Kurs ishi mavzu: A. A. Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari
D.D.Smirnov qarashlariga vatandosh va chet el olimlari xotira masalasiga oid ilmiy izlanishlari ta’siri
Download 56.2 Kb.
|
Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari
1.2. D.D.Smirnov qarashlariga vatandosh va chet el olimlari xotira masalasiga oid ilmiy izlanishlari ta’siri
Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda tasawur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, tasawur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo’lib, o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaiuvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo'yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan. Maxsus vositalar va oqilona usullami qo’llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov o’tkazgan tajribasida shuni ko’rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlaming tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o ’zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar va talabalar bu usullami mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ulami muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o’quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bosqichida qotib qolishi mumkin, bu hoi aqliy o’sishga qarama-qarshidir. Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’quv materiallarining ma’nosiga tushunib esda olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’iib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi. Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok. tafakkur, ichki kechinmalami xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik havotirnizda kitob, jumal, gazeta o’qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma’nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli bo’lmasa. u taqdirda ulami esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O’rganilayotgan materialning mazmuni va ma’nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta’kidlaganidek, materialni o’zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir, Mualliflaming shaxsiy fikriga ko’ra o’zlashtirayotgan materiallami esda olib qolish qiyinligi sababli ulami tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib hoJishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi. Jahon psixologiya fani to’plagan ma’Iumotlarga qaraganda o’zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir. Esda olib qolish jarayonida o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bo’iishi yoki bo’lmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo’lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizidi tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab chiqdi, Xotirani "sof’ ko’rinishda www.ziyouz.com kutubxonasi o’rganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalandi. lining bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g ’ri yo’nalishdir. G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o'z-o’zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo'yilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-anialiy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o’z oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan bo’g’inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish o'rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so’zdan, 11 ta so’z o’zaro bog’liq bo’imagan so’zlardan foydalangan. Bu materialni o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri keladi. Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bo’Jgan materialni o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikmi tasdiqlaydi. A.N,Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalaming xotira faoliyatini o’rganganlar. Shuningdek, ular o’qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o’quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar. I.P.Zinchenko, JVLN.Shardakov, AJXipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish teziigi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi ta’minlanadi. A.A.Smimovning ta’kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir iimiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari ko’rsatilmagan. Nemis psixologi Vilyam Shtem (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib o’zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to’g’ri, Meymon fikriga ko’ra, inson ulg’ayishi bilan ma’no siz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma'noga ega bo’lgan bilimlami esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to’plangan bo’lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o ’z aksini topgan. A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan bo’g’inlarda va ma’no kasb etuvchi so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda oJib qolishni alohida tekshirish har ikkaia yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallami esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan. Ma'no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma'nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma'nosiz bo’g’inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o’zlashtiriladi. A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilaming ma'nosiz bo’g’inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta'kidlangan. Katta yoshdagilar ma'nosiz bo’g’inlami qandaydir mazmun bilan tez va oson bog’lay oladilar. Shuning www.ziyouz.com kutubxonasi uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. Shuningdek, mafno anglatmaydigan materialni o’zlashtirish jarayoni tez ko’chadi, mahsuldorroq bo’ladi. Ma’nosiz materiallami egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir. Esda olib qolishga hech qanday yo’nalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog’liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma'noli materialni esda olib qolislming bolalar uchun yengil ko’chishi ulaming yosh xususiyatlariga bog’liq narsa emasligini ta’kidlab o’tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go’yo ma'nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma'nosining noma'lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uyg’otadi. Odatda ma’nosiz so’zlami laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi. Qator psixolog olimlaming mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog’liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so’zlami esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir. Esga tushirish va uning turiari. O’tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlaming ongimizda qaytadan tiklariishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nervfiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlaming qo’zg’alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum vaqt о ’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turiari mavjud. Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalami takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’iishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq kc’rinadi. lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. To’liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy oimasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz. Eslash narsa va hodisalami, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalami, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bc’Iadi. Masalan, biz she'mi yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon e'qiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol o’ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she'mi yod olganimizda bir necha satrni o’qigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushirainiz. Bir karra ko’zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning ko’lami aniqlanadi. Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralami esda tutib qolish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlami esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Vaqt o’tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o’tkazib esga tushirishdirki. bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o’tgandek bo’ladi . G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan. To’plangan natijalaming ko’rsatishicha. materialni yod olgandan so’ng unutish sur'ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim bo’g’inlami unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalaming ko’rsatishiga qaraganda, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa va hodisalaming o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bog’lanishlami, ya'ni assosiasiyalami qaytadan tiklash jarayoni kuch-quwat, xatti-harakatlami talab qiladi. G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda ko’p tadqiqotlaming ko’rsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki ma'nosizligiga, uning qanchalik anglanilgan)igiga bog’liqdir. Material qanchalik mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur'atda bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Download 56.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling