Kurs ishi mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni psihologik tekshirish tamoyillari va metodlari
Download 65.57 Kb.
|
Nodira (7)
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni psihologik tekshirish tamoyillari va metodlari .
Maktabgacha yoshdagi bolalarni psihologik tekshirishning maqsadi bolaning ruhiy rivojlanishi , hamda psixik funksiyalarning holatiga baho berishdir . Pedagog bolada tekshiruv o‘tkazayotganda , u bilan yahshi munosabatda bo‘lishi eksperimentlar vaqtida bolani kayfiyatini ko‘tarib , uni maqtab yahshi so‘zlarni aytishi kerak . Psihologik va pedagogik tekshirishning asosiy metodi : hujjatlarni o‘rganish bola bilan suhbatlashish , uning ota – onasi bilan ham suhbat o‘tkazish , bolani kuzatish va test o‘tkazishdan iborat . Psihologik eksperimentlarni o‘tkazishdan avval pedagog bolaning anamnezi va boshqa hujjatlari : bolaning daftari chizgan rasmlari , psixologik xarakteristika va hokazolar . Ota – ona bilan suhbat davomida pedagog bir qancha ma‘lumotlarga ega bo‘ladi . Ota – ona bolasi bilan har kuni muloqotda bo‘lganligi uchun , farzandini yahshi bilishadi , shu bois birga suhbat davomida pedagog ularning bolaga bo‘lgan munosabatini bilib oladi. Pedagog bola bilan alohida muloqotga kirishayotganda savollarni uning yoshiga moslab , individual xususiyatlarini inobatga olgan holda berishi kerak. Kuzatish bolani tekshirish davomida olib boriladi . Bolani psixologik rivojlanishini chuqurroq o‘rganish uchun eksperiment tekshiruv metodini olib boorish zarur . Eksperiment vaqtida bola haqida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lish mumkin. Eksperimental tekshirishlarni o‘tkazishda ushbu tamoyillarga tayanish lozim : - psixologik ta‘limni modellashtirish , bola buni hayoti davomida amalgam oshiradi ( o‘qish , o‘yin ) ; - bolaga beriladigan vazifa uning yoshiga va bilimiga tayangan holda bo‘lishi keak : - tahlil samarali bo‘lishi uchun bolaning barcha ruhiy holatini ko‘rish zarur , o‘zining faoliyatiga va natijalariga munosabati , uni bajarish va davomiylik sur‘ati va hokazo . Eksperimentlarni o‘tkazishda bitta yo‘nalishdan emas, balki bir necha bir - biriga yaqin bo‘lgan usullarni tanlash kerak . Kuzatishning maqsadini va bola haqida oldindan ma‘lumotlarga ega bo‘lish kerak . Vaziyatga ko‘ra faqatgina bolaning qobiliyatini baholash uchun tekshirish o‘tkazilayotganday taasurot qoldirish kerak . Bunday sharoitlarda eksperimentator alohida vazifalarni to‘g‘ri baholaydi . Aqli zaif va ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalarda o‘tkazilganda , ularning motivasion doirasini rivojlanganligini kuzatish mumkin . Yana bir boshqa vaziyatlarda bola ishonchini qozonib , o‘zini bo‘sh qo‘yish va o‘zini bemalol erkin tutishga imkoniyat yaratish kerak. Buni aqli zaif bolalarda, eshitishida , ko‘rishida va nutqida nuqsoni borlarda o‘tkazish kerak. Topshiriqlarni bajarishda to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini qayd etib qolmasdan , unga muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish kerak. Bola uchun qiziqarli bo‘lishi uchun soddaroq vazifalardan boshlab, murakkabroq topshiriqlarga o‘tish mumkin . Bolada charchash , sustlik kuzatilsa , darhol osonroq topshiriq berish kerak yoki biroz dam oldirish kerak . Pedagog bilan bola stulda o‘tirib suhbatlashganidan ko‘ra , yonma – yon o‘tirib suhbatlashishi bolaga ancha qulay . Bolaning ruhiy rivojlanishi va nuqsoniga qarab sharoit yaratish lozim. Psixologik tekshirishda savolnomalar o‘tkazilishi : Fikrini o‘rganish, shaxsiy motivatsiyasi hamda munosabatga kirishishi o‘rganiladi . Bolaning tengdoshlari bilan munosabatining buzilishi turli yoshlarda kuzatilishi mumkin . Bunday buzilishlarning eng og‘ir holatlari bolani izolyatsiyalash ( ayirish , qo‘shmaslik ) yoki boshqa bolalar tomonidan qoshmaslikdir . Tengdoshlari bilan muloqotga kirishish malakasi yo‘qligi , ular bilan munosabatga kirishish istagining pastligi yoki ( ushbu istakning saqlanganligida ) kelisha olmaslik oqibatida doimiy nizolar kelib chiqishini olib kelgan hollarda buzilish deb hisoblash mumkin.Tengdoshlari bilan munosabati buzilishining asosiy belgilari o‘ta tajovuzkorlik ,nizolarga moyillik , dominatlik , bo‘ysunganlik , passivlik , boshqacha qilib aytganda aloqada teng bo‘lmagan o‘rinlarni qabul qilish tendensiyasidir . Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling