Kurs ishi mavzu: “dengiz hayvonlari va gidrogenizatsiya qilinadigan yog’lar”
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Asadbek - kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrogenlash
3. Hayvon yog’larini gidrogenizatsiya qilib olish usullari va texnologiyasi. Yogʻlarni gidrogenlash - glitserin va toʻyinmagan yogʻ kislotalarning murakkab efirlariga kataliz yoʻli bilan vodorod biriktirish. Yog’larni gidrogenlash usulini rus olimlari Norman va S. A. Fokinlar 1902—1903 yillarda taklif etishgan. Birinchi marta 1908 yilda Rossiyada sanoatda qoʻllanilgan. Qotirilgan yogʻlar (salomas) olish uchun dengiz hayvonlari va baliqlarning suyuq yogʻlari va oʻsimlik moylari gidrogenlanadi, soʻngra ular fizikkimyoviy xossalariga qarab margarin, ovqatbop yogʻ va boshqa ishlab chiqarishda hamda texnik maqsadlar (sovun, stearin va izolyasiya materiallari i. ch.)da qoʻllaniladi. Toʻyinmagan birikmalarning toʻyinishi, shuningdek, izomerlanishi tufayli yog’larni gidrogenlash jarayonida yogʻ qotadi. Avtoklavlarda 220° C va 0,2 MPa bosim ostida gidrogenlab ovqatbop yogʻlar, 190—250° C va 1,5— 2,0 MPa bosim ostida texnik yogʻlar olinadi. Gidrogenlash (hydrogenium — vodorod) — oddiy moddalar (kimyoviy elementlar)ga yoki murakkab birikmalarga katalizatorlar ishtirokida vodorod biriktirish reaksiyasi. Kimyoviy birikmalardan vodorodni ajratish — degidrogenlash esa gidrogenlashning aks reaksiyasidir. Gidrogenlash va degidrogenlash organik moddalarni katalizatorlar ishtirokida sintez qilishning muhim usullari boʻlib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Bu reaksiyalar sanoatda ulkan reaktorlarda olib boriladi. Yogʻlar va kumirni gidrogenlash shular jumlasiga kiradi. Boshqa qator reaksiyalarda gidrogenlash va degidrogenlash reaksiyalari mujassamlashgan holda amalga oshiriladi. Etil spirtning katalizatorlar ishtirokida atsetaldegidga aylanishidan iborat qaytar reaksiya bunga misol boʻla oladi. Harorat koʻtarilganda va MPa bosimi pasayganda atsetaldegid, aks holda etil spirti hosil boʻladi. Gidrogenlash va degidrogenlashda baʼzi metallar (Fe, Ni, Co, Pt, Os va h.k.), oksidlar (NiO, CoO, Sg2O3, MoO2 va h.k.), shuningdek sulfidlar (WS2, MoS2, CrnSm) katalizatorlar boʻlib xizmat qiladi. Gidrogenlash va degidrogenlash sanoatda keng qoʻllaniladi. Masalan, koʻpgina kimyo korxonalariga xom ashyo boʻladigan va erituvchi hisoblanadigan metil spirt uglerod monoksidini pyx-xrom oksidlari (katalizator) ishtirokida gidrogenlab olinadi. Boshqa katalizatorlar ishlatilganda, yuqori spirtlar ham shu usul bilan olinadi. Margarin ishlab chiqarish yogʻlarni gidrogenlashga asoslangan. Kapron, anid (naylon) va boshqa materiallar ishlab chiqarila boshlashi munosabati bilan oraliq mahsulotlar (fenoldan siklogeksonal, adipin kislota dinitrilidan geksametilendiamin va anilindan siklogeksilamin) olishda gidrogenlashdan keng foydalaniladi. SO ni turli katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab, benzin, qattiq parafinlar yoki kislorodli organik birikmalar olish mumkin. Yuqori bosim ostida azot bilan vodorodni oʻzaro taʼsir ettirib, ammiakni sintezlash ham gidrogenlashdir. gidrogenlash monomerlar sanoatida kauchuk va smolalarsh sintez qilishda keng qoʻllaniladi. Sintetik polimerlar ishlab chiqarishda, stirol va uning hosilalarini olishda, alkilaromatik uglevodorodlardan — etilbenzolni stirolga, izopropilbenzolni metilstirolga aylantirishda degidrogenlashning ahamiyati katta. Gidrogenizatsiya-vodorod va katalizator ishtirokida boradigan qator reaktsiyalar to‘plami. Hayvon yog’larini katalitik gidrogenlashda quyidagi texnologik bosqichlar boradi: -to‘yinmagan yog‘ kislotalarini etilen bog’lariga vodorod birikishi; -to‘yinmagan kislotalaming pozitsion izomerlarini hosil boiishi, ya‘ni etilen bog’larini uglerod zanjiri bo‘ylab molekulada ko‘chishi; -to‘yinmagan kislotalarni geometrik izomerlarini hosil bo’lishi. Yog' gidrogenatsiyasi birlashtirish jarayoni hisoblanib, yog' - odatda, hayvon yog’lari va o'simlik moylari - vodorod bilan to’yintiriladi. Jarayon odatda juda yuqori bosim ostida amalga oshiriladi. Nikel katalizator (bu oxirgi mahsulotdan chiqariladi). Ularning qisman gidrogenlanishi bu uglerod-uglerodli qo'shaloq aloqalarning ko'pini kamaytiradi, ammo hammasini emas. Vodorodlanish darajasi vodorod miqdorini, reaktsiya harorati va vaqtini va katalizatorni cheklash orqali boshqariladi. Maqsad suyuq moylarni o'rnini bosadigan qattiq yoki yarim qattiq yog'larga aylantirishdir. Oddiy o'simlik moyining qisman gidrogenatsiyasi margarinning odatiy tarkibiy qismigacha. Ushbu jarayonda C = C juft bog'lanishlarning katta qismi olib tashlanadi, bu mahsulotning erish nuqtasini ko'taradi. Gidrogenlash suyuqlikni o'zgartiradi o'simlik moylari tarkibida mavjud bo'lganlar kabi qattiq yoki yarim qattiq yog'larga margarin. Yog 'bilan to'yinganlik darajasini o'zgartirish ba'zi muhim fizik xususiyatlarni o'zgartiradi, masalan, erish oralig'i, shuning uchun suyuq yog'lar yarim qattiq holga keladi. Pishirish uchun qattiq yoki yarim qattiq yog'larga afzallik beriladi, chunki yog'ning un bilan aralashishi pishgan mahsulot tarkibida ko'proq kerakli tuzilishni hosil qiladi. Qisman gidrogenlangan o'simlik moylari hayvon yog'lariga qaraganda arzonroq bo'lgani uchun, ular juda ko'p konsistensiyalarda mavjud va boshqa kerakli xususiyatlarga ega (masalan, oksidlanishning ko'payishi) barqarorlik va uzoqroq saqlash muddati) sifatida ishlatiladi, ular asosan ishlatiladigan yog'lardir qisqartirish ko'pgina tijorat pishiriqlarida. To'liq gidrogenlash natijasida maksimal miqdordagi vodorodni o'z ichiga olgan molekula hosil bo'ladi (boshqacha qilib aytganda, to'yinmagan yog 'kislotasining to'yinganiga aylanishi). Qisman gidrogenlash natijasida ba'zi bir bo'sh holatlarda vodorod atomlari qo'shiladi va shu bilan er-xotin bog'lanishlar soni kamayadi. Odatda tijorat gidrogenatsiyasi qisman olish uchun egiluvchan qattiq bo'lgan yog'larning aralashmasi xona harorati, lekin pishirish paytida yoki iste'mol paytida eriydi. Pereeterifikatsiya-yog‘ triglitseridlarida atsil guruhlarni qayta taqsimlanishi. U shuningdek katalitik sistemalar qo’llab amalga oshiriladi. Ichki molekular va molekulalararo pereeterifikatsiya farqlanadi. Ichki molekular pereeterifikatsiyada triglitseridda atsil guruhlami o‘zaro joylashishi o‘zgaradi, molekulalararo pereeterifikatsiyada esa triglitseridlar orasida atsil guruhlar almashinadi. Ichki va molekulalararo pereeterifikatsiya natijasida suyuqlangan yog‘ yoki yog‘lar aralashmasida triglitseridlar aralashmasi bo‘ylab yog‘ kislotalarini statik taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moy va yog‘lami modifikatsiyalashni asosiy usullari katalitik jarayonlar va katalizatorlar qo‘llab amalga oshiriladi, ya’ni: -Katalitik gidrogenlash-murakkab texnologik jarayon, u yog‘ kislotalarini to‘yinmaganlik darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda moy va yog‘lami oksidlanishga chidamliligi oshadi va konsistentsiyasi o‘zgaradi (suyuq, mazsimondan qattiqqa), tarkib va xossalarini o‘zgarishi etilen bog‘larga vodorodni birikishi va gidrogenlanuvchi yog‘ xom-ashyosida qolgan etilen bog‘lami izomerizatsiyasi hisobiga amalga oshiriladi. -Glitseridlarni katalitik pereeterifikatsiyasi moy yog‘ aralashmasini pereeterifikatsiyalangan glitseridlarida atsil guruhlami qay^a taqsimlanishi, u fizik xossalami, asosan konsistentsiyani o‘zgarishiga olib keladi, bunda to‘yinmaganlik darajasi va etilen bog‘larni ushbu aralashmada izomerlanish darajasi o‘zgarmaydi. -Katalitik gidropereeterifikatsiva katalitik sistemalar qo‘llab moy va yog‘lami birgalikda gidrogenlash va pereeterifikatsiyalash. Hayvon yog’ini katalitik modifikatsiyalash bilan bir qatorda katalizatorlar modifikatsiyasi ham amalga oshiriladi. Katalizatoni modifikatsiyalash uning faolligini, barqarorligini va selektivligini oshirish, izomerlovchi xususiyatini pasaytirish uchun amalga oshiriladi. Ushbu maqsadda dastlabki katalizatorlar tarkibiga 0,5...3 % (dastlabki katalizator massasiga nisbatan) promotorlar kiritiladi, ayniqsa davriy jadvalni IV va VIII guruh tabiiy moy va yog‘lami modifikatsiyalash usullari qo‘llaniladi. Oziq-ovqat modifikatsiyalangan yog‘lami qattiq fazasini ko‘p xollarda gidrogenlangan yog‘lar tashkil qiladi. Gidrogenlash yo‘li bilan moy va yog‘larni qotirish – yog’lari modifikatsiyalashni keng qo‘llaniladigan usuli hisoblanadi. Bunda triglitseridlarda yog‘ kislotalar tarkibi to‘yinmagan bog‘lami qisman yoki to‘liq to‘yintirish hisobiga o‘zgaradi, buning natijasida yog‘lari suyuqlanish harorati oshadi, boshqa xossalari ham o‘zgaradi. Moy va yog‘lami gidrogenlash savollariga ko‘pgina ishlar bag‘ishlangan. Salomasning analizi. Oziqaviy salomasning sifat ko'rsatkichlaridan biri uning qattiqligi hisoblanadi. Qattiqlikni aniqlash Kaminskiy qattiqlik odchagichi (tverdomer)da amalga oshiriladi. Aniqlash prinsipi, 1 sm kesimdagi 15°C gacha sovitilgan yog‘ namunasini diametri 0,2 mm li sim bilan kesish uchun kerak bodadigan yuklama qiymatini belgilashga asoslangan. Olingan kattalik g/sm larda belgilanadi. Salomaslar ishlatilishiga qarab turli qattiqlikda olinadi. Masalan, margarin ishlab chiqarishda 160—320 g/sm, konditer mahsulotlari (shokolad) uchun 500—600 g/sm qattiqlikga ega bodgan oziqaviy salomaslar ishlatiladi. Aniqlashdan oldin har gal uskuna rostlanadi va dastlabki holatga keltiriladi. U ishlatishdan awal graduirovka qilinadi, ya’ni odchash trubkasi bodimlari kattaligi aniqlanadi. Reaktiv va uskunalar: muz va suv aralashmasi, Kaminskiy qattiqlik odchagichi, kapsula, 500 ml li stakan, pichoq. Ishning bajarilishi. Salomas va boshqa yogdami qattiqligini aniqlashga tayyorlash: ramka oboyma (halqacha)ga joylanadi va unga, chegarasigacha eritilgan, tekshirilayotgan yog‘ quyiladi. Yog‘ni eritish 50°C da sekin amalga oshiriladi. Havo chiqishi uchun yog‘ga 2 ta nomerlangan kapsula joylanadi. Todgan oboyma (halqacha) muz va suv aralashmasiga joylanadi, bunda suvning yog‘ga qo‘shilib ketmasligi nazorat qilinib turiladi. 15 minutdan keyin, yog‘ sovigach, oboyma sovituvchi aralash- madan olinadi va bir necha sekund issiq suvli stakanga (suv harorati 50—70°C) joylanadi, keyin chap qod barmoqlari bilan oboyma ushlab turilib, o‘ng qod barmoqlari bilan ramka dastasi ushlanib, u ramkadan ajratiladi. Shundan so‘ng kapsula ramkadan suriladi, pichoq bilan tashqi devorlariga yopishib qolgan yogdar tozalanadi. Kapsulalar 20 minut suv va muz aralashmasida saqlanadi, so‘ngra 1 soat davomida 15° С li suvga joylanadi. Termostatlash tugagach, kapsulalar suvdan olinadi va uskunaning sovituvchi kamerasiga joylanadi. Kamerada haroratni 15°C da saqlab turish uchun undan uzluksiz ravishda suv odkazib turiladi (atrof-muhit harorati 20°C dan past bodganda suv odkazish shart emas). Vodoprovod jo‘mragi ochiladi va bosim orqali bochkachaga uzluksiz suv beriladi, uning ortiqcha qismi to‘kuvchi trubka orqali tushirib turiladi, tushuvchi dastak sekin bosiladi, bochkacha shtoki ko’tariladi, natijada suv bochkachadan qabul qiluvchi bachokka oda boshlaydi. Chap qo’l bilan arrentir olib tashlanadi. Yog‘ni sim bilan kesish vaqtida tarozi dastagi kesuvchi moslama va qabul qiluvchi bachok bilan birga tusha boshlaydi, strelka shkalaning ikkinchi bodagidan odganda, zanjir tushuvchi dastakni, u ilgichni chetga suradi, natijada shtok tushib ketadi, qabul qiluvchi bachokga suv kelayotgan klapanli teshikni yopadi. Qabul qiluvchi bachokning todish davomiyligi quyidagicha: qattiqligi 300 g/sm gacha bo’lgan salomas analizida 2—3 minut, qattiqligi 500—800 g/sm bo‘lgan salomas analizida 4—5 minut. Tarozi dastagi ko‘tariladi, arretir bilan mahkamlanib, o'lchovchi trubka yordamida qabul qiluvchi bachokda yig‘ilgan suv ml miqdorida hisoblanadi. Suv miqdori bo‘yicha qidirilayotgan salomasning qattiqligi graduirovka jadvalidan aniqlanadi. Suvni qabul qiluvchi bachok (10)dagi suv o‘lchovchi trub- kada nol holatga kelguncha ochilgach, qattiqlik o‘lchagich asbobi keyingi tajribalar uchun tayyor bo‘ladi. Eslatma: 1) o‘lchash trubkasidagi nolinchi nuqta 0—14,5 mm ga to‘g‘ri keladi. 2) hisoblash yopiq apparat holatda nolinchi nuqtadan, pastdan yuqoriga amalga oshiriladi, mm. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling