Kurs ishi mavzu: Tafakkurni differensial psixologik o'rganish va intelektual testlar


Bixeviorizm (inglizchada xulq-atvor degani) tarafdorlari


Download 51.3 Kb.
bet3/9
Sana15.03.2023
Hajmi51.3 Kb.
#1271706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tafakkurni diferensial o\'rganish

Bixeviorizm (inglizchada xulq-atvor degani) tarafdorlari fikrlashning xulq-atvorga oid nazariyasini ilgari surishgan, ya’ni tafakkur ham xuddi nutq kabi harakat faoliyati bilan bog‘liqdir, deyishgan.
Darhaqiqat, lab mushaklaridan yozib olingan biotoklar shuni ko‘rsatadiki, murakkab masalalarni hal etish paytida lablar qimirlab turadi. Masala nechog‘lik murakkab bo‘lsa, elektr faolligi shunchalik kuchli bo'ladi. Bu faoliyat, asosan, bolalik davrida rivojlangan bo’ladi. Bu dalilni rad etuvchi tajribalar ko‘ngillilar bilan o'tkazilgan. Ularga mushaklarni vaqtincha falaj qiladigan kurare zahari yuborilgan va bunda elektromiogrammada hech qanday harakatlar qayd qilinmagan. Ayni paytda, sinaluvchilarga birorta mantiqiy masalani yechish taklif etilgan. Ular buning uddasidan chiqishgan. Demak, lablar qimirlamasligi fikrlash jarayoniga xalaqit bermagan.
Kognitiv psixologiya tarafdorlari olamni va o‘z-o‘zini anglash jarayoni dastlab hissiyot va harakat tusida bo’ladi, deb hisoblashadi. Bordi-yu, idrok etish voqelikni bevosita o'rganishga yordam bersa, tafakkur esa buyum va hodisalardagi umumiylikni aks ettirib, ayrim buyumlarga nisbatan umumlashtirishni qo'llaydi. Bu — voqelikni bevosita emas, balki bilvosita o‘rganishdir.
Tafakkur idrok etishdan va tasavvurdan ko‘ra kengroqdir, uni biz tasavvur eta olmaydigan hodisalar qamrab olishi mumkin. Masalan, yerda hayotning paydo bo’lishi to‘g‘risida biz millionlab yillar haqida fikr yuritamiz, holbuki aslida million yil nimaligini tasavvur etish amri maholdir. Hodisalar(voqealar), shu jumladan, sabab-oqibat orasidagi aloqalar va munosabatlar fosh etilar ekan, bu voqealar yoki hodisalarni oldindan bilish va ularni boshqarish imkonini beradi.
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir-biri bilan almashinishi tarzida voqe bo'lmasdan, balki alohida aqliy operatsiyalar — biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar (obyektlar) ustida, biz umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bo'lgan obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo'ladi.
Tafakkur qilish — operativ jarayondir.
Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.
Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo'ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to'g'risidagi tushunchalar vujudga keladi.

Download 51.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling