Kurs ishi mavzu: Yaxna taom va tamaddilarni tayyorlash jarayonini o’rganish Urganch – 2022


Sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar va vinegretlar


Download 1.94 Mb.
bet4/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1150801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Дрисолатft Word (2)

Sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar va vinegretlar

Sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar yangi. pishirilgan, tuzlangan. sirkalangan. tez muzlatilgan sabzavotlardan tayyorlanadi. Salatlarga vumshoqligim oshirish uchun salat yog'i, smetana, qaymoq, mayonezlar qo'shiladi.Bu mahsulotlar qo'shib tayyorlangan salatlar bir soat davomida Iste’molchilarga tarqatilishi kerak.


Rediskali va bodringli salat
Masalliqlar me'yori: qizil rediska 635gr. ko'k piyoz 250gr, bodring 316gr. kashnich 68gr, ukrop 81 gr. Chiqishi: 1000 gr.
Birlamchi ishlov berilgan qizil redska va bodring mayda tilim-tilim qilib to'g'raladi. Ko'k piyoz va ko'katlar mayda qilib to'g'raladi. Sabzavotlar hammasi aralashtirilib tuz, maydalangan qizil garimdori yoki murch sepiladi, so'ngra salat idishga yoki likopchalarga solinib, ustini qizil rediska va bodringdan bezaklar tayyorlab bezatiladi.

“Achchiq-chuchuk” salati
Masalliqlar me'yori: pom idor 960 gr, piyoz 274 gr. ukrop 27 gr. achchiq qalam pir 1,5 gr. Chiqish: 1000 gr.
Birlamchi ishlov berilgan piyoz. yupqa qilib yarim halka shakilda to'g'raladi va achchig'i ketishi uchun sovuq suvda yuviladi. Pomidorni vuvib yupqa, mayda parraklab to'g'raladi.

Yuvilgan piyoz va to'g'ralgan pomidor aralashtirilib, tuzi rosalanadi va mayda to'g'ralgan ukrop va achchiq garimdori solib aralashtiriladi. "Achchiq-chuchuk” salati salat idishlarga solinib, usti ko'katlar bezatilib dasturxonga tortiladi.
Turp va yong‘oqli salat.
Masalliqlar me'yori: turp 1200 gr, yong'oq 380 gr. Chiqish 1000 gr.
I'urpga birlamchi ishlov berilib, maydaroq somoncha shaklida to'g'raladi va 15-20 daqika sho'r sovuq suvga solib yumshatiladi. Yumshagan turpga yong'oq mag'zini maydalab aralashtiriladi va likopchalara solinib dasturxonga tortiladi.

Palovga turp tayyorlash
Masalliqlar me'yori: 1200 gr. tuz 20 gr Chiqish 1000 gr.
Birlamchi ishlov bcrib archilgan turp pichoqni uchi bilan uchirib uncha katta bo'lmagan bo'laklarga ajratiladi va 30 daqika sovuq suvga solib qo'yiladi. So'ngra tinpning suvini to'kib, tuz sepib dasturxonga tortiladi.
"Bahor” salati
Masalliqlar me’yori: qizil rediska 510gr, yangi bodrmg 350gr. ко'к piyoz. 250gr.ukrop 80 gr, kashnich 70gr. qatiq 200 gr, smetana 100 gr. Chiqish: 1000 gr.

Birlamchi ishlov berigan qizil rediska va bod ring mayda tilim-tilim qilib to'g'raladi.Ko'k piyoz, ukrop, kashnich mayda qilib to'g'raladi. Sabzavotlar hammasi aralashtirilib, tuz bilan atalangan qatiqga qorishtiriladi. Tayyor bo'lgan salat idishlarga solinib ustiga smetana quyiladi va ko'katlar bilan bezatiladi.
Yangi karamdan salat
Masalliqlar me'yori: karam 1200 gr, qizil sabzi 200 gr. ko‘k pivoz 250 gr, shakar 50 gr. yangi olma 100 gr o'simlik moyi 50 gr yoki smetana 50 gr. Chiqish: 1000 gr.

1. Yangi karamga birlamchi ishlov berib, mayda somoncha qilib to'g’raladi. tuz bilan ishqalab, suvi chiqariladi, yengilgina siqib yuboriladi va shakar sepiladi.
2. Qizil sabzi, yangi olma mayda som oncha shaklida to'g'raladi. Ко'k piyoz mayda to'g'raladi.
3. To'g'ralgan sabzavotlar hammasi aralashtirilib o'simlik, salat moyi yoki smetana quyib qorilishtiriladi.
4. Tayyor karam salati likopchalarga solinib, ustiga to'g'ralgan ukrop sepiladi.
Karam salati
Masalliqlar me’yori: karam 900 gr, qizil bulg'or , qalampiri 300 gr,qizil sabzi 200 gr, ukrop 100 gr, yangi bodring 250 gr, sarimsoqpiyoz 50 gr. o'simlik salat , movi 100 gr. Chiqish: 1000 gr.
Yangi karam birlamchi ishlov berilgandan so'ng yirikroq somoncha shaklida to'g'raladi va qaynoq tuzli suvda 4-5 daqiqa ushlab turiladi. So'ngra suvi silqitib tashlanadi.
1. Qizil sabzi, qizil bulg'or qalampiri birlamchi ishlov berilgandan so'ng. so mono ha sliaklida to'g'raladi va tovada qizdirilgari salat moyida yumshalib olinadi.
2. Yangi bodring somoncha shaklida, sarimsoqpiyoz mavdalab, ukrop yirikroq to'g'raladi.
3. Tayyorlangan sabzavotlar hammasi aralashtirilib tuzi roslanadi va ta'biga ko'ra achchiq garimdori to'g'rab aralashtiriladi. Tayyorlangan salat likopchalarga solinib, dasturxonga tortiladi.
Lavlagili, yong‘oq va sarimsoqli salat
Masalliqlar me’yori: 500gr lavlagi, 0,5 stakan yong'ok mag'zi, bir bosh sarirnsoq, 100gr mavonez.
1. Po'sti bilan qaynatilgan lavlagini po'stini archib, qirg'ichdan o'tkaziladi voki mayda somoncha shaklda to'g'raladi.
2. Sarimsoqpiyoz po'sti tozalanib, mayda to'g'raladi.
3. Lavlagi bilan sarimsoqpiyoz aralashtirilib. mavonezga qorisluiriladi.
4. Tayyorlangan salat idishlarga solinib, ustiga maydalangan yong'oq sepib, bezatib dasturxonga tortiladi.
Lavlagi va pishloqli salat
Masalliqlar nte’yori: 400gr lavlagi, l00gr pishloq, yong'oq mag'zi 60 gr, 150 gr mayonez.

1. Po'sti bilan qay n atilg an lavlagini p o 'stin i arch ib , q irg 'ic h d a n o'tkaziladi.
2. Qattiq pishloq qirg'ichdan o'tkaziladi, yong'oq mag'zi mayda to'g'raladi.
3. Lavlagi, pishloq va yong'oq mag'zi aralashtirilib, mayonezda qorishtiriladi.
4. Tayyorlangan salat idishlarga solinib, dasturxonga tortiladi.
Lavlagi va karamli salat
Masalliqlar me'yori: 400gr lavlagi, 300gr karam, 50 gr salat moyi. 15gr sliakar, l0gr limon sharbati,ta'mga ko'ra.
1.Lavlagiga birlamchi ishlov benlib somoncha shaklda to'g'raladi va tovada qizdirilgan salat moyida qovuriladi so'ngra unga somoncha shaklda to'g'ralgan karainni aralashtirib olinadi.
2. Tayyorlangan salat sovutilgandan so'ng ta’mga ko'ra tuz. shakar, limon sharbati aralashtiriladi.
3. Tayyor salat idishlarga solinib dastnrxonaga tortiladi.
Sabzavotli vinegret
Masalliqlar me'yori: kartoshka 290gr, lavlagi 190gr. sabzi 125 gr. tuzlangan bodiring I90gr, tuzlangan karam 214gr, ko‘k piyoz 18(Sgr, salat moyi l00gr.
1. Pishirilgan lavlagi, kartoshka va sabzilarni po'stini archib, alohida idishlarga mayda kubcha shakllarda to'g'raladi.
2. Ko‘k piyoz yoki bosh piyoz mayda to'g'raladi.
3. Tuzlangan bodiring va tuzlangan karamni mayda kubcha shakida to’g'raladi.
4. Lavlagidan boshqa ham m a to'g'ralgan sabzavotlar aralashtinlib tuzi rostlanadi va salat moyi quyib qorishtiriladi so'ngra to'g'ralgan lavlagi arashtiriladi.
5. Tayyor vinegret salat idishlarga solinib, tuzlangan bodiring bosh pivoz va sabzidan bezaklar tayyorlab bezatib dasturxonga tortiladi.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling