Kurs ishi mavzu: Yaxna taom va tamaddilarni tayyorlash jarayonini o’rganish Urganch – 2022
Baliqdan tayyorlanadigan salatlar haqida ma’lumotlar
Download 1.94 Mb.
|
Дрисолатft Word (2)
5. Baliqdan tayyorlanadigan salatlar haqida ma’lumotlarBaliqdan yaxna taomlar tayyorlash uchun pishirilgan baliq yoki konservalangan baliqlar, tuzlangan baliqlar ishlatilishi mumkin. Baliqli salat Masalliqlar me’yori: baliq go'shti 127 gr, kartoshka 55gr, sabzi 38 gr, tuzlangan bodring 24 gr, ko‘k no'xat 15 gr, mavonez 30 gr. Chiqish: 150 gr. 1. Qaynab pishirilgan baliqni suyak va qiltanoqlaridan to/alanib, kubcha shaklida to'g'raladi. 2. Qaynatib pishirilgan kartoshka va sabzini ham kubcha shaklida to'g'raladi. 3. Tuzlangan bodring kubcha shaklida to'g'raladi. 4. To'g'ralgan baliq va sabzavotlar. ko'k no'xotni solib aralashtiriladi, tuzi rostlanadi, ustiga mavonez quyib qorishtiriladi. 5. Tayyor baliq salati salat idishlarga solinib, ustini ko'katlar bilan bezatilib. dasturxonga totiladi. Shprot, sardina limon bilan Shprot yoki sardina konservasi bankasi ochilib, maxsus likopchaga bir qator qilib terib chiqiladi, ustidan sharbati quyiladi. Ustiga limon parrakparrak qilib to'g'rab qo'yiladi va ko'katlar bilan bezatilib, dasturxonga beriladi Seld garnir bilan Masalliqlar me’yori: seld lalimi 35 gr, tuxum dona, garnir 75 gr, sardak 15 gr. Chiqish: 135 gr. 1. Seld balig'iga birlamchiishlov berilib, lahmi ajratiladi va 1 kishiga 2- 3 bo'lakka bolinib maxsus seld likopchasiga qo'yiladi, yoniga pishirib kubcha shaklida to'gralgan kartoshka, sabzi, qizil lavlagi, parrak-parrak to'g'ralagan yangi bodring, pomidor, ko'k piyozlar rangiga qarab chiroyli qilib ketmaket terib qo'yiladi. 2. Seld ustiga salat sardagi quyilib dasturxonga beriladi. Salat sardagi tavyorlash uchun sal at yog'iga ozgina 3% li sirka, shakar, tuz, yanchilgan nnirch qo'yib aralashtiriladi. Lasos balig'i pishloq bilan Masalliqlar me’yori: 2ta lasos balig'i konscrvasi, 200 gr pishloq, 4ta tuxum, 2dona olma. mayonez 200 gr. 1 Lasos balig'i konservasi ochilib, idishga solib eziladi. 2. Pishloq qirg'ichdan o'tkaziladi. 3. Olma po'stiartilib qirg'ichdan o'tkaziladi. 4. Maxsus kattaroq likopchaga ezilgan baliq konservasi bir tekis yoyiladi, ustiga mayonez quyiladi, uning ustidan pishloq yoyiladi va ustidan yana inavonez bir tekis quyilib dasturxonga tortiladi. “ Baliq va sabzavotli tort” salati Masalliqlar me’yori: baliq konservasi «selyotka» 400 gr, pishirilgan kartoshka 400 gr, pishgan sabzi, lavlagi 300 gr, tuxum 3 dona, mayonez 200 gr, ko'k piyoz 50 gr. 1. Kartoshka, sabzi, qizil lavlagi po'sti bilan qaynatilib pishiriladi va sovutilib, po'sti archilib qirg'ichdan alohida-alohida idishga qirib chiqariladi. 2. Tuxum qattiq qilib pishirilib, po'sti archilib, oqi va sarig'i alohidaalohida ajratilib, to'g'raladi. 3. Ko'k piyoz mayda to'g'raladi. 4. Maxsus uzunchoq salat laganiga ovalsimon qolip qo'yilib, qirib chiqarilgan kartoshka varmi bir tekis yoyiladi. ozgina tuz sepiladi, ustiga baliq konservasi ezib yoyiladi, uning ustiga sabzi, undan so'ng qizil lavlagi yoyiladi va mayonez yarmi quyiladi va bu jaravon yana qaytariladi. Eng oxirida tuxum oqi bir tekis yoyilib mayonez quyiladi. ozgina tuz sepiladi va uning ustidan tuxum sang"i yoyiladi va chetlarini to'g’ralgan ko'k piyoz bilan bezatib chiqiladi. 5. Tayyorlangan salat sovuqxonaga qo'yilib, biroz sovutiladi vaqolipi ajratib olinib, dasturxonga qo'yiladi. Buterbrodlar. Buterbrodlar ko'p tayyorlanadigan ta'maddi turi hisoblanadi. Ularni tayyorlash uchun bo'lka yoki baton nonlari 1 sm qalinlikda 400 gr og'irlikda bir tekis qilib qirqib olinadi. Buterbrod uchun pishgan go'sht, go'sht mahsulotlari, kolbasalar, pishloqlar, sariyog', asal, povidilo, jele, tuxum, sabzavotlar, turli sardaklar ishlatiladi. Bu mahsulotlar ta'm i, rangi bilan bir-birining xushxo'rligini oshiradigan qilib tanlab olinishi zarur. Buterbrod uchun mahsulot bir tekis kesilishi va non ustini to'liq berkitishi kerak. Mahsulot buterbrod ustiga 1 -3 bo'lakdan ortiq bo'lakli bo'lmasligi kerak. Buterbrodlar tayyorlanish jarayoniga ko'ra ochiq, vopiq (sandvich) va kanape turlariga bo'linadi. Ochiq butebrodlar Sariyog‘li buterbrod 20-30 grammli lo'g'ri to'rtburchak qilib kesilgan non bo'lagi ustiga shu shaklida lekin yupqa qilib kesilgan sariyog' qo'yib beriladi. Sariyog' yumshoq bo'lsa, nonga surkab beriladi. Pishloqli buterbrod Nonni 1 sm qalinlikda kesiladi. Pishloqni po'stidan tozalanib 2-3 mm qilib kesiladi. Non ustiga yupqa qilib sariyog' surtiladi, ustiga to'liq qoplab turadigan qilib pishloq qo'yiladi. Kolbasali buterbrod Noni 1 sm qalinlikda kesiladi. Qaynatilgan yoki dudlangan kolbasalar qiya qilib kesiladi. Non ustiga yupqa sariyog' surtilib, ustiga katta-kichikligiga ko'ra 1 -3 bo'lak kolbasa bo'laklariga qo'yilib, dasturxonga qo'yiladi. Yopiq buterbrodlar (sandvichlar) Oq bulochka noni uzunasiga 0,5 sm qalinlikda yupqa kesiladi. Non ustiga sariyog' surtilib yupqa kesilgan mahsulot (pishgan go'sht, baliq, pishloq. kolbasa, povidlo va hokazo). Qo'yilib ustidan ikkinchi non bo'lagi bilan berkitilib, dasturxonga beriladi. Sandvichlilar 2 yoki 3 qavatli yoki aralash mahsulotli qilib tayyorlanadi. Buning uchim bulochka non ko'ndalangiga o'rtasidan bir klieti o'zaro ilinadigan holda qoldirilib kesiladi va non orasiga yupqa kesilgan mahsulotlar bilan birga ko‘k piyoz, to'g'ralgan pomidor, bodring, sabzi, mayonez, sardaklar qo'yib berish mumkin. Kanapelar. Gazak uchun tayyorlanadigan buterbrodlar ya'ni kanapelar suvi qochgan oq bug'doy nonidan tayyorlanadi. Noni qobig'idan tozalanib qalinligi 1-1,5 sm. kengligi 5-6 sm qilib kesiladi. Sariyog' yoki margatinda yxizaki qilib qovurib olinadi. Uning ustiga go'sht, baliq, pishloq, kolbasa yoki boshqa mahsulotlar qalinligi 2-3 mm dan qilib kesib qo'yiladi va ularni orasi ko'kat, ko'k piyoz, pishirib to'g'ralgan tuxum bilan bezatish mumkin. Bu buterbrodlami tayyorlashda bir necha xil mahsulotlardan fovdalanish mumkin. Tarqatishdan avval tayyorlangan buterbrodlar kvadrat. to'g'ri to'rtburchak, uchburchak yoki romb shaklida bir kishiga 2-4 dona hisobida kesiladi. Diametri 4 sm qilib doira shaklida kesilishi ham mumkin. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling