatini tushunib yetish, bu muammoni o ‘zi uchun ham , mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglaydi, maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal etish bo‘yicha ilmiy, asosli tavsiyalar beriladi. Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko‘p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o‘zi to‘la hal eta olishiga qaratilgan bo‘ladi. Psixologik maslahat - bu inson hayotida yuzaga keladigm barcha psixologik muammolarni hal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik yordam ko'rsatish uchun yuzaga kelgan amaliyotdir. Lekin mijoz har doim ham uning muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini va o‘zining kuchi va imkoniyatlariga tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi1. Professional tayyorlangan psixolog-maslahatchi mana shu bo‘yicha unga yordam ko'rsatishi kerak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan iborat. Maslahat berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan maxsus ish uslublari va unga ta’sir ko‘rsatish metodlarini qo‘llaydi. Shu bilan birga ushbu yechim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarii va mumkin bo‘ladigan qilib amalga oshiriladi. Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko‘pincha birikki uchrashuv bilan cheklanmaydi. Ko‘pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va lindan ko‘p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: - Mijozning muammosi shunday murakkab boladi-ki, birikki soat davomida uni tushunib olish deyarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslahatni talab etadi; Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va to‘la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni talab etadi. Mijozning individual xususiyatlari sababli psixoîogmaslahatchi uning muammosini darhol va qo‘shimcha yordamsiz hal eta olishiga to‘la ishonmaydi. Agarda mijoz o‘ziga yetarlicha ishonmasa, o‘z hayajonlari va xulqini boshqara olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to‘g‘ri yechimni mustaqil qabul qilish uchun yetarli bo‘lmaganda bunday hollar uchrab turadi. Ko‘pincha aholining o‘rta qatlami deb ataluvchi jismoniy va soglomlik holati bo‘yicha yuksak xavf zonasida bo‘lgan odamlar psixologmaslahatchiga murojaat etadilar. Yuksak xavf zonasi deganda nerv, psixik hamda jismoniy kasallanishi oson bo'lgan odamlar va haqiqatdan ham kasal bolib qolishlari mumkin bo'lgan vaziyatlar tushuniladi. Boshqa, jismoniy va psixik jihatdan kuchli, ancha sog‘lom odamlar bunday vaziyatlardan faqatgina toliqish yoki noqulaylikni his etish bilan chiqib ketadilar. Psixologik maslahatga murojaat etuvchilar - bu odatda hayotga yetarlicha yaxshi moslashib olmagan va o‘z ishida unchalik band bo‘lmagan odamlar bo‘ladi, chunki psixologning to‘la, batafsil maslahatini olish uchun vaqt talab etiladi. Psixolog-maslahatchiga hayotda va hammadan ham ko‘p yordam so‘rab murojaat etuvchilar orasida ko‘plab omadsiz odamlar bor, aynan omadsizlik o‘zini jismoniy nosog‘lom deb o‘ylovchi mana shu odamlar psixolog tomonidan yordam kutishga majbur etadi. Psixolog-maslahatchiga murojaat etuvchilar orasida u voki bu emotsional chetlanishga ega odamlar uchraydi, bu chetlanishlar o‘z navbatida ko‘plab ruhsizlik holati va umidsizlik oqibati hisoblanadi. Bu odamlar qachon psixologdan faol yordam izlashni boshlaydilar. Bu odatda ularda muammo paydo bolishi bilan darhol sodir bo‘lmaydi, balki ularning hayotida eng og‘ir damlar boshlanganida murojaat etadilar. Odam nima qilishni bilmaganida, yoki o‘z muammosini mustaqil hal etish uchun uning imkoniyatlari qolmaganda psixologmaslahatchiga yordam so‘rab keladi. Ruhiy holati yomon bo‘lganida, uning xayolida u bilan yoki unga yaqin odamlar bilan qandaydir qo'rqinchli holat sodir bo‘layotgandek, yom on oqibatlarga olib kelishi mumkindek tuyulganda odam yordam so'rab psixologga murojaat etishi mumkin. Odamlar psixolog-masiahatchidan nimani kutishadi? Nima uchun unga murojaat etishadi? Bu savollarga quyidagicha javob berish mumkin: 1. Ba’zi mijozlar o‘z muammolarini umuman qanday hal etishni biladilar va psixolog-maslahatchidan faqat ruhiy madad izlab boradilar. 2. Boshqalari muammoni qanday qilib hal etishni bilmaydilar va maslahat so‘rab boradilar. 3. O‘zlariga to'ia ishonmaydiganlar yoki o‘z muammolarini hal etish uchun mavjud imkoniyatlaridan qaysi birini tanlashni bilmaydiganlar. Ularni ishontirish va ularning faolliklarini kerakli tomonga yo‘naltirish kerak. 4. Bu ko‘pincha bir o‘zi yakka bo‘lgan odamlar - shunchaki kim bilandir yurakdan gaplashib olish kerak, ularda odatda jiddiy psixologik muammolar bolmaydi, lekin vaqti-vaqti bilan diqqat bilan eshitadigan va mehribon suhbatdoshga juda muhtoj bo‘ladilar. Psixologik maslahat mijozlari orasida shunchaki qiziquvchanlik yoki shunchaki u bilan bahslashish istagi psixolog-maslahatchiga olib keladiganlari ham uchrab turadi. Ba’zilar haqiqatan ham psixolog - maslahatchi nima ekanligini va u nima bilan shug'ullanishini bilishni xohlaydilar, boshqalar oldindan ular psixolog-maslahatchiik maslahat davomida mijoz xulqini kuzatish natijaiariga tayanishi kerak. Psixodiagnostika maxsus psixologik testlardan foydalanmay bevosita mijozdan olinadigan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Psixokorreksion ishlarda psixodiagnostika ancha katta rol o‘ynaydi. Odatda maslahatlareng boshida o'tkaziladi va unga ancha ko‘p vaqt ajratiladi. Mijoz bilan ishlash yakuniy natijalari uchun psixolog-maslahatchi to‘g‘ridan to‘g‘ri professional javobgar hisoblanmaydi. (Mijoz uning maslahatlaridan foydalanishi yoki foydalanmasligi uchun maslahatchi javobgar emas.) Maslahatchi faqat mijozning muammosi to‘g‘risidagi o‘zining xulosasini to‘g‘riligi va mijozga berilayotgan amaliy maslahatning samaraliligi uchun javob beradi. Psixoterapevtik amaliyotning boshqa turlarida psixolog mijoz bilan o‘z ishlari yakuniy natijalari uchun shaxsan javobgar, chunki uning o‘zi mijozning psixologiyasi va xulqini tuzatish bilan shug‘ullanadi, uning o‘zi o‘z xulosa va tavsiyalarini amalga oshiradi. Amaliy korreksiya (tuzatish) bilan shug‘ullanuvchi psixoterapevt esa uning metodlarini professional egallagan bo‘lishi kerak, chunki uning ishining asosiy qismi shu metodlarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Maslahat berish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: 1. Munozarada yuzaga kelgan muammoni zudlik bilan hal etishda unga yordam ko‘rsatish. Odamlarda ko‘pincha darhol aralashish, kechiktirilmaydigan yechimlarni talab etuvchi, mijoz hal etish uchun kokp vaqt, kuch va vositaiarni sarflash imkoniyatiga ega bo‘lmagan yechimlarni talab etuvchi muammolar yuzaga keladi. Bunday muammolarni odatda operativ deb ataydilar va kerakli yechimlar ham shunday deb ataladi. Operativ muammolarni hal etishda og‘zaki maslahat shaklida zudlik bilan psixologik yordam olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan o‘zaro munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga kelishi, ularning vaqtida hal etilmasligi bola jismoniy va psixik sog‘lig‘iga juda katta salbiy ta ’sir etishi mumkin. Biroronbir tashkilot ishchisida ham keskin, darhol hal etilishi kerak bo‘lgan muammo paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, yaqin kunlarga belgilangan o‘zining bevosita boshlig‘i bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida ular o‘rtasidagi munosabatlardagi muammoni hal etish zarur bo‘ladi. Misol: oilada eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat yoki qarindoshlardan bin bilan munosabati keskin yomonlashadi. Mana shu sababli oilada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskin vaziyat yuzaga kelishi mumkin. 2. Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o‘zi mustaqil hal eta oladigan masalalarni yechishda, ya’ni odatda maxsus professional psixologik bilimlar kerak boMmagan faqatgina muloqot, sog‘lom mazmunga asoslangan hayotiy maslahat kerak bo‘lgan masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatish. Masalan, mijoz uchun mehnat va dam olish qulay kun tartibini tanlab olishi, turli faoliyatlar o‘rtasida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash shunday masalalar hisoblanishi mumkin. 3. Mijozga aslida uzoq vaqt davomida ozmi-ko‘pmi doimiy psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatish kerak bo‘lgan, lekin u yoki bu sabablar oqibatida ushbu vaziyatda bunday imkoniyati bo‘lmagan holatida vaqtinchalik yordam ko‘rsatish bunday holatda psixologik maslahatdan mijoz duch kelgan rnuammoning yanada og‘irlashishiga yo‘l qo‘ymaydigan, salbiy jarayonlarning tez rivojlanishini oldini oluvchi mijozga vaqtinchalik operativ yordam ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Mijozda kutilmaganda depressiya holati yuzaga kelishi shunday muammoga misol bo‘lishi mumkin. 4. Mijoz o‘z muammosini tog‘ri tushunib, umuman uni o‘zi hal etishga tayyor bo‘lgan, lekin biror narsadan shubhalangan, o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutayotganiga to‘la ishonchi bo‘lmagan hollarda, psixolog-maslahatchi muloqot natijasida ular tomonidan professional va ruhiy qo‘llab-quwatlanadi, bu esa unda o‘ziga ishonchini kuchaytiradi. 5. Maslahat olishdan boshqa hech qanday imkoniyati bo‘lmaganda mijozga yordam ko‘rsatish. Bunday holatda psixologmutaxassis mijozga psixologik maslahat berar ekan, aslida u ancha to‘la va uzoq vaqtli psixokorreksion yoki psixoterapevtik yordamga muhtojligini tushuntirishga harakat qiladi. 6. Psixologik maslahat mijozga psixologik yordam ko‘rsatish boshqa turlari o‘rniga emas, balki faqat psixolog emas, uning o ‘zi ham yuzaga kelgan muammoni hal etish bilan shug‘ullanishini ko‘zda tutib ular bilan birgalikda, qo‘shimcha mashg‘ulot sifatida olib boriladi. 7. Psixolog-maslahatchida tayyor yechim bo‘lmagan, chunki vaziyat uning imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga qanday bo‘lsa ham mayli juda oz va samarasi yetarli bo‘lmagan yordam ko‘rsatish kerak bo‘lgan hoilarda, psixologik maslahat quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: Mijoz duch kelgan muammoni aniqlashtirish, tushunib olish. Mijozda yuzaga kelgan m uammoning mohiyati to‘g‘risida, uning jiddiyligi darajasi haqida unga tushuntirib berish, mijozni muammo bilan tanishtirish. Mijoz paydo bo‘lgan muammoni mustaqil hal eta olishi mumkinligini aniqlash maqsadida psixolog-maslahatchining mijoz shaxsini o'rganishi. Mijoz muammosini hal etishni eng yaxshi yo‘lini ko‘rsatish bo‘yicha mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq ifoda etish. Mijoz o‘z imkoniyatlarini hal etishga kirishgan holatida mijozga qo‘shimcha amaliy maslahatlar sifatida kundalik yordam ko'rsatish. Mijozga kelajakdashu kabi muammolarni yuzaga kelishining oldini olishni olrgatish, psixoprofilaktik vazifasi. Psixolog-maslahatchi mijozga uning o‘zi qo‘llashi mumkin bo‘lgan oddiy, hayotiy zarur psixologik bilim va malakalarni berish. Aytib o‘tilgan vazifalarni harbirini ko‘rib chiqamiz. Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt kuzatib psixolog-maslahatchi uning muammosi mohiyati aslida nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga kelishidan iborat bo‘ladi2. Ba’zida uning xulosalari mijozning fikri bilan mos keladi, ba’zan esa umuman mos kelmaydi. Xulosalar mos kelmagan holda psixolog-maslahatchi mijozga u maslahatni nima uchun dastavval mijozning o‘zi o‘ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana shu xulosaga kelganligini tushuntiradi. Shunday tushuntirish davomida psixolog-maslahatchi uning muammosi nim adan iborat ekanligini dalil, asoslar bilan tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo yuzaga kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ham ko‘rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga oshiriladigan qadam - bu mijoz shaxsini psixologik o‘rganish hisoblanadi. Buni o‘rganmay turib birinchidan mijozning o‘z muammosini to‘la, chuqur tushunib yetishga, ikkinchidan uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib bo‘lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning muammosini tushuntirish, shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini o‘zi tushunishi va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni ifoda etib beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo‘lishi kerak. Hardoim ham mijoz psixolog-maslahatchidan olgan maslahat va tavsiyalarini amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko‘pincha o'zining tajribasizligi yoki bilmasligi sababli xatoga yo‘l qo‘yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan kundalik yordamga muhtoj bo‘ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o‘zi va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to'g'ri hal etish bo‘yicha tavsiyalar taklif etib, o‘zining professional burchini to‘la bajardi, deb o‘ylashi kerak emas. Mijozning olgan maslahat va tavsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta’minlash ham psixolog-maslahatchining vazifasi hisoblanadi. Mijoz psixolog - maslahatchidan olgan tavsiyalarni bajarishni xohlamasligi ham mumkin. Odamlar hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo‘ladi-ki, ular takroran yuzaga keladi, ularni bir marotaba hal qilinishi ular kelajakda yana bir bor yuzaga kelmasligiga to‘la kafolat bo‘la olmaydi. Shuning uchun mijoz bilan maslahat berish ishlarini olib borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni hal etib psixolog-maslahatchi mijozning o‘zi o‘z harakatlari bilan hayotida kelajakda shunga o‘xshash muammo takror yuzaga kelishining oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofllaktik masalani mustaqil hal qilishga qodir bo‘lishi hamda o‘ziga o‘zi zarur yordamni ko‘rsata oladigan bo‘lishi uchun psixolog-maslahatchi ba’zida ixtiyoriy ravishda uning uchun kasbiy zarur bo‘lmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo‘lgan oddiy psixologik bilimlar beradi. Download 119.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling