Kurs ishi himoyasi uchun tayyorlagan
Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
Download 310.38 Kb.
|
Maktabgacha talim tashkilotlarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlarining fikrlari
1.2. Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojiantirish yo'lida o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojiantirish chora-tadbirlari to'g'risida", 1994-yil 15-martdagi O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish” to'g'risidagi, shuningdek, 2001—yil 22-avgust, 2007-yiI 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir.Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish lozim. Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi. Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda ma'lum mavqega ega bo'lish uchun zarur bo'lgan turli-tuman noz-ne'matlar, ya'ni barcha mahsulot va xizmatlarning majmuasidir. Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi: 1. Moddiy-mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar bunga oziqovqat, kiyim-kechak, turar joy, uy asbob-anjomlari, transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar. 2. Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya'ni, ta'lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyojdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va istaklari asosida namoyon bo'Iadi.Bola ehtiyoji: - to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj - ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan sarflash - dam olish, sayohatga chiqish - shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter - shaxsiy o'rin-joy Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga o'rgatiladi. Bolalarga har qanday talab - bu huquqiy masuliyat deb qaralishini tushuntirish zarur. Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji to'xtovsiz o'sib borishi haqida ma'lumot beriladi.Masalan, ta'lim xizmatlariga bo'lgan ehtiyoj turli yo'nalishdagi o'quv markazlari, chet tillarni o'rganishga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojlarining o'rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning paydo bo'lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko'payishi kuzatiladi. Iqtisodiyot hech narsa yo'q yerda bo'lishi mumkin emas. Bu albatta, iqtisodiy resurslar, kattalar mehnati orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy resurslar: 1) Moddiy resurslar 2) Mehnat resurslari 3} Informatsion axborot resurslar Download 310.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling