Kurs ishi mavzu: Yaxna taom va tamaddilarni tayyorlash jarayonini o’rganish Urganch – 2022


Download 1.94 Mb.
bet3/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1150801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Дрисолатft Word (2)

Liq - liq
Mol va qo'y oyoqlarining tuyoqlarini olib, junini kuydirib, pichoq bilan qirib tozalaysiz yoki tayyor tozalanganini xarid qilib, yaxshilab issiq suvda yuvib yuborganingizdan so'ng sovuq suvli idishga solib 5 6 soat davomida sust olovda kaynatasiz, suvi bug'lanib ketsa, qaynoq suv qo'shib turasiz. Bunga butun sabzi, piyoz, sarimsoq, lavr yaprog'i, petrushka ildizidan solib qaynatsangiz ham tez pishadi, ham ta`mi yaxshilanadi. Hil - hil pishib, eti suyaklaridan ajralib ketadi. Suyaklarini olib tashlab, liq-liq bo'lgan et va paylarini mayda to'g'raysiz yoki qiymalagichdan o'tkazasiz va tuzini rostlaysiz. Liq - liqni maxsus idishlarga yoki chuqur likoplarga taqsimlab chiqasiz. Sho'rvasini suzgichdan o'tkazib, buni ham likoplarga taqsimlaysiz. Anor donalari, pishgan sabzi va tuxum parraklari bilan bezatib, salqin joyda sovugandan so'ng muzlatgichga 3 - 4 soat qo'ysangiz, qotadi. Mehmon dasturxoniga tortishda likopning yuzida to'rtburchak, uchburchak yoki romb shakllardagi bo'laklarga kesasiz. Yonboshiga sarimsoq parraklaridan garnir qilib berasiz. Masalliq: 2 dona mol oyog'i yoki 6 - 8 dona qo'y paychoqlari, 1 - 2 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 1 - 2 dona sabzi, 1 - 2 dona petrushka ildizi, 2 dona lavr yaprog'i, ta`bga ko'ra tuz olinadi.
  1. Yaxna taom va tamadilar tayyorlanishi

Yaxna taom va tamaddilar ovqatlanishda eng birinchi Iste’mol qilinadigan g'oyat ishtaliabaxsh taomlardir. Yaxna taomlar asosan yangi sabzavotlardan tayyorlanishi sababli darmondorilarga, mineral moddalarga. organik kislotalarga boy bo'ladi. Yaxna taomlar islitaha ochishda. oshqozondan sliirani ajratib, ovqatni hazm qilishda, ichak faoliyatini vaxshilashda muhiin ahamiyatga ega. Yaxna taom va tamaddilar tashqi ko'rinishi. turli ranglarda bo'lishi. chiroyli shakllarda bezatilishi, xushbo'y hid va ta’m bilan boshqa taomlardan ajralib turadi, dasturxon ko'rki hisoblanadi.


Yaxna taomlar bilan yaxna tam addilar o'rtasida katta t'arq yo'q. Faqat tamaddinig miqdori yaxna taomga qaraganda ozroq bo'lib. faqat asosiy masaliqdan iborat bo'ladi. Yaxna taom va tamaddilar tayyorlash usuli, masaliqlarning ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: Sabzavotlardan tayyolanadigan salat va vinegretlar; go'shtdan tayyorlanadigan salatlar; baliqdan tayyorlanadigan salatlar; buterbrodlar.
Yaxna taomlarining o'ziga xosligi slnindaki, ular tayyorlangandan so'ng issiqlik ishlov berilmaydi. Shuning uchun ularni tayyorlashda sanitariyagigiena qoidalariga qat’iv atnal qilish talab etiladi. Yaxna taomlarni dasturxonga tortishda harorati +12"+ 14" S daraja bo'lishi kerak.
Yaxna taom tayyorlash uchun mo'ljallangan barcha masaliqlarga birlamchi ishlov beriladi: saralanadi, archiladi, yuviladi. to'g'raladi, ba'zilari pishiriladi va sovutiladi.
Karam, sabzi, bodring, pomidor, turp, rediska, ko'k piyoz, ko'katlar, sarimsoqpiyoz xomligicha ishlatiladi.
Kartoshka, lavlagi, sabzi kabi sabzavotlar po'chog'i archilmay qaynatib pishiriladi va taom tayyorlash oldidan archib to'g'raladi.
G o'shtni qaynatib pishirib, sovitiladi. Kolbasa bilan pishloqning sirti archiladi va to'g'rab. darhol dasturxonga tortiladi. Baliq konservalari ochilgandan so'ng darhol boshqa idishga solinadi. Baliqni suyaksiz. terisiz lahmga ajratib olib dimlanadi yoki qovuriladi. so'ng sovitiladi. Yaxna taomlarni maxsus chinni laganlarda, likopchalarda, plastmasa, billur idishlarda dasturxonga tortiladi.

  1. Download 1.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling