Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Ilmiy rahbar: dots. Tursunov A. M bajardi:"Muxandislik texnologiyalari " fakulteti Iqtisodiyot


Download 435.46 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi435.46 Kb.
#1597796
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ish. FIRMA

Monotarmoqli korxonalar bir tarmoqda faoliyat yuritadilar. Ko‘p tarmoqli korxonalar esa turli sohalarda faoliyat yuritadilar. O‘z navbatida ko‘p tarmoqli korxonalar ustun tarmoqqa ega va ega bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Masalan, “Djillet” firmasi asosiy ustun tarmog‘i yoki ixtisoslashuvi lezviya va britvalarni ishlab chiqarish, undan tashqari esa tyeri galantyereyasi ko‘zoynaklar, zajigalkalar ishlab chiqaradi. Bu turdagi firmalar faoliyati samaradorlik bilan ajralib turadi. Ko‘p tarmoqli korxonalarning ikkinchi turida asosiy yoki ustun ishlab chiqarish mavjud bo‘lmaydi.
Ular turli xo‘jalik yuritish faoliyatlarini o‘zida birlashtiradi:

  • kapitalni milliy mansubligi nuqtayi nazaridan: milliy va transmilliy korxonalar farqlanadi. Milliy korxonalar ma’lum bir davlat doirasida faoliyat yuritadi. Transmilliy korporatsiyalar esa – yirik konsyernlar bo‘lib ularga faoliyatining xalqaro difyersifikatsiyasi xosdir;

  • ishlab chiqarishning to‘planuv darajasiga ko‘ra korxonalar yirik, o‘rta va kichik korxonalarga bo‘linadi; Ushbu mezon ma’lum darajada shartli bo‘lib, turli mamlakatlarda turlicha tabaqalashtiriladi. Masalan, AQSH da 500 kishiga-kichik, 500-1000 o‘rta; Yevropada 50 kishigacha –kichik, 50-500 o‘rta; Yaponiyada 30-300 o‘rta.

Yirik firmalarning ustun taraflari:

  • katta miqdorda resurslar va daromadlarga egaligi sababli ular barqaror rivojlanishga yerishadilar, shuning uchun bozor konyukturasidagi o‘zgarishlarga munosib tarzda javob byera oladilar;

  • ko‘pchilikka mo‘ljallangan ommabop ishlab chiqarishni tashkil etish orqali tegishli bozorlarni tovar va xizmatlar bilan to‘ldira olishi (AQSH da 1.4% yirik firmalar 32% qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, 34% kichik korxonalar esa atigi 3.2% miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi).

  • yirik miqdorda moddiy, moliyaviy va mehnat resurslariga ega bo‘lib, keng ko‘lamlarda ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni olib borishi, yangi qimmat turdagi texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatiga egaligi;

Amaliyotda yirik kapital talab etilmaydigan sohalarda kichik korxonalar faoliyat yuritadilar. Ayniqsa, ilmni ko‘p talab etadigan hamda iste’mol tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda.
Kichik biznesning samarali rivojlanish imkoniyatiga ega ekanligi uning yirik biznesga nisbatan quyidagi ustunliklari borligi bilan izohlash mumkin: kichik biznesni rivojlanishiga ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol sohalarda talabning tabaqalashishi va individuallashishi ham sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasida amaliyotdagi qonunchilikka asosan quyidagi kichik biznes korxonalari faoliyat yuritadilar:

  • mikrofirmalar, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyekti. Tarmoqlar bo‘yicha ishlaydigan xodimlarning o‘rtacha yillik soni quyidagicha tasniflanadi: ishlab chiqarish sohasida - 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish va boshqa nomoddiy tarmoqlarda – 10 kishidan, ulgurchi va chakana savdoda va umumiy ovqatlanishda – 5 kishidan oshmasligi kerak.

  • kichik korxonalar, yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyekti. Tarmoq va sohalar bo‘yicha ishlaydigan xodimlarning o‘rtacha yillik soni quyidagicha tasniflanadi: yengil va oziq-ovqat, metallni qayta ishlash va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel va qurilish matyeriallari sanoatlarida – 100 kishidan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i – enyergetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi, savdo va umumiy ovqatlanish va boshqa nomoddiy sohalarda -25 kishidan oshmasligi kerak.

Undan tashqari mamlakatimizda yirik korxona va kompaniyalar faoliyat yuritadilar. Har qanday iqtisodiyotda kichik, o‘rta va yirik firmalar faoliyat yuritadi.
Xamma firmalar o’zining xuquqiy holatiga ko’ra 2 turga bo’linadi:
- xususiy korxonaga;
- tadbirkorlar birlashmasiga;
Xususiy korxona bir kishining yoki oilaning mulki hisoblanadi.Xususiy korxonalar savdo reyestorida mustakil korxona deb yoki shu tadbirkorga qarashli biron bir boshqa korxonaning filiali deb qayd etiladi. Korxonani boshqarish bilan uning egasi shug’ullanadi yoki shunday huquq berilgan menejer shug’ullanadi. Odatda xususiy korxonalarga mayda va o’rtacha firmalar kiradi. Lekin, juda katta oilaviy xususiy firmalar va kompaniyalar mavjud.
Hozirgi zamonda tadbirkorlar uyushmasining ahamiyati juda katta. Chet mamlakatlarda tadbirkorlar uyushmasining yagona klassifikasiyasi mavjud emas. Ular asosan mulkga va kapitalga qarab taqsimlanadi. Ko’p mamlakatlarda tadbirkorlik uyushmasining turlari quyidagicha:
- to’liq o’rtoqlik;
- kommandit o’rtoqlik;
- mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ);
- aksiyadorlar jamiyati.
O’rtoqlik bu shaxslarning birlashmasi, jamiyat esa kapitallarning birlashmasidir.
To’liq o’rtoqlik bu foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidir.
Birlashmaning umumiy zarari va foydasi shu shaxslarga proporsional ravishda taqsimlanadi. Ular o’z faoliyatining (xo’jalik va moliyaviy) natijalarini keng ommaga e’lon qilishi shart emas.
O’rtoqlik a’zolarining soni chegaralanmagan. Agar uning bir a’zosi a’zolikdan chiqmoqchi bo’lsa, to’liq o’rtoqlik tarqatilishi mumkin. Odatda bir a’zo o’zining ulushini boshqa a’zolarning roziligisiz yangi a’zoga sotishi mumkin emas. Agar yangi a’zo qabul qilinsa, o’rtoqlikni tuzish haqida yangi shartnoma tuziladi. Shu o’rtoqlikning ishlarini olib borish xamma a’zolarning zimmasiga tushadi. Lekin, nizom asosida yoki ishtirokchilarning kelishuvi asosida ish yuritish bir yoki bir necha kishilarga yuklatiladi.
Kommandit o’rtoqlik bu ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidan iborat bulib, bunda ba’zi birlari (to’liq o’rtoqlik) birlashma oldida o’zining vkladlari va mulki bilan javobgar, ba’zi birlari esa (kommanditistlar, vkladchiklar) faqat o’zlarining vkladlari bilan javobgar. O’rtoqlikning vakili sifatida harakat qilish va o’rtoqlik nomidan har hil ishlarni bajarish faqat to’liq a’zolarga yuklatiladi. Kommandit o’rtoqlik keng omma oldida hisobot berishi majbur emas.
MChJ – kapitallarni birlashtiruvchi jamiyatdir. Jamiyat a’zolari fakat o’zlarining vkladlari buyicha javobgarlidir. Ushbu jamiyatning kapitali ishtirokchilarning ulushi, ya’ni jamiyat a’zolarining «payidan» iborat. Pay, o’zining egasiga paychilarning umumiy majlisiga qatnashish, dividentlar olish va mabodo kompaniya tarqatilsa, uning mulkining bir qismini olishi mumkin. Odatda, bu jamiyat a’zolari uncha ko’p bo’lmaydi, bir birini juda yaxshi taniydi yoki bir biri bilan qarindosh bo’ladi. Bu jamiyatni boshqarish bir necha kishiga yuklatilishi mumkin. Ular jamiyatning a’zosi bo’lishi mumkin va bo’lmasligi ham mumkin. Ular ham keng ommaga hisobot berishi majbur emas.
Aksiyadorlar jamiyati – aksiya chiqarish orqali kapitallarni birlashtiradigan jamiyatdir. Aksiya muhim hujjat hisoblanadi va u bir kishidan ikkinchi kishiga bemalol o’tishi mumkin. Jamiyatning majburiyati buyicha hissador-aksiyadorning javobgarligi faqat aksiyalar uchun to’langan mablag’ bilan belgilanadi. Jamiyatning faoliyatini boshqarish va vakolatlik firma boshqaruvining a’zosi bo’lgan 1-ta yoki bir nechta boshqaruvchiga yuklatiladi. Raxbarlar o’z xarakatlari uchun, firmaga keltirilgan zarar uchun o’zlarining mulki bilan javobgardirlar. Aksiyadorlik jamiyati o’zining yillik hisobotini yil oxirida e’lon qiladi. Jamiyatning nizomi jamiyat ta’sischilari tomonidan ishlab chiqiladi va davlat tomonidan tasdiqlanadi. Nizomda aksiyalar chiqarilishining maksimal summasi, ya’ni nizomli kapitali va aksiyalarning nominal narxi qayd etiladi.
O’zaro Hamkorlik (YeS) davlatlari o’rtasida firmalarning huquqiy holatlari bo’yicha yagona klassifikasiya ishlab chiqilgan. Bu klassifikasiya asosida 2 hil kompaniyalar mavjud: ommaviy va xususiy turdagi kompaniyalar. Ommaviy turdagi kompaniya o’zining huquqiy holati bo’yicha aksiyadorlik jamiyatga mos keladi. Xususiy kompaniya esa Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatga (MChJ) mos keladi. Mulkining harakteriga ko’ra firma quyidagi turlarga bo’linadi:
- xususiy;
- davlat;
- kooperativ.
Jahonda o’zining maqsadiga binoan ishtirokchilar orasidagi munosabatlarga ko’ra, mustaqillik darajasiga ko’ra birlashmalarning bir necha turlari mavjud, bu kartellar, sindikatlar, trestlar, konsernlar, pullar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruxlar.
Kartel – bu bir tarmoq yo’nalishidagi firmalar birlashmasi, ularning o’zaro kelishuvi - savdoni boshqarish. Lekin, ular orasida yashirincha faoliyat ko’rsatadiganlari bor, chunki ular qonunga hilof ravishda faoliyat ko’rsatishadi.
Sindikat - firmalar mahsulotlarini sotish maqsadida yagona tashkil qilingan aksiyador jamiyat yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ko’rinishidagi tashkilot. Sindikatlar kon metallurgiya, ximiya tarmoqlarida ko’p tarqalgan. Ular odatda sindikat katnashchilari, ya’ni firmalar uchun hom ashyo sotib olish uchun ham xizmat qiladi.
Poollar – kartel turdagi birlashmalarga o’xshashdir. Pool bu tadbirkorlar birlashmasi bo’lib, ular daromadining taqsimlanishi quyidagicha: foyda oldin umumiy qozonga tushadi va oldindan kelishilgan asosda (proporsiyada) taqsimlanadi.
Trest – bu o’zining yuridik va xo’jalik mustaqilligini yo’qotgan holda, har hil tadbirkorlarga qarashli bo’lgan korxonalar birlashmasi bo’lib, yagona ishlab chiqarish majmuani tashkil qiladi. Trestning boshqa birlashmalardan farqi shundaki, bunda ishlab chiqarish faoliyatining bir turliligi, ya’ni bir yoki bir nechta mahsulot chiqarish bilan chegaralangan. Shu trestga har xil tarmoqlarning korxonalari birlashishi mumkin. Ular o’z hissasini ketma-ket qo’shishi mumkin.
Konsern – bu mustaqil korxonalarning birlashmasidir. Konsernga birlashgan korxonalar aksiyador jamiyat shaklida yuridik shaxs sifatida saqlanadi. Ular o’zaro ishlab chiqarish hamkorligi bo’yicha, patent-lisenziya kelishuvlari bo’yicha, moliyalashtirish bo’yicha birlashishi mumkin.
Sanoat xoldingi – bu bir necha kompaniyalar va korxonalarning faoliyatini nazorat qiladigan va ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydigan tashkilot. Bu tashkilotga kirgan korxonalar xuquqiy va xo’jalik mustaqildir. Ular o’z nomidan har xil tijorat kelishuvlarini amalga oshirishadi. Lekin faoliyatlarining asosiy masalalarini hal qilish sanoat xoldinglariga tegishli.
Moliyaviy guruhlar – bu turli tarmoqlarga (sanoat, savdo, transport, kredit va h.k.) taaluqli bo’lgan, huquqiy va xo’jaligi mustaqil bo’lgan, , korxonalarni birlashtiradigan tashkilotlar. Bu tashkilot boshida bitta yoki bir nechta banklar turadi. Ular shu korxonalarning moliyaviy va boshqa kapitallarini boshqaradi.
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.
Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi
maqsadlarni ko‘zlaydi:
* resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish;
* kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mustahkamlash;
* mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi;
* ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi shakllarini jalb etish;
* ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsadida
narx va sotish bo‘yicha yagona siyosat yuritish.



























II-BOB. FIRMA FAOLIYATI KO`RSATGICHLARINING TAHLILI



2.1. Firma faoliyatiga ta`sir etuvchi omillar


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan


korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks
ettiradi. Har qanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo‘lmasligini, obrazli
qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yo‘qotish bilan izohlash mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin:
* ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish
hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;
* asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom ashyo, axborot va hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z korxonasi maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada ishtirok etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir.
progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan
texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
* xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini
yaratish va ulardan foydalanish;
* ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish
jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan
foydalanish;
* ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hohish va istaklarning o‘zigina etarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo‘lgan yo‘nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag‘larini va boshqa zarur bo‘lgan resurslar (investitsiyalar) izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog‘lash”, to‘rtinchidan, o‘z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi. Fan-texnika taraqqiyoti so‘nggi paytlargacha evolyusion ravishda rivojlanib kelmoqda edi. Asosiy e’tibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora-tadbirlar ma’lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi.
Yаngi texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik talab darajasida emasdi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari “ekspluatorlik belgisi”sifatida, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul qilinar edi. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmas edi.
Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o‘zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so‘nggi avlod texnikasiga
o‘tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. SHu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, YAponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lmish universitetlar, ilmiy markaz va laborotoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. YAponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o‘rinlarda turishi ham bejiz emas.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, ya’ni korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining ham mehnati mavjudligi bilan izohlash mumkin.
Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish zaruriyati haqida qayta ta’kidlashga ehtiyoj yo‘q: birinchidan, bozor “vakuumni”, harakatsizlikni, xo‘jasizlikni va yo‘qotishlarni kechirmaydi, ikkinchidan, o‘z imkoniyatlari va resurslaridan etarlicha foydalanmaydigan korxona istiqbolga ega bo‘lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratadi. SHu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida tejamkorlikka rioya qilish har bir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o‘ringa ega. Ularning ahmiyati ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va xo‘jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o‘rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin.

Download 435.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling