Kurs ishi mavzu: “dengiz hayvonlari va gidrogenizatsiya qilinadigan yog’lar”
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Asadbek - kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlar
5. Xulosa.
Kurs ishini bajarish davomida men ustozlarimdan olgan bilimlarimni mustahkamlab, dengiz hayvonlari, ularni qayta ishlab-gidrogenizatsiya qilingan yog’larni va ularning kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari haqida ko’plab ma’lumotlar oldim. Xulosa qilib shuni aytamanki, yog’lar ham qolgan oziqaviy moddalar kabi bizning organizmimizda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ular energiya berish vazifasini bajaradi. Hayvon yog’lari, jumladan, dengiz hayvonlarini yog’larini gidrogenizatsiya qilish bu tabiiy hayvon yog’larini muqobil va arzon variantda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yilishini inobatga olsak, bu yog’lar assortimentini qalbakilashtirishga ham zamin yaratishi mumkin. Buning oldini olish uchun yaxshi Tovar ekspertlari, yog’larni tarkibini, ularni olish usullari va analiz qilish yo’llarini puxta o’rgangan, yaxshi biladigan kadrlar hozirgi kunning talabi ekanligini chuqur anglamoq kerak. Dengiz hayvonlari yog’laridan eng ahamiyatlisi treska baliqlarining jigaridan olinadigan yog’ hisoblanar ekan. Bu yog’ tabobatda “baliq yog’i” nomi bilan mashhurdir. Baliq yog’lari tarkibida ham to’yinmagan yog’ kislotalarining miqdori ancha ko’p bo’lib, ular umumiy yog’ kislotalarining 60-70%ini tarkibida beshta hatto oltita qo’sh bog’ga ega bo’lgan yog’ kislotalari tashkil etishining o’zi bu yog’larning ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini angladim. Shuningdek, kit yog’lari tarkibida to’yingan yog’ kislotalarining hissasi 20%ni tashkil etganligi sababli, ularni sovutganda to’yingan yog’ kislotalarining quyuqlanishi hisobiga yog’ quyuq va quyuq qismlarga ajralib qolish holatini kuzatish mumkin. Kit yog’larida gidrolitik jarayonlar esa boshqa yog’lardagiga nisbatan sekinlik bilan boradi. 6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni. 2. Oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi standartlari. 3. Normaxmatov R. “Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi”. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti, 2013. 4. Normaxmatov R. “Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi fanidan labaratoriya va amaliy darslar o’tish uchun uslubiy ko’rsatma. Samarqand, SamISI bosmaxonasi, 2015. 5. Normaxmatov R., Pardayev G’.Y., Ismoilov Sh.I. “Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi obektlari”. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti, 2019. 6. Normaxmatov R. “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat ekspertizasi xizmatini tashkil etish”. Samarqand, “Fan bulog’i” nashriyoti, 2022. 7. R. Normaxmatov va boshqalar. “Tovarshunoslik”. Toshkent: «Mehnat», 2004. Internet saytlar 8. www.gov.uz 9. www.lex.uz 10. www.ziyonet.uz 11. www.standart.uz 12. www.foydalifayllar.uz Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling