Kurs ishi mavzu: Fizikadan praktikum ishlarini o’tkazishda mediaresurslardan foydalanish mundarija
Download 191.1 Kb.
|
maftun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizikadan labaratoriya ishlarini otkazishda mediaresurslar qollash samaradorligi
- 4 Foydalanilgan adabiyotlar.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi 3 qism, kirish, asosiy qisim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat. Ushbu boblarda nazariy adabiyotlarga tayanib maqsad va vazifa sifatida belgilangan muammolar yaratadi
II.Asosiy qism 2.1. .Raqamli media ta'lim muhiti va uni yaratish Media-ta’lim hozirgi davrda shaxs¬ning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi. Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media¬matnini to‘liq qabul qilish, intepritatsiya etish, tahlil qilish hamda baholashdan iborat. Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni, televideniye, radio, video, kinomotograf, pressal, matbuot, internet va boshqalarni taqdim etadi. Manbalardan kelayotgan axborot oqimidan to‘g‘ri foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi. Xorijiy media-ta’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘zining o‘qish jarayonida asosan internet, televideniya manbalaridan foydalanishadi. Jahon mediapedagogikasida medianing tarbiyaviy ijodiy ususllaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Media-ta’lim usullari asosan kiyingi muhum bosqichlarga bo‘linadi. 1. Media-nazariyasi, uning tarixi, strukturasi hamda tili haqida bilim olish (o‘qitish media-texnologiyasi); 2. Mediamatnlarni qabul qilishni rivojlantirish «o‘qish, anglash, tasavvurni faollashtirish, xotirani rivojlantirish, fikrni turli usullarini rivojlantirish» (kritik, ijodiy, intuitv hamda obraz yaratish). Media-ta’lim faoliyatini olib borish uchun ma’lum bir profissional bilim ko‘nikma va ko‘rsatgichlariga ega bo‘lish lozim, maxsus yo‘naltirilgan mediata’lim sohasida nazariy bilimlar hamda eng so‘nggi axborotlarga ega bo‘lish darajasi, motivatsiyalashgan ko‘rsatgich. Masalan, ta’lim jarayoniga: aqli, visual, sensor,audio bo‘lgan faoliyat, tezkor media-ta’lim sohasida metodik ko‘nikmalarini darajasi, masalan, media-manbalarni va ulardagi axborotlarni ijodiy yondashish orqali qabul qilish. Ularning kelib chiqish sabablarini sharoitlarini va harakatini o‘rganib tahlil etish tashviqotchilik harakatini olib borish va optimal natijani tallash. Kreativ (ijodiy media-ta’lim faoliyatidagi ijodiy fikrlash darajasi) (mobillilik, kommunikativlik, o‘ziga xoslik, tasavvurni rivojlantirish fantaziya kabi xususiyatlarga ega bo‘lish). Dunyoda media-ta’limini ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar UNESKO tashkilotining rezolyutsiya hamda tavsiyalarida media-ta’lim muhumligi alohida ta’kidlanib, media-ta’lim rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan hamda turli texnologiyalar bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi va insonlarni quyidagi faoliyatlarga yo‘naltiradi. 1. Media-matnlarni tahlil qilish tanqidiy anglash va yaratish. 2. Media-mahsulotlarni (matn, video-audio) manbalarini toppish va ularning quyidagi siyosiy, madaniy, iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash va ularni asl ma’nosini o‘rganish. 3. Media-mahsulotlarini tushunish. 4. Shaxsiy media-mahsulotlarini yaratish tarqatish va ularga qiziqadigan audito¬riyaga ega bo‘lish. 5. O‘rganish hamda yaratgan media mahsulotlarni hayot tarzini aniqlashBugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. Ma’lumki, aholi o‘rtasida, jumladan, yosh avlod ongida dunyoda, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimiga yana bir muhim vazifa — bolalarni turli manbalardan, birinchi navbatda, televizor, Internet va mobil telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan turli axborotlarni to‘g‘ri qabul qila olishga o‘rgatish vazifasi yuklatilmoqda. Raqamli asrda mediaresurslar va raqamli texnologiyalardan foydalanish nafaqat zarur, balki hayotiy juda muhimdir. Shu bois ko’pchilik mamlakatlar tomonidan ta’lim sohasidagi islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda o'quv jarayonida o'qituvchilar darslarni o'tkazish uchun raqamli texnologiyalar va mediaresurslardan foydalanmoqdalar. Natijada ta’lim berish va ta’lim olish an’analari o’zgarib, mediaresurslar talabalar motivatsiyasi va o'quv fanlariga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi hamda ta’lim samaradorligini ta’minlaydi. Sababi, ta’lim jarayoni samaradorligi ta’lim oluvchilarning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishi va motivatsiyasiga bevosita bog’liq. Medianing barcha uchun qiziqarli va jozibali ekanligini inobatga olsak, ta’lim jarayoniga ta’limiy maqsadlar asosida mediaresurslardan foydalanish talabalar o’quv motivatsiyasini oshirishda eng yaxshi yechimlardan biri deb aytish mumkin. O'quv jarayonidagi mediaresurslar tufayli ta'lim olish va ta'lim berish amaliyotining yangi innovatsion usuli yaratilib, ta’lim samaradorligiga ta’lim oluvchilarning kerakli vaqtlarda ta’lim beruvchi bilan interaktiv muloqoti, individual tempda ta’lim olishi, ta’lim olish jarayonida faol va ishtiyoq bilan ishtiroki orqali erishiladi. Ta’limda zamon va makon chegaralari olib tashlanadi. Ta’lim olish tarzining o’zgarishi, ta’lim muassasalari auditoriyalarida kechadigan ta’lim jarayonidan ixtiyoriy joyda va istalgan vaqtda ta’lim olishga o’zgaradi; Ta’lim ishtirokchilarining ta’lim jarayonidagi rolini tubdan o’zgartirib yuboradi. Endilikda ta’lim oluvchilar bilimlarni shunchaki qabul qilish bilan cheklanib qolmay, balki mazkur bilimlarni izlash, yig’ish, tahlil qilish, qayta ishlash jarayonida bevosita qatnashadi. O’qituvchilar esa ta’lim jarayonida yagona bilim manbai sifatida emas, balki ta’lim oluvchilarga bilimlarni mustaqil ravishda izlab topishlariga ko’maklashuvchi, ularni to’g’ri yo’lga yo’naltirib turuvchi, maslahat beruvchi shaxs – fasilitator, mentor sifatida ishtirok etadi; Mustaqil ta’limni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Bugungi kunda «Hayot davomida ta’lim olish» («Lifelong Learning») prinsiplaridan kelib chiqib, inson hayotini ta’lim olish va ish davridan iborat deb aytish noto’g’ri, endilikda insoniyat uchun ta’lim olish tushunchasi «hayot davomida olib boriladigan doimiy jarayon» sifatida talqin etiladi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim oluvchilarning uzluksiz ravishda mustaqil ta’lim olishlari talab etiladi. Ta’lim jarayonidagi raqamli texnologiyalar esa mustaqil ta’lim jarayonida ta’lim qatnashchilari o’rtasidagi eng muqobil interfaol aloqa vositasi hisoblanadi;Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etilishi o’quv kontentlari shaklini ham o’zgartirmay qoymaydi. Asosiy o’quv kontent manbaasi hisoblanuvchi bosmadan chiqqan kitob va darsliklar o’rnini turli formatlardagi: audio, video, rasm, grafika, animatsiya, illyustratsiya, infografika shaklidagi axborotlar, bir so’z bilan aytganda mediaresurslar to’ldiradi.Raqamli media ta’lim muhitini yaratish ta’lim oluvchilarga uyda o‘tirgan holda ham o‘quv jarayonini to‘xtatmaslik, fanlarni mustaqil ravishda o‘rganish, bilimlarni mustahkamlash va pedagog bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi. Bu esa bugungi kun sharoitida, O‘zbekiston ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilingan davrda ham, ta’limni masofadan turib interfaol tarzda olib borishga yordam beradi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Bugungi kunga kelib oliy ta’lim muassasalarida mediaresurslardan foydalanish darajasi intensiv ravishda o’sib borayotganligi raqamli media ta’lim muhitini yaratish borasidagi ildam qadamlar bo’ldi deya olamiz. Masalan, o’qituvchilar dars rejasini, dasturlarini, ma’ruza va topshiriqlarini internetga joylashtirmoqdalar. Talabalar esa tarmoq platformalaridan o’quv faniga doir ma’lumotlarni izlab topib, yuklab olishmoqda va yozma ishlarini elektron pochta orqali yuborishmoqda. Real vaqt rejimida maxsus dasturiy vositalar (zoom, whereby, skype va h.k) orqali video aloqalar o’rnatilib, dars mashg’ulotlari va konferensiyalar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayonida ijtimoiy tarmoq orqali talabalar va professor – o’qituvchilar o’rtasida muloqot o’rnatilmoqda. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, ta’lim jarayonida ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida real vaqt rejimida (online) va offlayn tarzda muloqot o’rnatishning samarali usullaridan biri ekanligi xorijiy ta’lim amaliyotidan ham ma’lum. «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi PF-5847 sonli Prezident Farmonida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida ta’kidlandi. Zamonaviy dunyoda sodir bo’layotgan raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanish sur’atlari pedagogika oldiga tendensiyalardan ortda qolmaslik talablarini qo’yadi. Mazkur talablardan kelib chiqgan holda XXI asr zamonaviy pedagogika sohasi kundan – kunga rivojlanib bormoqda va sohaga turli innovatsiyalar joriy qilinmoqda. Soha mutaxassislarining xulosalariga ko’ra, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi, ta’limning yangi bosqichi – raqamli ta’lim davrini boshlanishiga turtki beradi. Mamlakatda ta’limni raqamlashtirish islohoti ta’lim berish va ta’lim olish tarzini o’zgartirib, ta’lim sohasining evolyutsiyasiga olib kelishi shubhasiz. Darhaqiqat, raqamli texnologiyalar kundan – kunga rivojlanib, hayotimizning har bir jabhasiga kirib borayotgan bir pallada – raqamli asrda ta’lim berish an’analariga ham ta’sir etmay qo’ymaydi. Yuqorida qayd etilganlar mazkur Metodik jihatdan ta'lim jarayonida mediaresurslardan foydalanishning ahamiyati shundan iboratki, mediaresurslar ta'limning ixtiyoriy shakliga mos keladi, ular yordamida materialni o'rganishning yangi, noan'anaviy metodlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Talabalarning faol, o'zgacha ishtiyoq va qiziqish bilan, barqaror motivatsiya asosida ta'lim olishi, o'z faoliyatining natijalarini ko'rish imkoniga ega bo'lishi va ularni munosib baholay olishi kabi qiyin vazifalarni hal qilishda mediaresurslar muhim ahamiyatga ega. 2.2. Fizikadan labaratoriya ishlarini o'tkazishda mediaresurslar qo'llash samaradorligi Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. Soxalarda katta xajmdagi axborotlarni to‘planishi, yaxlit axborot makonini vujudga kelishi, ularni saqlash, qayta ishlash, uzatish jarayonlarida zamonaviy axborot–kommunikasiya texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni bilish lozim. Shu borada ta’lim tizimida xam o‘quv jarayonini olib borish uchun mo‘ljallangan turli kompyuter dasturlari ishlatilib kelinmoqda va ularning soni kun sayin ortmoqda. Elektron ta’lim resurslar (ETR) - davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o‘quv jarayonini elektron vositalar yordamida kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’lim– uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, multimediali elektron ta’lim resurslari, baholash metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi. ETR deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda davr talabidagi kerakli interfaollik, ko‘rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko‘paytirishda kam harajat sarflash, ko‘p variantlilik, ko‘p bosqichlilik bo‘lish bilan birga bilim va ko‘nikmalarni tekshirish uchun topshiriqlar, vaziyatli masalalar, keyslar va testlar to‘plamining ko‘p bo‘lishi hamda vaqti-vaqti bilan yangilanib turishini ta’minlaydi. Zamonaviy elektron ta’lim resurslarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida talabalarda mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayoniga ETRni joriy etish talabalarga fan bo‘yicha axborotning to‘liq manzarasini namoyish etish bilan birga, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish imkonini beradi, ya’ni o‘quv jarayoni samaradorligini shirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy elektron ta’lim resurslarning afzalligi talabaga taqdim etilayotgan o‘quv axborotlarini erkin qabul qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko‘ra, o‘zlashtirishida pedagogning o‘qitish funksiyasi talabaning o‘ziga o‘tadi. Bunda pedagog o‘quvchini faqat qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quv axborotlari oqimidan samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishda kerakli ko‘rsatmalar orqali muammoni hal etishda yordam beradi. Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, vertual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko‘rgazmali tushuntirishdir.hunki, ushbu elektron vositalarni ta’lim muassasalarida fanni o‘qitishda fizik jarayonlarni, elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual laboratoriya va tajribalarni tinglovchilarga dars davomida ko‘rsatib borilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham ta’lim jarayonida mavjud barcha fanlarning, ma’ruza laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida yangi zamonaviy tehnologiyalar va asbob-uskunalar ya’ni, raqamli o‘lchash asboblari, vertual laboratoriyalar, animatsiyalar, elektron darsliklar, hamda ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan va undan tashqari veb-saytlarning samarali tashkil qilinishi, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda ham maktabda o‘tkazilayotgan turli xil ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Akademiyadagi har jabhada qilinayotgan ilmiy va amaliy ishlar zamirida esa yetuk, intelektual mutaxassis kadrlar ta’minlash asosiy maqsadimizdir. Fizika fanini o‘qitishga kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi muhim natijalarga olib kelishi ma’lum: O‘quv-tarbiya jarayoni faollashib, dars samaradorligi oshadi; O‘quv materiallarining turli shaklda uzatilishi tinglovchilarning diqqatini o‘ziga tortadi; Yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik, tinglovchida o‘rganilayotgan fanga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi; O‘rganilgan o‘quv materialining uzoq muddatga xotirada saqlanishini ta’minlaydi; Tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ko‘payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi; Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart-sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo‘lish kerak. Birinchidan, axborot resurslariga: Shaxsiy kompyuter, proyektor, multimediya vositalar, skaner, videokamera, printer, nusxa ko‘chirish qurilmasi va boshqa anjomlar. Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida multimediali elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo‘lib bunda foydalanuvchi boshlang‘ich parametrlarni kiritib bir necha turkum ishlarni (laboratoriya, yong‘in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda, taqdimot ma’ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin. Fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad, MatLab, Maple, Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida foydalanish o‘zining samarasini beradi. Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida qo‘llash tamoyillari quyidagilar: kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba kuzatib bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim; kompyuter dasturi o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki yechilayotgan masalaning illyustratsiyasida yordam beradi; ish natijasida tinglovchi model yordamida hodisalarni tavsiflovchi kattlik-larning ham sifat, miqdor bog‘lanishlarini bilishlari kerak; Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun axborot texnologi-yada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos muhim tomonlari shundaki, turli xil asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istal-gan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuter dasturini qo‘llash orqali o‘tilgan mashg‘ulotlar oddiy mashg‘ulotlardan ko‘ra yaxshiroq samara beradi. Fizika fanini o‘qitishda kom-pyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg‘ulotlar olib borish o‘qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik jarayonlarning yuz berish mex-anizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi. Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa tajriba mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib borish o‘qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fan asoslariga doir ko‘nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan dasturlardan ma’ruza jarayonida qo‘llash natijasida qisqa vaqt ichida kerakli axborotni tin-glovchi va o‘quvchilarga ko‘rgazmali o‘tkazish imkoniyati bor. Bu esa o‘quv samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Fizikadan laboratoriya ishlarini bajarish o‘quvchi amaliy faoliyati jarayonidauning oldiga qo‘yilgan nazorat va amaliy topshiriqlarni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Fizikadan laboratoriya ishi bajarishda faol uslublarni to‘g‘ri tanlash muammosini yetarli darajada tushunmaslik holari uchraydi. U yoki bu uslub optimalligi uning atalishi odatdagicha bo‘lib qolinganligi bilan emas, balki bajariladigan laboratoriya ishi mazmuniga mosligi, o‘quvchi imkoniyatiga muvofiqligi bilan baholanadi. Virtual labaratoriyalar: Maktab faoliyati uchun: agar tegishli sharoitlar, materiallar, reagentlar va jihozlar bo'lmasa. Masofaviy ta'lim uchun: Voyaga etganida yoki bolalar bilan birgalikda fanlarni mustaqil o'rganish uchun, chunki ko'pchilik kattalar, biron bir sababga ko'ra, maktabda hech qachon o'rganilmagan yoki tushunilmagan narsalarni "eslab qolish" zarurligini his qilishadi. Ilmiy ish uchun: Muhim amaliy komponentga ega oliy ta'lim uchun zarur hisoblanadi. Ta’lim jarayonida interfaol vositalardan samarali foydalanish nafaqat maktab ta’limi sifatini oshirish, balki moliyaviy resurslarni tejash, xavfsiz, ekologik toza muhit yaratishga ham xizmat qilmoqda. Qiziqarli interfaol darslar va laboratoriya ishlari bola bilan uyda turli fanlardan: fizika, biologiya, kimyo, ekologiya bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Virtual laboratoriya ishi ma'ruza davomida ma'ruza materiallariga qo'shimcha sifatida tarmoq orqali kompyuter sinfida o'tkaziladigan, keyinchalik talaba muvaffaqiyatini tahlil qilgan holda foydalanish mumkin. Axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi: ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) joriy etilishi insoniyatning bilim va to‘plangan texnologik va ijtimoiy tajribasini nafaqat avloddan-avlodga, balki bir kishidan ikkinchisiga ham o‘tkazishni sezilarli darajada tezlashtiradi. Ikkinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish orqali insonning atrof-muhitga, sodir bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlarga yanada muvaffaqiyatli va tez moslashishiga imkon beradi. Bu har bir insonga bugungi kunda ham, kelajakdagi postindustrial jamiyatda ham kerakli bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, ushbu texnologiyalarni ta’limga faol va samarali tatbiq etish axborot jamiyati talablariga javob beradigan ta’lim tizimini yaratish va zamonaviy sanoat jamiyati talablaridan kelib chiqqan holda an’anaviy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonining muhim omili hisoblanadi. Bugungi kunda ko'plab ta'lim muassasalari o'quv muhitida innovatsion texnologiyalardan, jumladan, fizika, kimyo, biologiya, ekologiya va boshqa fanlar bo'yicha ishlash uchun virtual laboratoriyalardan foydalanmoqda, chunki ta'lim muassasasida ko'plab o'quv hodisalari va tajribalarini o'tkazish juda qiyin yoki imkonsizdir. Ta’lim jarayonida interfaol vositalardan samarali foydalanish nafaqat maktab ta’limi sifatini oshirish, balki moliyaviy resurslarni tejash, xavfsiz, ekologik toza muhit yaratishga ham xizmat qilmoqda. Qiziqarli interfaol darslar va laboratoriya ishlari bola bilan uyda turli fanlardan: fizika, biologiya, kimyo, ekologiya bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Virtual laboratoriya ishi ma'ruza davomida ma'ruza materiallariga qo'shimcha sifatida tarmoq orqali kompyuter sinfida o'tkaziladigan, keyinchalik talaba muvaffaqiyatini tahlil qilgan holda foydalanish mumkin. 2.3. O‘quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan o‘quv-o‘rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o‘quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qo‘llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativa ekanligidadir. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror bir fizik jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z-o‘zidan nafaqat katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo‘lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug‘diradi, masalan, yadro fizikasiga oid bo‘lgan hodisalarni o‘rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tug‘diradi. Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo‘shadilar. Bundan tashqari o‘sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o‘z xissalarini qo‘shishlari mumkin. Bu o‘z o‘rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o‘z navbatida talabalarda o‘qish va tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan. PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. Bu PhET dasturi O‘zbekiston davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi. PhET dasturini http://phet.colorado.edu saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin. PhET dasturidagi modellardan fizika, matematika, ximiya va biologiya fanlaridan dars mashg‘ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin. Xususan fizika faniiga oid 90 dan ortiq modellar mavjud; Biologiya faniga oid 10 dan ortiq modellar mavjud; Matematika faniga oid 7 ta model mavjud; Ximiya faniga oid 20 dan ortiq modellar mavjud. Dasturda keltirilgan modellarni faqat ingiliz tilida emas. Balki 50 dan ortiq tilga tarjimalarini topish mumkin, xususan o‘zbek tilida 1 ta model tarjima qilingan. Agar siz dasturda keltirilgan modellarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni hoxlasangiz, xech qanday qiyinchiliksiz bu niyatingizni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun dasturning rasmiy saytida “Translated Sims” bandi mavjud bo‘lib, u erga kirib maxsus qaydnomani tuldirgan holda tegishli modelni tanlab o‘zbek tiliga tarjima qilishingiz mumkin. 4-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning ko‘rinishi PHET dasturining rasmiy http://phet.colorado.edu saytining “O‘qituvchilar uchun” bandida har bir model uchun metodik ko‘rsatmalar (virutal laboratoriya ishlari, namoyish tajribalari va boshq.) keltirilgan. O‘qituvchi xech qanday qiyinchiliksiz qo‘yidagi qidiruv filьtri orqali (5-rasm) mavzuga oid dars ishlanasini yoki metodik ko‘rsatmalarni, ta’lim turi kesimida pdf yoki doc formatlarida ko‘chirib olishi mumkin. Crocodile Clips Ltd simulyatorlaribilan ishlash. Crocodile Clips Ltd o‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida (home licence) o‘qituvchi va o‘quvchilar (talabalar) bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi. SHuni ta’kidlab o‘tamizki, hozirda Crocodile kompaniyasi dasturiy ta’minotlarini Yenka nomi bilan takomillashtirilgan holda yaratildi. Hozirda bu dasturlar Yenka nomi bilan chiqmoqda, lekin dasturlarning ishlashi Crocodile dagidan farq qilmaydi. Keling, endi shu dasturiy ta’minotlar bilan tanishib chiqsak. Fizika fanida Crocodile Physics dastur muhitidan foydalanish. Crocodile Physics dasturi xaqida. Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur fizikaning barcha bo‘limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, 50 dan ortiq qadamma - qadam o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompьyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, Er sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o‘rtasidagi grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish mumkin. Crocodile Technology dasturiy haqida Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o‘qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo‘shimcha pedagogik dastariy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin. Masalan, dasturda: Mikroprotsessorlarni dasturlash va robototexnikaga oid modellarning 3D ko‘rinishda simulyasiyalashtirish mumkin. Konstruktor detallarining tasviri va o‘lchov asboblarining sxematik va haqiqiy ko‘rinishda berilgan; Qarshilikdan oqib o‘tayotgan tok quvvatining qiymati berilgan nominaldan ortib ketsa, qarshilik (portlab) kuyadi, bu esa ekranda uning rangi o‘zgarib qoraygan detalь ko‘rinishiga o‘tishi bilan ko‘rsatiladi; Lampochka va elektr isitgich asboblari quvvatning nominal qiymatida yorqinlashadi, agar ulardagi quvvat ishchi qiymatidan ortib ketsa kuyadi va bu asbob ekranda qorayib qoladi. Xuddi shuningdek ekranda boshqa detallardagi fizikaviy kattaliklarning o‘zgarishi imitatsiya qilinadi; Ko‘pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi. Bularning barchasi, talaba o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rishi, muvaffaqiyatsiz bajarilgan tajribaning sabablarini aniqlashni o‘rganishi va elektr sxemalarini tajribani haqiqiy qurilmalarda bajarishdan oldin tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini beradi. Bu dastur, kasbi kim bo‘lishidan qat’i nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi. Dastur imkoniyatlari juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin. 4 Foydalanilgan adabiyotlar. 1. M.M.Mamadazimov “Astronomiya” Toshkent, O’qituvchi. 2007 yil 2. Sattarov I. "Astrofizika" 1-qism, o’quv qo’llanma T., Turon-Iqbol, 2007 y. 3. Sattarov I. "Astrofizika" 2-qism, o’quv qo’llanma T., Turon-Iqbol, 2007 y. 4. www.astronet.ru, www.ziyonet.uz internet saytlari. 5. Nuritdinov S.N. "Somon yo’li" T. FAN 1989 y. 6. Mursalimova G., Raximov A. "Umumiy astronomiya " T.O’qituvchi, 1976 y. 7. B.F.Izbosarov, O.R.Ochilov, I.R.Kamolov. «Astronomiyadan ma`lumotnoma». Download 191.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling