Kurs ishi uchun malumotlar
Download 51.35 Kb.
|
Kurs ishi uchun malumotlar
Soliq tizimini baholash. Mutaхassislar har bir mamlakatning soliq tizimiga baho berishda uning qo‘yilgan vazifalarga qanchalik javob berishi va tizimni islohot qilish imkoniyatlarini hisobga olishilari kerak. Soliqqa tortish tizimining asosiy vazifasi daromadlarni to‘plash bo‘lishiga qaramasdan, u ko‘pincha boshqa maqsadlarda, masalan, bozor хo‘jaligining kamchiliklarini tuzatish va daromadlarni qayta taqsimlashga ko‘maklashish maqsadlarida ham foydalaniladi. Yuqoridagi maqsadlarni hisobga olgan holda soliq tizimining samaradorligiga baho berish uchun bir nechta me’yorlar ishlab chiqilgan. Mamlakatning soliq tizimini tahlil qilishda Tanzi diagnostik testidan foydalanish mumkin.
Daromadlar tushumining samaradorligiga baho berish uchun Vito Tanzi 8 ta miqdoriy diagnostik testdan foydalanishni taklif qilgan: Konsentratsiya indeksi. Yalpi daromadlarning katta qismi nisbatan kam soliqlar soni va soliq stavkalari hisobiga tushadimi? Dispersiya indeksi. Faqat noqulaylik tug‘diradigan kam miqdorda tushumli soliqlar soni ozmi (yoki umuman yo‘qmi)? Eroziya indeksi. Haqiqiy soliqqa tortish bazasi potensial baza bilan maksimal tarzda mos keladimi? Yig‘imlarni kechikish indeksi. Soliq to‘lovchilar soliqlarni aytarlik kechikmasdan va qanchalik o‘z vaqtida to‘laydilar? Muayyanlik indeksi. Soliq tizimi muayyan stavkali kam sonli soliq turlariga asoslanganmi? Obyektivlik indeksi. Ko‘pchilik soliqlar obyektiv o‘lchash mumkin bo‘lgan soliqqa tortish bazasidan olinadimi? Soliqlar yig‘ishni ta’minlash indeksi. Soliqlar samarali yig‘imi to‘laligicha ta’minlanadimi? Soliqlar yig‘ishdagi xarajatlar indeksi. Soliqlar yig‘ishda budjet xarajatlari minimumga keltirilganmi? Yuqoridagi savollarning barchasiga ”ha” javobi berilsa, Tanzi testiga ko‘ra, soliq tizimi tushumlarning samaradorligi nuqtai nazaridan eng yuqori bahoga sazovor bo‘ladi. Soliq faoliyatining tahlili. Yetarli miqdorda daromadlar tushumini eng samarali tarzda ta’minlash har qanday soliq tizimining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Agar yanada aniqroq gapiriladigan bo‘lsa, tartibli va iqtisodiy resurslarni хususiy foydalanuvchilardan davlatga noinflatsion tarzda o‘tkazish – soliq tizimining bosh vazifasi hisoblanadi. Soliq faoliyatini tahlil nomi bilan mashhur bo‘lgan metodologiyadan foydalanib, daromadlarni yig‘ish unumdorligining me’yoriga baho berish mumkin. Daromadlarni yig‘ish tizimining mahsuldorligiga baho berish asosida soliq tushumlarini oshirish zarurati tug‘ilganda davlat boshqaruv idoralari minimal noqulay oqibatlarga olib keladigan qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi yotadi. Ushbu kontekstda soliqlar yig‘imi samaradorligining keng qo‘llaniladigan indikatori bo‘lib soliq tushumlarining YaIMga nisbati yoki haqiqiy soliq koeffisinti hisoblanadi. Hukumatning soliq yig‘imlari bo‘yicha faoliyatiga umumiy tarzda baho berishda ushbu ko‘rsatkich boshqa malakatlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Biroq, haqiqiy soliq koeffisinti mamlakat soliq salohiyatini (potensialini) inobatga olmaganligi sababli, soliq faoliyatiga baho berishda noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin. Soliq salohiyati o‘rtacha intensivlikdagi soliqqa tortish bazasidan foydalangandagi soliq tushumlari darajasidir. Demak, soliq faoliyatining koeffitsiyenti sifatida haqiqatda yig‘ilgan soliqlarning soliq salohiyatiga nisbati sifatida aniqlash mumkin. Soliq salohiyati aniq ko‘rsatkich emas, lekin uni umuman olganda, soliqqa tortish faoliyatining samaradorligiga baho berishda qo‘llash mumkin. Soliq salohiyati uchta asosiy omil bilan aniqlanadi: iqtisodiyotning ochiqlik darajasi; uning rivojlanish va daromadlari darajasi; daromadlar tarkibi. Soliq faoliyatining tahlili soliqlar yig‘ish samaradorligiga baho berishga ko‘mak bersada, u ayrim kamchiliklardan ham holi emas. U me’yoriy ko‘rsatkich emas, past soliq faoliyati rivojlangan mamlakatlarda ham soliq koeffitsiyenti milliy qadriyatlarni hisobga olgan holda yyetarli hisoblanishi mumkin. Soliq faoliyatining tahlili, shuningdek juda statik хarakterga ega. U soliq koeffisintlari va soliq faoliyatida teztez sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olmaydi. Dinamika nuqtai nazaridan talablarga javob beradigan indikator bo‘lib YaIMga nisbatan soliq tushumlarining elastikligi tan olingan. 8. Xarajatlar tahlili. Davlat xarajatlari davlat idoralarining faoliyatini moliyalashtirishga ketgan xarajatlari bo‘lib, unga davlat idoralari tomonidan tovar bilan ta’minlash va хizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish va transfertlar kiradi. Davlat tovar va хizmatlarni ikki ko‘rinishda taqdim qiladi: bevosita aholi individual yoki kollektiv tarzda iste’mol qiladigan (masalan, jamoat transporti va milliy parklar) tovar va хizmatlar; ishlab chiqarish omillaridan yanada samarali foydalanishga хizmat qiladigan tovar va хizmatlar (masalan, sanoat va port inshoatlari). Ko‘pchilik xarajat turlari, masalan, infratuzlmaga xarajatlar va yo‘llar ikkala kategoriyani qamrab oladi. Pensiya va ishsizlik nafaqasi kabi ba’zi xarajatlar bevosita uy хo‘jaligi va tijorat korхonalariga transfertlar ko‘rinishida taqdim qilinadi. Davlat xarajatlarining darajasi va tarkibiga baho berishda tahliliy yondashish talab qilinadi. Bunday tizimli yondashish beshta elementdan iboratdir: makroiqtisodiy yondashishiga mos keladigan yalpi xarajatlar darajasi va budjet balansi; ba’zi tovar va хizmatlarni taqdim qilishda хususiy sektordan oqilona foydalanish (davlat tomonidan moliyalashtirish zarur bo‘lgan hollarda ham u birinchi navbatda ijtimoiy tovarlarni taqdim qilish, tashqi samarani ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimidan foydalanuvchilarga nafaqa berish, ya’ni хususiy bozor bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan vazifalarni hal qilishga yo‘naltirishi kerak); xarajatlarni taqsimlash ham bitta dastur doirasida, ham boshqa dasturlar bilan o‘zaro bog‘langan holda olinadigan qaytimga asoslanishi lozim; ushbu dasturga yoki sektorga joriy xarajatlar va kapital qo‘yilmalarning puхta tahlili boshqa dasturlar va sektorlarga xarajatlarni oqilona taqsimlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi; хuddi shunday puхta tahlil budjet institutlariga nisbatan ham talab qilinish lozim. Bunda yalpi xarajatlarni cheklash, samaradorligini oshirish va adolatlikni ta’minlash uchun rag‘batlantirish va qo‘llanmalardan foydalanish talab qilinadi. Xarajatlar strategiyasiga tuzatishlar kiritish ko‘pincha budjetning qisqartirilishini talab qiladi. Amaldagi soliq stavkalarini oshirilishining salbiy oqibatlari va daromadlarni ko‘paytirishining muqobil manbalarini mavjud emasligi budjet xarajatlarini qisqartirishga majbur qilishi mumkin. Qattiq budjet cheklovlarini his qilayotgan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda budjetga tuzatishlar kiritish dasturlari xarajatlar sohasida eng muhim yoki ustuvorroq turlarining aniqlanishini talab qiladi. Xarajatlarni isloh qilish yo‘lidan borayotgan mamlakatlarda hukumatlar qaysi sohalarda хususiy sektor davlat sektorining o‘rnini muvaffaqiyatli egallashi, qaysilarini esa cheklangan resurslar sharoitida davlat o‘z tasarrufida saqlab qolishi eng samarali natijalariga olib kelishi mumkinligini aniq belgilab olishi zarur. Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling