Kurs ishi mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari


Download 65.57 Kb.
bet5/11
Sana28.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1136854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira (7)

Birinchi bob bo’yicha xulosa
Nutqning shakllanishi intellektning umumlashtiruvchi faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi uchun aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishi ham bir qator turli xususiyatli buzilishlar bilan tavsiflanadi . Aqli zaif bolalar uchun xarakterli bo‘lgan nutqning bunday tarzda rivojlanish xususiyatlarini nuqsonli bolalarning psixik faoliyatining turli tomonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullangan pedagoglar , psixologlar , vrachlar ilmiy jihatdan asoswlab berganlar .
Aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlar , ya‘ni faol va passiv lug‘atning qashshoqligi , so‘zlar ahamiyatining cheklanganligi , ularni noto‘g‘ri qo‘llash , grammatik vositalarning bo‘shligi va stereotipligi , mustaqil nutqning zaifligi va boshqalar bunday toifadagi bolalar psixikasining shakllanishiga salbiy ta‘sir qilmasdan qolmaydi .
Aqli zaif bolalar uchun xos bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanish xususiyatlaridan tashqari , ularda tovushlar talaffuzining buzilishi , duduqlanish kabi nutq kamchiliklari kuzatiladi . Aqli zaif bolalar nutqning rivojlanishi o‘rganish bilan shug‘ullangan barcha tadqiqotchilar debil darajadagi aqli zaif bolalarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutq kamchiliklarining tarqalganligi kuzatish mumkin deb ko‘rsatadilar. Tadqiqotlarning tahlili ko‘rsatishicha aqli zaif bolalarda nutqning o‘zigina emas , balki uning paydo bo‘lish zaminlari : chamalovchi harakatlar rivojlanmagan bo‘ladi , atrofga qiziqish shakllanmagan , predmetli faoliyat rivojlanmagan bo‘ladi . Bunday muhim omillarning asosida nutqning ma‘no tomoni va grammatik tizimining rivojlanishi yotadi. Bundan tashqari aqli zaif bolalarda muloqotga ehtiyoj bo‘lmaydi , va nutqgacha bo‘lgan aloqa vositalari nutqning tovush tomonini hosil bo‘lishini ta‘minlaydigan artikulatsiya apparat va fonematik eshitish , diqqati va idroki shakllanmagan bo‘ladi .


II– BOB. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni muloqot xususiyatlarining eksperimental tekshirish metodikasi .

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling