Kurs ishi mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari


XULOSA.................................................................................................................... FOYDALANILGAN ADABYOTLAR


Download 65.57 Kb.
bet2/11
Sana28.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1136854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira (7)

XULOSA....................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABYOTLAR

Kirish
Prezident Mirziyoyev Shavkat Miromonovich ― O‘zbekiston istiqlol va taraqqiyot yo‘li ― risolasida ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish , aholining eng nochor qatlamlari - keksalar , nogironlar , yetim – yesirlar , ko‘p bolali oilalarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazasi kafolatli ekanligi alohida ta‘kidlab o‘tilgan . Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy , Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino , Yusuf Xos Hojib , Mahmud Qoshg‘ariy , Kaykovus , Xotam ibn Tay , Alisher Navoiy , Zahiriddin Muhammad Bobur , Rizouddin ibn Faxriddin , Muqimiy , Furqat , Zavqiy , Uvaysiy , Nodira , Abdurauf Fitrat , Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki , ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir . Sharq mutafakkirlarining barchasini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo‘lganki , ular shaxs ahloqiy tarbiyasi va kamolotida oilaning , oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo‘yishgan , ayniqsa , shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o‘rni , ota – ona va yaqin kishilarning yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e‘tibor berganlar . Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo‘lgan sifatlar – halollik , poklik , mardlik, mehribonlik , haqgo‘ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar ota – onadan bolaga o‘tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko‘rsatmalarni o‘z falsafiy – axloqiy , sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar . Barkamol avlodni tarbiyalash va jamiyatda faoliyat yuritishi insoniyatning eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan . Demak , mukammal yetuk inson bo‘lib yetishishdaqobiliyat , ko‘rish qobiliyati , eshitish qobiliyati , nutqiy malakalari , umumiy rivojlanishi katta asos bo‘lib xizmat qiladi . Mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarning barcha sog‘lom a tengqurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari aqliy , ahloqiy , jismoniy jihatdan kamol topishlari , ijtimoiy hayotga mustaqil yetuk fuqarolik darajasida tayyor bo‘lib yetishishlari masalalariga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda . Shu bois mamlakatimizda rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar salomatligini tiklash, ta‘lim tarbiyasi takomillashtirish , ijtimoiy himoyalash tizimini izchillik bilan isloh etish maqsadida har bir yil uchun qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida bu masalalarni hal etishga qaratilgan qator chora – tadbirlar rejalashtirilib , muvaffaqiyatli amalga oshirib borilmoqda . Hususan , ― Barkamol avlod yili davlat dasturi ― ning 3- bo‘limi 29 – bandida imkoniyatlari cheklangan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha loyihani amalga oshirish tadbirlari orqali ushbu toifaga mansub bolalar ta‘limi qulay shart – sharoitlar yaratish , ularning keyinchalik hayotga integratsiyalashuvi uchun shart – sharoitlarni shakllantirishga erishish maqsadi nazarda tutilgan . Shuningdek , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― O‘zbekiston Respublikasining 2010 – yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida ― 2009 – yil 22 – dekabrdagi PQ – 1245 – sonli qaroriga muvofiq ― Davlat maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risidagi ― 117 – sonli qaror qabul qilindi. Ushbu qarorning ikkinchi bandida Xalq ta‘limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining sonini ularning ixtisoslashuvi va joylashuvini qayta ko‘rib chiqgan holda , shuningdek jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar kontigendidan kelib chiqib , maqbullashtirish , umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida maxsus guruhlarning tugatish , nutqi , eshitishi va ko‘rishi yengil nuqsonli bolalar bo‘lgan taqdirda ular defektolog lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarga rozilik berilishi kabi topshiriqlarni qayd etilgan . Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida kirib kelayotgan yangi - 2014 – yil mamlakatimizda ― Sog‘lom bola yili ― deb e‘lon qilindi . Yurtimiz qudrati , jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning ham jismoniy , ham ma‘naviy jihatdan sog‘lomligiga bog‘liqdir . Bu tashabbus mamlakatimiz ahli tomonidan iliq kutib olinganligining sababi ham shundan . Qabul qilinajak ― Sog‘lom bola yili ― davlat dasturi mamlakatimizda ona va bola erkinligi , aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash , sog‘lom bola tug‘ilishi , jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirishga oid chora - tadbirlarning uzviy davomi sifatida samarali bo‘lishiga to‘liq asos bor.
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom , ma‘naviy yetuk , har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan , mustaqil fikrlaydigan , intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega , Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora - tadbirlarni amalga oshirish , davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo‘lda safarbar etish maqsadida ko’plab ishlar olib borilmoqda. Mustahkam oila yili ― dasturi asosida sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi . Xususan , mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab joriy etib kelinayotgan , xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan ― sog‘lom ona sog‘lom bola ― dasturi doirasidagi chora tadbirlar yil davomida yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa , Birlashgan Millatlar Tashkiloti , YUNISEF va boshqa xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlikda ― Salomatlik - 3 ― loyihasi doirasida tibbiyot hodimlarining malakasini oshrish , zamonaviy tehnik vositalar yordamida malakali tashxis qo‘yish , kasalliklarni ilk bosqichda davolash ishlari aniq reja asosida olib boriladi , profilaktik tadbirlarda aholining barcha qatlamlarini qamrab olishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Aqli zaif bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish , ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda , ya‘ni nutqini egallash uchun eng ma‘qul bo‘lgan davrda o‘rganish muhimdir .
Aqli zaif bolalar nutqini o‘stirish qiyin kechsa – da , ta‘lim – tarbiya jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim . Nutq tarbiyasi talim asosini tashkil qiladi . Shuning uchun ham aqli zaif bolalar nutqini o‘rganish dolzarb masalalardan biridir .Bolalarda nutqning o‘sishiga yordam beradigan vositalarni yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bu jarayonga muvofiq pedagogik ta‘sirni tashkil etishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi .
Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi . Materialning ma‘nosini anglash qiyinchiliklari , hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik , vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi , mavzudan chalg‘ib ketish , shuningdek , tevarak – atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma‘lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o‘stirish vazifasi turadi .Bunda aqli zaif bolalarga o‘z fikrini, istak – orzusini , hissiyotini aniq ifoda etish , ona tilida kishilar bilan aloqa o‘rnatishda , hayotga o‘rgatish jarayonida foydalanishga o‘rgatish , aqliy jihatdan kamchililarni bartaraf etish , ijtimoiy hayotga moslashtirish , hamda yordamchi maktab ta‘limiga tayyorlashdan iborat .
Defektolog bolalar nutqini atrofdagi hayot bilan , oilaviy turmush , bolalar bog‘chasining hayoti bilan , mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi voqea va hodisalar , o‘zbek xalqining mehnati , jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish asosida o‘stirib boradi . Maxsus usullar yordamida bolalarni faqat lozim bo‘lgan so‘zlarning ma‘nosini tushuntiribgina qolmasdan , balki undan o‘z nutqlarida faol qo‘llashga o‘rgatib boriladi .
Bilish faoliyatining holati , atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati , odob – axloq normalarini o‘zlashtirish , ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog‘liq . Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi – ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlar hisoblanadi . Maxsus bolalar bog‘chasining ta‘lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o‘stirish bo‘yicha quyidagi bilim , ko‘nikma , malakalar bilan qurollantiriladi :
Aqli zaif bolalarni nutq o‘stirish jarayonida ma‘lum bilim va malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina emas , balki idrok , xotira , tafakkur , tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi .Bu yo‘nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatning muhim usullarini o‘rgatish , analiz , sintez , taqqoslash , umumlashtirish , konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi . Bunda korreksion pedagogik ishning ahamiyati muhimdir . Korreksion pedagogik ishda aqli zaif bolalarning yoshi , psixik xususiyatlari , oilaviy sharoitlari , ona tilining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o‘stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta‘minlaydi . Maxsus tashkil qilingan mashg‘ulotlar tizimi negizidagina maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga erishish mumkin.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling