Kurs ishi himoyasi uchun tayyorlagan


II BOB: MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISHDA TARBIYACHI MAHORATI


Download 310.38 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi310.38 Kb.
#1503090
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha talim tashkilotlarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlarining fikrlari

II BOB: MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISHDA TARBIYACHI MAHORATI.
2.1 Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy tarbiyani tashkil etish
Kelajagimiz bo'lgan barkamol avlod jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida qatnasha olish uchun mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik, farovonlik bo'lishi zarur.
Ijtimoiy farovonlik - bu iqtisodiy ijtimoiylikning umumiy shart-sharoiti va turmush tarzini bildiradi. Farovonlik iste'mol bilan cheklanmay, hayot kechirishning naqadar qulayligini ham talab qiladi. Hamma narsa yetarli bo'la turib turmush tahlikasi bo'lsa farovonlik ta'minlanmaydi. Ijtimoiy farovonlikning muhim tomoni aholining savodxonlik darajasidir. Bu o'qish yoshidagilarning qancha qismi amalda o'kishi, har bir kishining o'rtacha necha yil ta'lim olishi, ishlaydiganlarning qanchasi savodxon bo'lishini bildiradi. Farovonlik ko'rsatkichi sifatida aholi jon boshiga ta'lim tarbiya xarajatlari, kommunal xizmatlar, toza ichimlik suvi, gaz, elektroenergiya, kanalizatsiya va boshqa xizmatlardan foydalanish kiradi.
2.2 Maktabgacha talim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning ahamiyati
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojiantirish yo'lida o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojiantirish chora-tadbirlari to'g'risida", 1994-yil 15-martdagi O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish” to'g'risidagi, shuningdek, 2001—yil 22-avgust, 2007-yiI 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir.Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish lozim.
Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.
Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.
Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:
1. Moddiy-mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar bunga oziqovqat, kiyim-kechak, turar joy, uy asbob-anjomlari, transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.
2. Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya'ni, ta'lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyojdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va istaklari asosida namoyon bo'Iadi.Bola ehtiyoji:
- to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj
- ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan sarflash
- dam olish, sayohatga chiqish
- shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter
XULOSA
Maktabgacha yosh davri har tomonlama inson atrof muhit bilan rivojlanadigan davrdir. Ayniqsa bolalarga bu davrda har qanday bilim va ko’nikmalarning boshlang’ich ko’nikmalarni rivojlantiradi. Maktabgacha yosh davrida bolalarga har qanday ta’lim tarbiya berish jarayonida ajdodlarimiz merosiga tayanish muhim sanaladi. Ayniqsa Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta'lim-tarbiya iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta'lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi, Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. Har tomonlama bilim olishda ajdodlar merosiga tayanish muhim ahamyat kasb etadi. Zero iqtisodiy ta’lim olish har tomonlama inson hayoti uchun muhim sanaladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida va oilada iqtisodiy ta’lim tarbiya berishda ajdodlarimiz merosidan foydalanish muhim ahamyat kasb etadi.
XULOSA
So’ngi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar barchasini zamirida maktabgacha yoshdagi bolalari har tomonlama intlektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Har bi soha davlat nazoratida bo’lganligi kabi maktabgacha ta’lim sohasi ham har tomonlama davlat nazoratidadir. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim bo’limlari ishi bevosita yalpi va tematik usulada tekshiriladi. Ular ishi atsttatsiya va akredatsiya nazoratidan ham o’tkaziladi. Barha muassasa va bo’limlar faoliyati maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Ta’lim muassasalari attestatsiyasi xolislik, to‘la oshkoralik, davriylik va pedagogik etika me’yorlariga amal qilingan holda o‘tkazilib, Davlat inspeksiyasida attestatsiyadan o‘tuvchi ta’lim tashkiloti uchun attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar yig‘ma jildi yig‘iladi va navbatdagi attestatsiya o‘tkazilgunga qadar saqlanadi.

Download 310.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling