Kurs ishi mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari
Download 65.57 Kb.
|
Nodira (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ob’yekti
- Kurs ishining metodologik asosi
- 1 BOB Shaxs kamolotida muloqot va uning ilmiy – nazariy ahamyati 1.1 Shaxs rivojlanishida muloqot xususiyatlaring o’ziga xosligi
Kurs ishining maqsadi: Aqli zaif bolalarning muloqot xususiyaqlarini o‘rganish .
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab oldik : 1 . Ilmiy adabiyotlarda muammoning yoritilish holatini o‘rganish ; 2 . Aqli zaif bolalarning muloqot xususiyatlarini eksperimental o‘rganish ; 3 . Aqli zaif bolalar muloqotining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda korreksion rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish ; Kurs ishining ob’yekti: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqi . Kurs ishining predmeti: Aqli zaif boloalarning muloqot xususiyatlarini rivojlantirish jarayoni . Kurs ishining metodlari : - mavzuga doir ilmiy – pedagogik psixologik adabiyotlarni o‘rganish ; - bolalarni o‘yin , mehnat jarayonida kuzatish ; - bolalarning tibbiy – pedagogik hujjatlarini o‘rganish ; - ota – onalar bilan suhbatlashish ; - tajriba - sinov natijalarini son va sifat jihatdan tahlil qilish ; Kurs ishining metodologik asosi : O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti M.Sh Miromonovich asarlaridagi ta‘lim to‘g‘risida ilgari surilgan fikrlar , ― Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun ― , ― Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ― , ― Maxsus ta‘lim konsepsiyasi ― , ― Bolalarni himoya qilish ― konvensiyasi , hukumatimizning xalq ta‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirliklarining me‘yoriy hujjatlari , Sharq mutaffakirlarining ta‘lim – tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi . Kurs ishim kirish , uchta bob , xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat . 1 BOB Shaxs kamolotida muloqot va uning ilmiy – nazariy ahamyati 1.1 Shaxs rivojlanishida muloqot xususiyatlaring o’ziga xosligi Oligofreniya nuqsonining tuzilishida nutqning o‘ziga xos kamchiliklari alohida o‘rin tutadi . Bu kamchiliklar ana shu toifaga kiruvchi bolalarning intellektual va shaxs sifatlarining kamchiliklari bilan bog‘liq . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib , aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ta‘lim tarbiya ishlari tizimida maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab nutqiy rivojlanishda kuzatiladigan kamchiliklarni korreksiya qilishga alohida diqqatni jalb qiladi degan xulosaga kelish mumkin . Nuqsonli bolalarni og‘zaki nutqni egallashi shakllanishning o‘ziga xos hususiyatlari , aynan shu bolalar bilan maktabgacha tarbiya yoshida olib boriladigan ishlarning mazmuni va metodlarini o‘rganish alohida dolzarblik kasb etadi . Adabiyotlarda oligofreniya muammosi bo‘yicha ushbu toifaga kiruvchi bolalarning nutqiy rivojlanishining birlamchi bosqichlari o‘ziga xos xususiyatlari haqida juda kam ma‘lumotlar keltirilgan. Ma‘lumotlarga ko‘ra, ilk yoshlarda jarohatlanishi natijasida bolada birinchi nutqiy harakatlarda qo‘pol kamchiliklar kelib chiqadi. Oligofren bolalarning nutqiy rivojlanishida gugulash davrini juda kech paydo bo‘lishi xos . Mualliflarning fikricha , aqli zaif bolalarda birinchi so‘zlarni kechikib paydo bo‘lishi , jumlali nutqni egallash jarayonini kechikishi va qiyinchiliklar bilan kechadi . Homilalik yoki rivojlanish davrida markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishini aqli zaif bolaning tevarak-atrof bilan nutqiy aloqa turining shakllanishigacha bo‘lgan davridayoq normal rivojlanayotgan tengdoshlaridan farq qilishiga olib keladi. 1 yoshdan boshlaboq, aqli zaif bolalarda normal rivojlanishidan chetlashish kuzatiladi. Ular uzoq vaqtgacha nigohlarini narsalarga, hattoki o‘z qo‘llariga ham qaratmaydilar, harakatlanayotgan ob‘ektni kuzatmaydilar, ularda bosh miya po‘stloqlarining integrativ funktsiyasi buziladi. Bu esa oligofreniyada nuqson tuzilishining asosiy jabhalaridan biridir. Aqli zaif bolalarda ―jonlanish kompleks‖ ko‘p holatlarda ko‘zga tashlanmaydi yoki u rudementar shaklida namoyon bo‘ladi. ―Jonlanish kompleksi‖ aqli zaif bolalarda 1 yoshning oxiriga kelib juda sodda tarzda yuzaga kelishi kuzatiladi. Nutqning paydo bo‘lgunga qadar davrda kattalar bilan muloqotning to‘la emasligi, predmetli harakatlarning yo‘qligi (predmetlar bilan harakat qilish), mayda motorikaning rivojlanishidan orqada qolganligi 1 yoshning oxiriga kelganda aqli zaif bolalarda nutqning boshlang‘ich ko‘rinishlarini rivojdan kechiqish holati bilan chambarchas bog‘liqdir (V.I.Lubovskiy). Qator mualliflar (M.F.Gnezdilov, G.A.Kashe, A.R.Luriya, V.I.Lubovskiy, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, J.I.SHif, S.Ya.Rubinshteyn va boshqalar) aqli zaif bolalar nutqining normal rivojlanayotgan bolalar nutqidan muayyan darajada orqada qolishini ishonarli qilib dalillab beradilar. Aqli zaif bolalarda eshitib ajratish, so‘zlarning va jumlalarning talaffuzi ancha kechikib paydo bo‘ladi. Aqli zaif bolalar nutqida birinchi so‘zlar 3, 4 va hatto 5 yoshda yuzaga keladi. M.Zeemanning ma‘lumotlaricha, aqli zaif bolalarning 40% da uch yoshdan keyin nutq faoliyati ish tutadi. Aqli zaif bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini xarakterlab A.R.Luriya ― nutqiy faoliyatning murakkab shakllari – mavhumlashtirish va umumlashtirish bilan bog‘langan bilish jarayonlari rivojlanmay qoladi‖, - deb ta‘kidlaydi. Aqli zaif bolalar nuqsonlarining korrektsiyalanishi, kompensatsiyalanashi mumkin. Ammo buning uchun shaxsni shakllantirishning haraktlari, eng avvalo, birlamchi nuqsonni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy oliy psixik jarayonlarning rivojlanmay qolish holati ikkilamchi bo‘lganligi tufayli ―... ular bir xalqani eslatadi ...., shu xalqaning eng zaif joyiga tarbiyaning butun kuchini qaratib, so‘ng uni parchalab yuborish lozim‖, - deb ko‘rsatadi. A.R.Luriyaning ma‘lumoticha, oliy psixik jarayonlarning rivojlanishida nutq g‘oyat katta rol o‘ynaydi, chunki ―... so‘z ... bilish faoliyatini shakllantiradigan, borliqni aks ettirishni takomillashtiradigan, diqqat, xotira va tasavvurni, tafakkur va haraktning yangi shakllarini yuzaga keltiradigan kuchli omildir‖. Shaxsning rivojlanishida nutqning alohida ahamiyat kasb etishini nuqsonli bolalar kamolat u yoki bu qonuniyatini o‘rganib chiqqan mualliflarning barchasi ta‘kidlaydilar. Jumladan, A.R.Luriya ―Nutqning ... murakkab psixik jarayonlarning shakllanishidagi ishtirokining buzilishi va uni umumlashiruvchi va boshqaruvchi funktsiyalarining nuqsonlari aqli zaif bolalarga xos xususiyatlardir‖, - deb yozadi. Aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlar, ya‘ni faol lug‘atning qashshoqligi, tushunchalar ahamiyatining (mohiyatining) cheklanganligi, ularni noto‘g‘ri qo‘llash, grammatik vositalarning bo‘shligi va stereotipligi, mustaqil nutqning zaifligi va boshqa omillar bunday toifadagi bolalar psixikasining shakllanishiga salbiy ta‘sir qiladi. Aqli zaif bolalar uchun xos bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanish xususiyatlaridan tashqari, ularda tovushlar talaffuzining buzilishi, duduqlanish kabi nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti bilan shug‘ullangan barcha tadqiqotchilar yengil darajadagi aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar tarqalganligini kuzatish mumkin, deb ko‘rsatadilar. A.A.Popova nutqida kamchiligi bo‘lgan va yordamchi maktabda o‘qiyotgan yengil darajadagi aqli zaif bolalarning soni 14 %dan 34 % gachadir, deb hisoblaydi. M.E.Xvattsevning ma‘lumotlaricha, yordamchi maktab o‘quvchilarining 30%ida nutqiy nuqsonlar kuzatiladi. Yordamchi maktab o‘quvchilarini tavsiflagan S.S.Lyapidevskiy ko‘pincha yengil darajasidagi oligofren bolalarda nutq nuqsonlari uchraydi, deb yozadi. Aqli zaif bolalar orasida nutqiy nuqsonlar juda ko‘p tarqalganligini A.N.Graborov, V.I.Lubovskiy, M.S.Pevzner, O.V.Pravdina, B.M.Grinshpun, R.I.Lalaeva va ko‘pgina boshqa mualliflar ham ko‘rsatib o‘tganlar. Me‘yorida rivojlanayotgan bolalarga qaraganda, aqli zaif toifadagilar orasida nutq kamchiliklarining juda ko‘p hollarda uchratish mumkinligini M.Zeeman ham ko‘rsatgan. E.I.Butskovaning ma‘lumoticha, taxminan 60-70 % aqli zaif bolalar turli nutq kamchiliklariga egadirlar. L.V.Zankov kichik maktab yoshidagi aqli zaif bolalarning ko‘pchiligida tovushlar talaffuzining buzilishi kuzatiladi, deb uqtiradi. G.Ya.Troshin ham aqli zaif bolalarda nutq kamchiliklari me‘yorida rivojlanayotgan tengdoshlardagidan bir necha marta ko‘p uchraydi, deb yozadi. Muallifning ma‘lumoticha, nutqida turli nuqsoni bo‘lgan aqli zaif bolalar barcha o‘quvchilar sonining 43%ini tashkil etadi. I.P.Kornevning kuzatishlaricha, yordamchi maktabga o‘qishga qabul qilinayotgan vaqtda yengil darajadagi aqli zaif bolalarning 60% i turli talaffuz kamchiliklariga egadir. R.E.Levina va G.A.Kashelarning yordamchi maktablarda o‘tkazgan tekshirishlarida 1 sinf o‘quvchilarining 65%ida nutq kamchiliklari kuzatilgan. CHet el olimlaridan M.Zeemanning kuzatishicha, yordamchi maktabning 1sinf o‘quvchilarining 40-50% ida turli nutq nuqsonlari mavjuddir. M.Zeemanning fikricha, aqli zaif va normal bolalar nutqidagi tovushlar talaffuzining buzilishi o‘rtasidagi asosiy tafovut shundaki, oligofrenlarda ushbu nuqsonlar organiq xarakterni namoyish etadi. M.Zeemanning ma‘lumotlaricha, yordamchi maktab o‘quvchilarida bradilaliya va tezlashgan, qo‘zg‘algan nutq ko‘p kuzatiladi. SHuningdek, M.Zeeman ularda noto‘g‘ri tishlamning (yuqori va pastki jag‘larning jipslashuvidagi tishlarning holatini) ko‘proq uchrashi mumkinligini, bu esa tovushlar talaffuzi buzilishining sabablaridan biri ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. A.R.Luriya, V.I.Lubovskiylarning izlanishlarida aqli zaif bolalarda harakat malaklarining shakllanishiga ushbu toifadagi sub‘ektlar uchun xarakterli bo‘lishi nutqning boshqaruvchilik funktsiyasining buzilishi juda katta salbiy ta‘sir ko‘rsatish isbotlab beriladi. V.I.Lubovskiy eksperimental ravishda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqning boshqaruvchilik funktsiyasining qo‘pol buzilishi uning barcha ko‘rinishlarini izohlab berib, 4-5 yoshga kelib ularda so‘zning faqatgina undovchi va faoliyatga tushiruvchi funktsiyalar 2 yoshning oxiriga kelib shakllangan bo‘ladi (A.R.Luriya, 1958), maktabgacha yoshdagi oligofren bolalarda faoliyatini so‘z orqali boshqarish ta‘lim jarayonisiz sodda shaklda vujudga keladi . Motorikaning buzilishi, nutqdagi tovushlarning ixtiyoriy talaffuziga, shuningdek, so‘zlarning talaffuziga ta‘sir qiladi, chunki talaffuz qilish uchun nutq a‘zolari harakatining yuqori darajadagi koordinatsiyasi talab etiladi. Artikulyatsiyaning rivojlanishi fonetik ya‘ni eshituv idrokining shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. Yordamchi maktab o‘quvchilari talaffuzidagi kamchiliklar muammosi R.E.Levina, G.A.Kashe, L.I.Orlova, R.I.Lalaeva va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Aqli azif bolalarning talaffuzidagi kamchiliklarini o‘rgangan G.A.Kashe yordamchi maktabning 1-sinf o‘quvchilarining 65% ida shunday nuqsonlar mavjud ekanliklarini aniqlaydi. L.I.Orlova tomonidan o‘tkazilgan izlanishlarda esa talaffuz qilishdagi kamchiliklar yordamchi maktabdagi 1-sinf o‘quvchilarining 65% ida, 2-sinfda tahsil olayotganlarning 55%ida kuzatilganligi ko‘rsatilgan. R.E.Levinaning izlanishlari aqli zaif bolalar talaffuzidagi kamchiliklarning turg‘unligi asosan nutqiy harakatdagi qiyinchiliklarga emas, balki to‘g‘ri artikulyatsiya qilinayotgan tovushlarning nutq mohiyatiga juda sekin kiritilishiga bog‘liqligi izohlab beriladi. Yordamchi maktabda o‘tkazilgan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlari natijasida bolalar talaffuzidagi kamchiliklar asta-sekin bartaraf etila boriladi G.A.Kashening ma‘lumoticha, 3-sinfda fonetik nuqsonlar o‘quvchilarning 30% da kuzatiladi. L.I.Orlovaning tadqiqotlari G.A.Kashening ta‘lim ta‘siri natijasida sinfdansinfga o‘tgan sari talaffuzida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning soni kamayib boradi, degan fikrini tasdiqlaydi. M.A.Savchenkoning aqli zaif o‘quvchilarning fonetik idrokining rivojlanmay qolganligiga qaratilgan ishlarida bola tomonidan idrok etiladigan fonemalarning differentsial sifatlari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish bo‘yicha olib boriladigan tajribaning ba‘zi bir qirralari ko‘rsatilgan. Muallif bu psixologik hodisani to‘g‘ri talaffuzni shakllantirishning tayyorlov davri, deb hisoblaydi. Yordamchi maktabning 1-3 sinf o‘quvchilarida tovushlar talaffuzining polimorf va monomorf buzilishlarida tovushlarni almashtirish va buzib talaffuz etishning nisbatlari masalasini R.I.Lalaeva o‘z izlanishlarida o‘rganib chiqadi. Tadqiqotda tovushlar talaffuzining polimorf va monomorf buzilishlarida tovushlarni almashtirish va buzib talaffuz etish nisbatlari bir xil emasligi aniqlanadi. Eksperiment natijalari muallifga tovushlar talaffuzining buzilishiga ega bo‘lgan aqli zaif bolalarda nutq tovushlarini idrok etish va ularni differentsiatsiya qilish ruhiy holati rivojlanmay qolishi ekanligini ta‘kidlashga imkon beradi. Engil darajadagi aqli zaif o‘quvchilar nutqidagi grammatik qurilishining buzilishi masalasi omillari M.S.Gnezdilov, L.N.Efimenkova, I.N.Sadovnikova, O.L.Jiltsova, M.P.Feofanov va boshqalarning ishlarida o‘rganilgan. Mualliflar tomonidan me‘yorida rivojlanayotgan bolalarga qaraganda, debil darajadagi aqli zaiflar nutq faoliyatidan ancha kechikib foydalana boshlashlari isbotlangan. M.F.Gnezdilovning ma‘lumoticha, aqli zaif o‘quvchilar murakkab gaplardan, tushunchalardan avval yozma nutqda, keyinchalik esa og‘zaki nutqda qo‘llay boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi aqli zaif o‘quvchilarda ba‘zi grammatik shakllarini tushunishning buzilishi masalalari Z.N.Smirnovaning ishlarida yoritib berilgan. Muallif yordamchi maktabning 1-2 sinf o‘quvchilari va 3-4 sinfda esa ularning ko‘pchiligi so‘zlarning grammatik o‘zgarishlarini tushuna olmasligini ko‘rsatadi. Muallif ko‘pchilik o‘quvchilarda so‘zning leksik ma‘nosi birligida va grammatik o‘zgarishlarni tushunish shakllanmaganligini eksperimental tarzda isbotlab bergan va bu nuqsonni bartaraf etishga yordam beradigan ba‘zi metodlarni tavsiya etadi. 1970 yillardan boshlab maxsus psixologiya fanida aqli zaif bolalarni erta aniqlash va korrektsion-tiklash ta‘limini tashkil etish masalasi alohida ahamiyat berila boshlandi. Bunga bog‘liq ravishda ilmiy izlanishlarda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga katta e‘tibor berilyapti. Aqli zaif bolalarni aniqlashni tashkil etish, erta diagnostikalash va maxsus maktabgacha muassasalarga saralash metodlari M.A.Aleksandrovskaya, O.L.Jilьtsova, A.A.Venger (Kataeva), A.L.Vengerlarning ishlarida yoritib berilgan. G.V.Kuznetsova maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning atrofdagilar nutqini tushunishining xususiyatlarini o‘rgangan. Intellekti buzilganlar uchun xarakterli bo‘lgan bosh miya po‘stloqlarining diffuzli jarohatlari ular mikromuhitdagi odamlar zarur darajada mustaqil ravishda tushunishga imkon bermasligini ko‘rsatadi. Muallifning fikricha, bolaning atrofdagilar nutqini tushunishi uchun uning psixikasi va nutqi yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivolanishi doimo shaxslararo bo‘lishi ularning tevarak-atrof ob‘ektlari bilan tanishishi jarayonida amalga oshiriladi. G.V.Vigodskaya va N.D.Sokolovalarning ilmiy izlanishlari maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning mustaqil o‘rinlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mualliflar maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning harakati va xulqini uyushtradigan va o‘yinning zarur sharti bo‘lgan o‘yin vaziyatni yuzaga keltira olmasliklarini ekperimental ravishda asoslab berdilar. N.D.Sokolova o‘yin va nutqning bog‘liqligini ko‘rsata olgan. Bu bog‘liqlik bola nutqini shakllantirishda lug‘atni boyitishda, shuningdek, o‘yinning muvaffaqiyatini ta‘minlash uchun ham samaralidir. M.I.Kuzmitskaya va M.M.Nudelmanlar ham o‘yinni yordamchi maktab o‘quvchilarining aqliy va nutqiy nuqsonlarini korrektsiyalash vositasi sifatida ko‘rsatadilar. Aqli zaif bolalarda dialogning, ya‘ni irodaviy faoliyat rivojlanmaganligi M.F.Gnezdilov, M.P.Feofonov, V.G.Petrova, R.K.Luktsinalarning izlanishlarida ko‘rsatilgan. Nutqiy aloqaga kirishmaslik, nutdan foydalanishdagi ziflik, suhbatdoshning fikrlarini tushunmaslik, kommuniqatorning nutqiga e‘tiborsizlik – bularning barchasi suhbat jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi. Mualliflar aqli zaif bolalar muloqat jarayonida doimo kattalarning tashkiliy, yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi ta‘siriga muhtoj bo‘ladilar, deb ko‘rsatadilar. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda tafakkurning ko‘rgazmali ko‘rinishlarini rivojlanishi yo‘llari masalasi yuzasidan ilmiy izlanish olib borgan Ye.A.Strebelova bilish faoliyatini tashkillashtirishda yetakchi omil nutq ekanligini va u taqlid qilish, birgalikda, umumlashtiruvchi, rejalashtiruvchi va bola faoliyatini boshqaruvchi kabi asosiy funktsiyalarni bajarishni ko‘rsatadi. Ye.A.Strebelova aqli zaif bolalarda tafakkurning ko‘rgazmali ko‘rinishlarini o‘z vaqtida rivojlantirish ularning barcha bilish faoliyatining takomillashtiruviga sifat o‘zgarishlar kiritishini va ularni maktab ta‘limiga tayyorlashda katta ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta‘lim tarbiyasi bilan Sh.M.Amirsaidova, D.A. Nurkeldieva, M.H. Hamidova, L.R.Mo‘minova, X.M.Po‘latova , P.M.Po‘latova , V. Rahmonova ,Q Mamedov M.I.Soatovlar o‘z ilmiy ishlari bilan tadqiqot ishlarini olib borganlar . Ular maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqlarini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borishgan. P.M.Po‘latova o‘zining ilmiy izlanishida aqli zaif o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning mustaqil faoliyatlarining imkoniyatlari, qiziqishlarini e‘tiborga olgan holda sinfdan tashqari mustaqil faoliyati uchun gazeta materiallarini saralash mezonlarini asoslab, ularning mavzu doirasi, janrlari, tuzilishi va tavsiya etiladigan matnlarning mazmunini ko‘rsatib bergan. Izlanishda gazeta materiallari bilan tanishish aqli zaif o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi darajasini oshirishga, bilish va nutqiy faoliyatlarini takomillashtirishga ijobiy ta‘sir etishi ta‘kidlab o‘tilgan. Biz intellekti buzilgan bolalar nutqining hamma tomonlari maktabgacha davrning barcha bosqichlarida o‘rganilishi lozim, deb hisoblaymiz. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqidagi nuqsonlarni korrektsiyalash respublikamiz defektologlari oldiga ushbu toifadagi shaxslar o‘quv faoliyati, bilish jarayoni mazmuni takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling