Kurs ishi mavzu: A. A. Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari


Download 56.2 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi56.2 Kb.
#1387209
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

Farg’ona Davlat Universiteti


Pedagogika –Psixologiya fakulteti Psixologiya yo’nalishi
-guruh talabasi ---------------------------------ning
Umumiy psixologiya fanidan yozgan

KURS ISHI

Mavzu: A.A. Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari

Ilmiy rahbar --------------------------------------------






2023
MUNDARIJA
KIRISH ................................................................................................................
I-bob. Xotira psixologiyasi sohasida D.D.Smirnov qarashlarining shakllanishi omillari
1.1. A.A.Smirnovdan avval faoliyat yuritgan va uning zamondoshlari tomonidan xotira masalalariga yondoshuvlari…………………………………………….
1.2. A.A.Smirnov qarashlariga vatandosh va chet el olimlari xotira masalasiga oid iliiy izlanishlari ta’siri……………………………………………………………….
1.Bob yuzasidan xulosalar..........................................................................................
II. A.A.Smirnovning xotira psixologiyasiga qо‘shgan xissasi
2.1. A.A.Smirnov ilmiy tadqiqotlarida xotirada ma’lumotlarni saqlash masalalari….
2.2. A.A.Smirnov tomonidan tashkillangan laboratoriyada о‘tkazilgan tadqiqotlar
tavsifi…………………………………………………………………………….
II bob yuzasidan xulosalar ....................................................................................
Xulosa ..................................................................................................................
Adabiyotlar ro’yhati ............................................................................................
Ilovalar ...............................................................................................................

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikga erishib o’z oldiga ozod va obod jamiyat qurishni maqsad qilib qo’ygan ekan, barkamol avlodni tarkib toptirish O’zbekiston tarqqiyotining poydevori sifatida qarala boshladi. Birinchi prizidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi uning rivojini ham belgilaydigan omnildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimi o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad -ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi”.
Xotira jarayonlarini o’rganish bo‘yicha psixologiya fani sohasida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Xotira va uning jarayonlari olamni bilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bola olamni bilishda olgan ma’lumotlari ular uchun yangi-yangi ochilishlar bolib hisoblanadi. Idrok etilgan ma’lumotlar uning miyyasida saqlanib qoladi, keyingi ma’lumotlarni idrok etishda avval o‘zlashtirilgan va ongida saralangan ma ‘lumotlarga tayanadi.
Xotira kishining bilishida muhim ekan, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurati tug‘iladi. Maktabgacha yosh davrida bolaning xotira jarayonlarini o‘rganar ekanmiz, bu borada olib borilgan tadqiqotlarni tahlil etish vazifasini qo‘ydik.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki xotirani rivojlantirish mumkin. Dastlab olimlar xotirani mnemonak shaklini o‘rganishga harakat qilgan. Bu esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida suniy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi sanaladi. Mnemonika ko‘proq assotsiativ (o‘xshashlik, yondoshlik va qarama –qarshilik) qonunlariga asoslangan bo‘lib, faqat o‘zaro bog‘langan ma’lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo‘llaniladigan yordamchi usullar yig‘indisidirYosh avlodni tarkib toptirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Birinchi prizidentimiz I.A.Karimov tabiri bilan aytganda “ Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatini ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo ongni yuksak, mustaqil fikrlaydigan, xulq- atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va tarqqiyot qaror topadi”. Komil insonni tarkib toptirishda maktabgacha yosh davri muhim o’rin tutadi. Uzliksiz ta’limni boshlang’ich bosqichi maktabgacha ta’lim bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun maktabgacha yosh davrda bolaning aqliy kamolotiga va shaxs hususiyatlarini tarkib topishiga diqqat e’tiborini qaratish lozim. Tadqiqotimizning dolzarbligi ushbu nuqtai nazardan bola xotira jarayonlarining rivojlanishini o’rganishdan kelib chiqadi.
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi: Rus psixologlari A.A.Smirnov,P.I.Zinchehko, L.S.Vigotskiy va L.N.Leont’yev, A.R. Luriyaning xotira jarayonini o’rganish borasidagi olib borilgan ilmiy tadqiqotlari, o’zbek olimi professor E.G’oziyevning xotira muammosi bo’yicha nazariy asoslari tadqiqotning metodologik asosi bo’lib hizmat qiladi.

Download 56.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling