Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Ilmiy rahbar: dots. Tursunov A. M bajardi:"Muxandislik texnologiyalari " fakulteti Iqtisodiyot


Download 435.46 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi435.46 Kb.
#1597796
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ish. FIRMA

Kurs ishining maqsadi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida firma faoliyatining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini o'rganish, umumlashtirish va xulosalardan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Ushbu belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi muhim vazifalar belgilab olindi:
- korxona(firma) ning iqtisodiy mazmuni, tashkiliy huquqiy shakllarini o’rganish;
- firma nazariyalarini yoritib berish;
- korxonaning tashkiliy huquqiy shakllari tavsiflash;
-firma faoliyatiga ta’sir etuvchiomillarni aniqlash;
- korxona faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi ko`rsatgichlar tahlil qilish;
- O‘zbekistonda firmalar faoliyatini tahlil qilish
Kurs ishining obyekti: milliy iqtisodiyotda faoliyat yurutuvchi ishlab chiqarish korxonalari.
Kurs ishining predmeti milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish korxonalarining o‘z faoliyatini yuritishda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar. .






I-BOB. FIRMA BOZOR IQTISODIYOTI SUBYEKTI SIFATIDA

    1. Korxona(firma): iqtisodiy mazmuni, tashkiliy huquqiy shakllari




Firma (korxona) – bu alohidalashgan, xo‘jalik mustaqilligiga ega ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy sub’ekt.
Korxona muayyan mulkka oid va iqtisodiy jihatdan mustaqildir. Korxonaning iqtisodiy alohidalik ishlab chiqarish shaklining yakunlanganligi, korxona ixtiyoridagi resurslarning alohidaligi, o‘z harajatlarini o‘z mablag‘laridan qoplashi va olgan foydasini mustaqil tasarruf qilishida namoyon bo‘ladi. Korxonaning iqtisodiy mustaqilligi o‘zining iqtisodiy faoliyatini tashkil etishda o‘z aksini topadi. Iqtisodiy samaradorlik iqtisodiy mustaqillikning mezoni bo‘lib hisoblanadi. Undan tashqari tegishli iqtisodiy qonunlarda o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Ya’ni huquqiy shaxs bo‘lmog‘i, o‘zining nizomi, mustaqil daromadlar va balansi, bankda o‘z hisobi, shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lmog‘i zarur.
Firma faoliyatining maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash va raqobatbardoshliligini oshirish hisobiga talabni kengaytirish;

  • ishlab chiqarishni divyersifikatsiyalash, ya’ni mahsulot nomenklaturasini (turlarini) ko‘paytirish.

Ushbu maqsadlarga erishganda, firma o‘z faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi va bosh maqsadga–foyda miqdorini maksimallashtirishga yerishadi.
Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo‘g‘ini bo‘lib, unda ilmiy
iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi.
Mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko‘rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko‘nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan hoda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi.
Korxona ish o‘rinlarini beradi ish haqi to‘laydi soliqlar to‘lash yo‘li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi.Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o‘zaro aloqasi amalga oshiriladi. Korxona o‘z faoliyatini o‘zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng qolgan qismini tasarruf etadi.
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va assortimenti, xilma-xilligi, xom ashyo etkazib beruvchilar va haridorlar baholarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qo‘llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.
Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi iqtisodiyot sub’ektidir.
Zamonaviy korxona-mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o‘zigagina tegishli bo‘lmaydi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko‘ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko‘ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko‘ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil


mulkchilik shakliga ega bo‘lgan korxonalar soni 1.1.- rasmda keltirilgan






Download 435.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling