Kurs ishi mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari


Download 65.57 Kb.
bet8/11
Sana28.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1136854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira (7)

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa .
Muammoni eksperimental o‘rganish uchun tashkil etilgan tajriba natijalariga xulosa qilib shuni aytish mumkinki , aqli zaif bolalar muloqoti bosh miyadagi organik jarohat , bilish jarayonlaridagi rivojlanishning sezilarli darajada orqada qolishi , xissiy - iroda sohasidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar va eng asosiysi , nutqning me‘yoriy rivojlanmaganligi bilan cheklanib qoladi . Aqli zaif bolalar muloqotining xusuiyatlari ular yashayotgan muhit , bajarayotgan faoliyat jarayoni , tipologik va individual xusuiyatlari , nuqsonining harakteri , shu bilan birga nutqiy rivojlanish darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi . Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning muloqot xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot mobaynida ularning diqqatini jamlashda qiyinchilik bo‘ladi


lll – BOB . Aqli zaif bolalarning muloqot xususiyatlarinirivojlantirish yo’llari .
3.1. Aqli zaif bolalar muloqot malakalarini shakllantirish .
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj insonning muhim ehtiyojlaridan biri ekanligi haqida so‘zlashgan edik . Alohida xususiyatli bola uchun muloqot qila olish ko‘nikmalarini egallash o‘ta muhim ahamiyatga molik , chunki bu nafaqat uning keyingi rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi balki bolaning kundalik hayotidagi chegaralarni muloqot uchun yanada kengaytiradi va bola uchun katta olamga kirish imkoniyatini yaratadi . Bola muloqot jarayoniga kirib, olam, insonlar va o‘zi haqida yangi ma‘lumotlarni oladi, hatti – harakatning yangi shakllarini o‘zlashtiradi , atrof muhit bilan o‘z munosabatini o‘rgatadi.
Muloqot jarayonida bolada bilish qobiliyati rivojlanadi, qabul qilish va tushunish ehtiyoji qoniqtiriladi yolg‘izlik va ajralib qolish hissini tark eta oladi .Aqli zaif bolalarni ijtimoiy rivojlanishi uchun nafaqat oila a‘zolari bilan , balki boshqalar, ya‘ni tarbiyachilar, defektolog, turli yoshdagi bolalar va kattalar bilan ham muloqotda bo‘lishi zarurdir.
Bolaga insonlar bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradigan ko‘nikmalarning shakllanish jarayoni , bola birinchi so‘z va jumlalarni aytmasdan oldin boshlanadi . Ilk bolalik davrida o‘zlashtiradigan va uning asosida o’zaro ijtimoiy aloqalarni shakllantiradigan ko‘nikmalar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
- insonlarga va ularning e‘tiborini tortishga nisbatan qiziqishning paydo bo‘lishi ;
- o‘z diqqatini to‘play va javob qaytara olish qobiliyati ;
- o‘yin o‘ynay olish qobiliyati ;
- navbatga rioya qila olishi va bo‘lisha olish qobiliyati;
- taqlid qilish va hamkorlikdagi faoliyat .
Aqli zaif bolalarning ham ijtimoiylashuvida tarbiyachi va defektolog, yuqoridagi ko‘nikmalarni rivojlantirishini hal qilishlari lozim . Ularning muhim vazifalaridan biri maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni muloqotga kirishishga jalb etishdir .
Bola tug‘ilganidayoq insonlarga nisbatan o‘z qiziqishlarini namoyon eta boshlaydi , aynan inson yuzi yangi tug‘ilgan chaqaloqni hamma narsadan ko‘proq qiziqtiradi . Bola rivojlanish darajasiga ko‘ra jilmayadi va guvrana boshlaydi va bunga kattalar tomonidan ijobiy javob qaytariladi . Agarda bola biron narsani hohlasa kattalarning e‘tiborini jalb etish va istagan narsasini olish uchun baqiradi , yig‘laydi yoki har xil tovushlarni chiqaradi , oyoq va qo‘lchalarini harakatlantira boshlaydi.
Shunday qilib bola boshqa kishilar o‘zaro aloqaga kira olish qobiliyatiga ega ekanligini tushunishni o‘rganadi va uning belgilangan harakatlari unga boshqalarning e‘tiborini tortish hamda o‘zi xohlagan narsani egallash imkoniyatini beradi .
Ba‘zi bir alohida xususiyatli bolalarda boshqa kishilarga nisbatan qiziqishning paydo bo‘lishiga qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin , rivojlanishdagi ba‘zi bir buzilishlar esa kattalar e‘tiborini jalb etish qobiliyatini cheklab qo‘yadi . Bu yerda ota - onalar albatta yodda tutishlari kerakki , bola atrofidagi kishilarga nisbatan qiziqishini namoyon etmasa , sust javob qaytarsa yoki umuman javob qaytarmasa ham bizlar muloqot qilishni aslo to‘htatmasligimiz kerak .
Agarda biz bolaga diqqat - e‘tiborimizni qaratishni to‘htatsak , uning aloqa o‘rnatish va bizning e‘tiborimizni tortishga qilgan harakatlariga e‘tibor bermasak , bolalarning kishilar va atrof muhitga nisbatan qiziqishini yo‘qotadi . Muloqot qilishni o‘rganmaslik bola rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qanday qilib bolalarda boshqalarga nisbatan qiziqish uyg‘otish va o‘ziga e‘tiborini jalb qildirish mumkin : Avvalo bola bilan ko‘rish aloqasini o‘rnatish kerak va uni ham shu harakatni bajarishga o‘rgatishimiz lozim . Ko‘rish aloqasini o‘rnatish bola nutqining to‘laqonli rivojlanishi uchun muhim hayotiy qobiliyat hisoblanadi. Muloqot nimaligini tushunish , so‘zlashuv vaqtida o‘z navbatini kutishni va suhbatdoshining hislarini tushunib yetishni o‘rganishi uchun bola insonning yuziga qarashi lozim . Shuning uchun agar bola ko‘rish aloqasini o‘rnatishda qiyinchiliklarga ega bo‘lsa albatta ushbu ko‘nikmani rivojlantirishga harakat qilish lozim, bolaning e‘tiborini yuzimizga jalb etish uchun yoyilib jilmayish , yuz qiyofamizni turli holatlarga keltirish , yorqin ro‘mol va qalpoqlarni kiyish lozim . Bolani kundalik parvarish qilish vaqtida uning yuziga to‘g‘ri bo‘ladigan holatni egallashimiz darkor. Hatto bolaning ko‘rishida nuqsoni bo‘lsa-da, bizning ovozimizni eshitishi va teginishlarimizni his eta olishi uchun uning yuziga ro‘para bo‘lib turish lozim .
Ilk bolalik davridayoq bola bilan iloji boricha so‘zlashish kerak , unga kichkina qofiyadosh she‘rlarni o‘qib berish lozim .
Bola bilan so‘zlasha turib , uni qo‘lga olish ismini aytib chaqirish, boshqa oila a‘zolaridan bola bilan faol so‘zlashishlarini , uning ismini aytib chaqirishlari va birgalikda o‘ynashlarini so‘rashimiz lozim .
Bola va o‘z yuzingizni qo‘llaringiz bilan berkitib va ochib bekinmachoq o‘yinini o‘ynash mumkin . Eshik yoki devor ortiga berkining , bola e‘tiborini jalb etish uchun u joydan qarab ― ku – ku‖ deb aytish kerak . Bola bilan o‘ynab, yorqin rangli, qiziqarli tovushli o‘yinchoqlar yoki predmetlardan foydalanish va ularni bola yuziga yaqin keltirish kerak .
Agarda bola u yoki bu usullar bilan sizning e‘tiboringizni qaratishga harakat qilsa , unga darhol javob berish kerak bo‘ladi .Bizning e‘tiborimizni jalb etishga qaratilgan so‘z, imo – ishora , jilmayish, ko‘z harakati yordamida bajarilgan har qanday usulni qo‘llab quvvatlashimiz darkor . Bola so‘ragan narsani bajarishga harakat qilish, shu orqali bolani rag‘batlantirish kerak . Bola qaysidir ma‘lumotni yetkazish uchun bajarilgan har qanday harakatiga e‘tibor berishga va qo‘llab quvvatlashga intilish, uni maqtash va biz uni tushunishimizni, uni intilishlarini qadrlashimizni unga bildirishimiz lozim .
Bola o‘zini o‘rab turgan muhitga nisbatan o‘z qiziqishlarini namoyon etish darajasiga ko‘ra , u narsa va insonlarga nisbatan diqqatini to‘plashni va ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan esa javob qaytarishni o‘ganishni boshlaydi.
Narsalarga nisbatan o‘z diqqatini to‘play olish bolaga ularni o‘rganishni, inson yuzi , ovozi va xatti – harakatiga e‘tiborini qaratish unga tovushlarga quloq solish va so‘zlarni takrorlash, kattalar xatti- harakatidan nusha ko‘chirish imkoniyatini beradi. Ushbu ko‘nikmalarni bolalarda rivojlantirishga yordam berish uchun bolani atrofidagi olamga qiziqishlarini faollashtirish uchun barcha usullardan foydalanish lozim , shuningdek bolaga qisqa muddat ichida bo‘lsa –da undan, diqqatini to‘plash va kutishni talab etuvchi mashg‘ulotlarni taklif eting.
Shar yoki mashina tunnelga qarab harakatlanuvchi va bola ko‘zi bilan kuzatish kerak bo‘lgan o‘yin o‘ynash kerak, masalan , sovun ko‘piklarini sekin puflash va pufaklarni chiqarish, bola keyingi pufaklarning chiqishini bir necha daqiqa kutib tursin. Bola diqqat bilan eshitish va ko‘rishdek muhim bo‘lgan ko‘nikmani ham rivojlantirish kerak .Buning uchun bolaga unga yoqadigan kitob o‘qib berish, hikoyalar so‘zlab berish, suratlar, fotosuratlarni tomosha qilish, konstruktor va pazllarni to‘plashimiz kerak.
Bolaga sodir bo‘layotgan hodisalarni to‘g‘ri tushunishi va javob qaytarishida yordam berishimiz kerak . Buning uchun bola hayotini kun tartibi asosida qurish , shu bilan unga kundalik harakatlarning ketma – ketligi, haqidagi tasavvurlarini shakllanishiga yordam bergan bo‘lamiz. Bolaga g‘amho‘rlik qilish faoliyatimizni bir xil harakatlar va belgilangan so‘zlar, imo – ishoralar bilan olib borish bilan birga, masalan ― mening yonimga kel―, ―cho‘milamiz― , ― hozir ovqatlanamiz ― deyish bilan unga ushbu so‘zlarni hodisalar bilan bog‘lashga yordam bergan bo‘lamiz . Bolani tez muddat ichida nima sodir bo‘lishini anglab yetishiga yordam bergan holda uning e‘tiborini kundalik hayotdagi tovush va harakatlarga jalb etish kerak . Masalan qadam tovushlari , kimdir kelayapti , suvning shovqini - cho‘milish vaqti keldi , dasturhon tuzalsa , demak tushlik vaqti bo‘ldi. O‘yin bola uchun o‘z – o‘zini , boshqa odamlarni va olamni anglashidagi muhim usullardan biridir . O‘yinda bolaning aqliy , jismoniy, hissiy rivojlanishi jarayoni kechadi , nutq faol rivojlanadi va muloqot hamda ijtimoiy o‘zaro harakatlar ko‘nikmalari shakllanadi . O‘yin bu – bola uchun tabiiy o‘qish jarayonidir , agarda farzandingiz uchun qaysi bir sabablar bilan o‘ynash qiyin bo‘lsa, ular boshqa muhim ko‘nikmalar uchun asos ekanligini yodda tutgan holda, albatta, uni o‘yin ko‘nikmalarini o‘zlahtirishiga yordam berish kerak.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi uchun o‘yin muhim ahamiyatga molikdir chunki o‘yin bolaga boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish , o‘zaro harakat qilish , ular bilan kelishish , qoidalarga rioya qilish imkoniyatini beradi . O‘yin jarayonida bola boshqalarni tushunishni o‘rganadi , ular bilan o‘z munosabatni o‘rnatadi , ularning his - tuyg‘ulariga e‘tiborini qaratishni , o‘z navbatini kutish va atrofdagilar bilan bo‘lishish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi .
O‘z navbatini kuta olish umuman so‘zlashish va muloqot jarayoninig asosiy sharti hisoblanadi . Bolada ushbu ko‘nikmani iloji boricha erta rivojlantirishni boshlash kerak : u bilan muloqotni dialog shaklida qurish va undan javobni har qanday shaklda kutish kerak .
Agar biz boladan biror narsani so‘rasak , sabr bilan javobini kutishimiz va biz ham o‘z navbatida uning savollariga javob berishimiz , uning so‘zlashish uchun qilgan barcha harakatlariga javob qaytarishimiz kerak.
Bolani navbat kutishga rioya qilishni o‘rgatish uchun: Navbatma – navbat harakatlarni talab etuvchi o‘yinlarni o‘ynash kerak Masalan , mashinani bir birligi tomonga surish , koptok yoki yumshoq o‘yinchoqni irg‘itish.
Bola bilan birgalikda harakatlarni navbatma navbat bajarish kerak . Masalan qoshiq bilan stolni taqillatish, so‘ngra boladan taqillatishni so‘rash kerak , huddi shu usul bilan qarsak chalish , stuldan sakrash , navbatma – navbat kubiklarni qo‘shish bilan minora qurish , surat chizish , vazaga mevalarni tahlash mumkin . Bola bilan sayr vaqtida , tanish qo‘shiqning qatorlarini navbatma – navbat aytish , suvga tosh irg‘itish mumkin va hokazo . Taqlid qila olish bolani ta‘lim olish jarayoni uchun muhim hayotiy qobiliyat bo‘lib , ayniqsa , muloqot va umuman ijtimoiy ko‘nikmlarini rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi . Kattalarga taqlid qilib , bola tovush va so‘zlarni talaffuz qilishni o‘rganadi va uning asosida nutq shakllanishi imo – ishora va xatti – harakatlardan nusha ko‘chirgan holda o‘zini tutishni o‘rganadi . Bola boshqa kishilar , birinchi navbatda esa o‘ziga ahamiyatli bo‘lgan kishilar ortidan hatti – harakatlarni takrorlab so‘zlashishni ,muloqot qilish usullarini o‘z – o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini o‘rganadi .
Hamkorlikdagi o‘yin yoki boshqa faoliyat bolaning bu kabi ko‘nikmalarini faol rivojlantiradi , bundan tashqari esa uning o‘zi ham bolada yangi ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi uchun muhim vosita hisoblanadi .Tengdoshlari bilan o‘ynab , oila a‘zolari bilan kundalik turmush ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib , bola aloqa o‘rnatish va qo‘llab quvvatlash , o‘z xoxishlarini boshqalarning istaklariga mos keltirishi , xatti – harakatning yangi shakllarini o‘zlashtiradi .



Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling