Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Ilmiy rahbar: dots. Tursunov A. M bajardi:"Muxandislik texnologiyalari " fakulteti Iqtisodiyot


Download 435.46 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi435.46 Kb.
#1597796
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ish. FIRMA

Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag‘batlantirishning usul va shakllarini, ya’ni korxona faoliyatining butun xo‘jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi. Korxona rahbarining ish stili va usullari fan-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur. Masalan, korxona direktori bilimi, tajribasi va professional malakasiga ko‘ra, oddiy xodimlar va bo‘linma (xizmat) rahbarlaridan yuqori turishi lozim. Aks holda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi hamda muvaffaqiyatga erishishi va imidjga ega bo‘lishi qiyin.
Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko‘rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar
bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda zamonaviy kompyuter texnikasi va uning reja iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yaxshi biluvchi, savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi.
Korxona faoliyatining samarali bo‘lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga etkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o‘rinni egallaydi.
Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar,
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullaridan foydalanish orqali erishiladi.
Albatta, yuqorida keltirib o‘tilgan omillarni amalga oshirish ma’lum
bir resurslar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarningmohiyati va ahamiyatini o‘zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, zamon bilan hamnafas holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o‘z salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga tayanuvchi korxona o‘zining bugungi kundagi muvaffaqiyatlaridan tashqari, kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishini, jumladan, bozordagi o‘z o‘rni va raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo‘lishini ta’minlaydi.__


2.2. Korxona faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi ko`rsatgichlar


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.


Korxonalar ishlab chiqarish faoliatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarishsalohiyati- asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, Iloji boricha unumliroq foydalanishni kursatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, yani korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlodning vakillarining ham mehnati bilan izohlash mumkin.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar jumladan, boshqaruv ham muhim o'ringa ega. Ularning ahamiyati ishlab chiqarish miqyosining o'sishi va xo'jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o'rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish- konsentratsiya, iqtisoslashtirish,kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin. Korxona faoliatining samarali bo‘lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o'rinni egallaydi.
Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar,
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilgor usullaridan foydalanish orqali erishiladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:


— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-IT,
bunda,
YaF — yalpi foyda;
SST — sotishdan olingan sof tushum;
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF — soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
Oldingi tahrirga qarang.
— yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 10-11-son, 115-modda)
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — sof foyda;
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov – normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi.

2.2-jadval.

Download 435.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling