Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Ilmiy rahbar: dots. Tursunov A. M bajardi:"Muxandislik texnologiyalari " fakulteti Iqtisodiyot


-jadval. “O‘ztemiyo‘lmashta’mir” UK ning likvidlik ko‘rsatkichlari


Download 435.46 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi435.46 Kb.
#1597796
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ish. FIRMA

2.3-jadval.
O‘ztemiyo‘lmashta’mir” UK ning likvidlik ko‘rsatkichlari
asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;

  • nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.

    Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.


    Ularga quyidagilar kiradi:
    -aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;
    -korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik shaxslarning pay va boshqa badallari;
    -yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;

    -maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;


    -qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari.
    Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar. Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratish mumkin.
    Uzoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

    • banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;

    • uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;

    • uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;

    • lizing va b.

    Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:

    • tijorat (tovar) kreditlari;

    • qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;

    • banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.



    XULOSA


    Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko'lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o'sishiga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda.


    Sanoat korxonalarda har doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi bozorlarda, o'z raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati ayni damdagi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag'batlantirishlar berildi.
    O’tgan yil; davomida banklarning korxonalar bilan o'zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag'larining tez va o'z vaqtida aylinishi ta'minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o'z vaqtida bo'lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq bo’ldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda sifati oshirildi.
    Korxonaning barqarorligi yoki nochorligi uning samarali yoki samarasiz
    faoliyat yuritishini mos ravishda aks ettiradi. Bu jihatdan bugungi xo'jalik
    yuritish amaliyoti to'lov qobiliati koeffitsienti, xususiy va qarzga olingan aylanma mablaglar nisbati koeffitsienti, moliaviy mustaqillik
    koeffitsienti va xususiy aylanma vositalar bilan ta'minlanganlik
    koeffitsienti kabi ko'rsatkichlar tizimidan foydalanadi.
    Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holati ning yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo'lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini hamda xajmini oshirib, juda ko’p ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga xaq to'lash xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xaq to'lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi.
    Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizasiya hisoblash usuli ham ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o'zgaruvchan bir sharoitida amortizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o'ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizasiya usulini qo’llash, bir tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin amortizasiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag'lari kelib tushadi. Bu esa yuqorida aytib o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang'ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko'p miqdordan amortizasiya hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amortizasiya hisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi.


    Download 435.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling