Kurs ishi mavzu: A. A. Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari


Download 56.2 Kb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi56.2 Kb.
#1387209
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari

Kurs ishining maqsadi. xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini psixologik asoslarini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik.
Maqsadni amalga oshirish uchun oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:
1. Xotira jarayonlari va uni rivojianishi muammosini o’rganish borasida olib borilgan tadqiqotlarni tahlil etish.
2. Xotira jarayonini va uni rivojlantirishni nazariy jihatdan asoslash.
3. A.A.Smirnov va uning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini tahlil qilish.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. A.A.Smirnovning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini kurs ishi darajasida o’rganilishi tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Kurs ishining predmeti. A.A.Smirnov va uning ilmiy tadqiqotlari
Kurs ishining nazariy ahamiyati. A.A.Smirnovning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini ilmiy-nazariy asoslanishi orqali Umumiy psixologiya , Psixologiya , Yosh davrlar psixologiyasi , Eksperimental psixologiya kabi fanlarni ilmiy boyishiga xizmat qiladi .
Kurs ishining amaliy ahamiyati. xotira jarayoni uni rivojlanishini o’ziga xoc xususiyatlarini borasida olingan ma’lumotlarni tarbiyachilar, psixologlar, ota-onalar faoliyatida qo’llanishi mumkin.
Ishning tuzulishi. Ish ikkita bobdan, 4 ta paragraf , xulosa, tavsiyalardan foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat .


I-bob. Xotira psixologiyasi sohasida A.A.Smirnov qarashlarining shakllanishi omillari

    1. A.A.Smirnovdan avval faoliyat yuritgan va uning zamondoshlari tomonidan xotira masalalariga yondoshuvlari

Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ulami eslash yoki xotirlash jarayoni dir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqea, hodisalami yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta’riflami tahlil qilgan professor E.G G ’oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda rnnish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umurniylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlami ijobiy qayta ishlashgayo 'naltirilgan mnemik faoliyatdir”. Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta:rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalami yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlami bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ulaming har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’iiqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta’sirida o’zida go’yo bir iz qoldirisb, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchaniik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofhi o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchaniik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba’zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan. keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ulaming tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalaming o ’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish. boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali anlalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I. P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o'zimizda ham b o ’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga и psixik hodisa hatndir, turli-tuman harakat; taassurot be ’Imasa harflar, so’zlar va fikrlar о’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlamipsixologlar assosiasiyaiar deb ataydilarn. Xotira, ya’ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalaming yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi, o’xshashlik assosiasiyasi va qarama-qarshtlik assosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalami ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zimng tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya’ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadL Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma’lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masalan, bola dastawal bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo'lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasawuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi, Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi. Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po'stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar votadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assosiasiyaiar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalaming hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibemetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalaming o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlaming) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o^garish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi. Xotira turiari Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holaflari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotiiani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlami amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turiari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, Obrazli xotira - tasawurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta'mlar, ranglar shakllar, bilan bog’liq bo’lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalaming aniq obrazlarini, ulaming xususiyatlari va bog’Ianishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turiari ajratib ko’rsatiladi va ular quyidagilardan iborat. Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko’rinishi yoki shakli izchii obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlaming namoyon bo'lish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar sub’ektga bir necha daqiqa oddiy qo’zg’atuvchi yuboriIsa, jumladan 15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so’ng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyi Isa, u qizil kvadrat o’mida xuddi shunday geometrik shakl izini ko’rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko’pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz o’sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo’lib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha o’sha ob'ektda saqlanib turadi, shundan so’ng asta-sekin oqara boshlaydi. Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.[1]
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi.[2]

Download 56.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling