Kurs ishi mavzu: Yaxna taom va tamaddilarni tayyorlash jarayonini o’rganish Urganch – 2022


Download 1.94 Mb.
bet2/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1150801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Дрисолатft Word (2)

Yaxna til
Mol va qo'y tilidan olib yaxshilab yuvib, sovuq, suvli idishga solib, butun piyoz, sarimsoq, sabzi, ukrop shoxlari, lavr yaprog'i bilan birga mildiratib qaynatasiz. Pishish muddati qo'y tili uchun 1 soat, mol tili uchun 2 soat. Tayyor bo'lgach, qozondan olib sovuq, suvga bir bor pishib olasiz va po'stini archasiz, sovigach, yaproq - yaproq qilib kesib, likopchalarga terasiz va yangi sabzavotlardan garnir qilib mehmon dasturxoniga keltirasiz. Qalampir, tuz va uzum sirkasi alohida idishlarda qo'yiladi. Masallq: 1 kg mol yoki qo'y tili uchun 2 bosh piyoz, bir bosh sarimsoq; 2 dona sabzi, 1 bog' ukrop, lavr yaprog'i, 10 dona murch, ta`bga kura tuz kerak bo'ladi.
Dumba - jigar
Qo'yning dumba yogi va jigaridan olib alohida - alohida idishlarda qaynatib pishirasiz va olib, shabadada sovutasiz. So'ngra jigarni 4x4 yoki 5x5 sm kattalikdagi to'rtburchak, romb shakllarida kesasiz, qalinligi esa 0,5 sm bo'lsin. Dumbani ham xuddi shu shakllarda, lekin bir oz kichikroq qilib kesing, bir bo'lak jigar ustiga bir bo'lak dumba yogi qo'yib likopchaga terib chiqasiz, yuziga mayin tuz va murch sepib, dasturxonga tortasiz. Masalliq: 600 gr jigar, 300 gr dumba, ta`bga ko'ra tuz va murch sepiladi.
Po`stdumba
Suvning po'stdumbasini iliq suvda 1 soatcha ivitib qo'yasiz. So'ngra o'tkir pichoq bilan qirib, sovuq suvda yuvasiz va tuz sepib o'rab qo'yasiz yoki namakobga botirsangiz ham bo'ladi, 1 2 soat o'tgach sust olovga qo'yib 1 soat davomida kaynatasiz. Pishgach, qozondan olib, sovutib, lo'nda - lo'nda qilib kesib, likopchaga tuzaysiz, yonboshiga ko'k piyoz, sarimsoq parraklari, bodring va boshqa yangi sabzavotlardan (qishda turp, bahorda rediskadan) garnir qilib, mehmon dasturxoniga uzatasiz. Zirapiyozni garnir qilsangiz ham bo'ladi. Masalliq: bir qo'yning po'stdumbasiga bir bog' ko'k piyoz, bir bosh. sarimsoq, 2 3 dona bodring. Zirapiyoz uchun esa 2 bosh piyoz, 0,5 choy qoshig'ida murch, 1 osh qoshig'ida uzum sirkasi kerak bo'ladi.
Tovuq go`shti
So'yib, patlari yulingan tovuqning kallasini va oyoqlarini tizzasidan sal pastrog'idan kesib tashlaysiz, tuklarini alangada kuydirib, sovuq suvda, so'ng iliq suvda bir necha bor yuvasiz, ichini ochib, jigaridagi o't qopini olib tashlaysiz, yana bir necha bor yuvasiz va tuz sepib muzlatgichga 5 - 6 soat qo'yaturasiz. Namak singigan tovuq go'shtini sovuq suvli kastryulkaga solib, tugralgan piyoz, butun sabzi, ukrop solib pishirasiz. Pishish muddatini jo'jaxo'roz uchun 1 soat, makiyon uchun 1,5 soat, xo'roz uchun esa 2 2,5 soat belgilaysiz. Ta`mini rostlash uchun shurvasiga jambil shoxlari soling, qishda esa lavr yaprog'i kerak bo'ladi. Pishgach, olib sovutasiz va bo'laklarga kesib, laganga tuzab yonboshiga yangi sabzavotlar pomidor, bodring, rediska, turpdan garnir qilib, mehmon dasturxoniga qo'yasiz. Masalliq: 1 dona tovuq, 2 3 bosh piyoz, 1 2 dona sabzi, 1 bog' ukrop, 1 shox jambil yoki 1 - 2 dona lavr yaprog'i, tuz esa ta`bga ko'ra olinadi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling