Kurs ishi mavzu: Tafakkurni differensial psixologik o'rganish va intelektual testlar
Download 51.3 Kb.
|
Tafakkurni diferensial o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023 MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………...……. I. Bob
- II.Bob Intelektual testlarni ilmiy-nazariy o’rganilishi
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI Farg’ona Davlat Universiteti Pedagogika –Psixologiya fakulteti Psixologiya yo’nalishi -guruh talabasi ---------------------------------ning Umumiy psixologiya fanidan yozgan KURS ISHI Mavzu: Tafakkurni differensial psixologik o'rganish va intelektual testlar Ilmiy rahbar -------------------------------------------- 2023 MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………...……. I. Bob Tafakkurni differensial psixologik o'rganish va intelektual testlarni nazariy asoslari 1.1 Tafakkur haqida umumiy tushuncha …………………....….......................... 1.2. Tafakkurni differensial psixologik o'rganish borasida olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari ………………………………………………..………………….. 1.Bob yuzasidan xulosa………………………………………………………….. II.Bob Intelektual testlarni ilmiy-nazariy o’rganilishi 2.1 Intelekt testlari va turlari …………………..……………..………………... 2.Bob yuzasidan xulosa………………………………………………………….. Xulosa……………………………………………………………………………. Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………………………… Ilovalar……………………………………………………………………………. Kirish Mavzuning dolzarbligi: Shaxsni komil inson bo’lishi , o’zini jamiyatda nomoyon qilishi uning intelektual salohiyatiga ya’ni tafakkuriga bog’liq bo’ladi. Har qanday jamiyatning ravnaqi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligini uning fuqarolarining ijodiy-ahloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero jamiyatning ma’naviy yangilanishida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan, demakratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ham O’zbekiston Respublikasining prezidenti SH.M.Mirziyoev «inson uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir» deb juda to’g’ri aytgan. Barkamol avlodni tarbiyalash deganda nafaqat ijodiy balki jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash ham tushuniladi. YOshlarni hayotda o’z o’rnini topishda axloqiy e’tiqodlarini shakllantirishda ularda olijanoblik va insonparvarlik yuksak sifatlarni tarbiyalashda sog’lom turmush tarzini tashkil qilish lozim. Bolalarning qobiliyatlari va iqtidorini har jihatdan namoyon etish milliy va umuminsoniy idealar va qadriyatlarning ustivorligini ta’minlash shaxs jamiyat va atrof muhitning o’zaro munosabatlarida uyg’unlikka erishuv bola va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatni yuqori darajaga olib chiqishga sabab bo’ladi. Tafakkurning boshqa oliy psixik jarayonlardan asosiy farqi, xususan, quyidagilardan iborat: u na haqiqatda, na sub’ektning o‘zida ilgari mavjud bo‘lmagan natijani keltirib chiqaradi; Bu deyarli har doim muammoli vaziyatning mavjudligi bilan bog'liq; fikrlash hissiy bilishdan tashqariga chiqadi; Bu narsa va hodisalar o'rtasidagi bevosita shaxsga berilmagan aloqalarni ochib beradi; U barcha oliy psixik jarayonlarda mavjud bo'lib, ularning har birining rivojlanish darajasi tafakkurning unda ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi. 20-asr davomida ko'plab taniqli psixologlar fikrni psixologik o'rganish mavzusiga har biri o'zlari tanlagan nazariy modelda murojaat qilishdi. Ulardan Vundt, Jeyms, Dyui, Uotson, Piaje, Vergeymer, Vigotskiy, Xalperin va boshqalarni ko'rsatish mumkin.Bu psixik jarayonning tabiati va mexanizmlari haqida turlicha qarashlar mavjud. Faoliyat psixologiyasida qabul qilingan tasnifga ko'ra tafakkur amaliy va kontseptualga bo'linadi. Amaliy - vizual-samarali va vizual-majoziy, nazariy - obrazli va kontseptual bilan ifodalanadi. Bu tafakkur turlarini farqlash mezoni ontogenez va filogenez jarayonida tafakkurning rivojlanish mantiqidir. Bu mantiq rivojlanayotgan fikrlash jarayonini ob'ektiv dunyo elementlarining real faoliyatidan bosqichma-bosqich ozod qilishdan iborat. Amaliy fikrlash Vizual samarali fikrlash. Bolada boshqa barcha turlarga qaraganda ertaroq namoyon bo'ladigan va kattalar aqliy faoliyati tarkibida o'z o'rnini topadigan eng oddiy fikrlash turi. Bunday fikrlash - bu shaxs oldida turgan muammoni amaliy jihatdan "sinov va xatolik" bilan hal qilishdir. Download 51.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling