Kurs ishi uchun malumotlar


Download 51.35 Kb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1525907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi uchun malumotlar

1.Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D)nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R') deyiladi:

4. 2. To‘lovga layoqatlilik tamoyili - soliq miqdori soliq to'lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.


3. Adolatlilik tamoyili - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo'yicha teng bo'lgan kishilar teng miqdorda soliq to'lashi zarur.
Soliq bo'yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o'rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
— obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
— soliq to'lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish;
— soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
— soliq olinadigan summadan chegirish;
— soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma'lum miqdorga kamaytirish).
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar) mahsulot tannarxiga qo'shilish usuli (to'g'ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.
Soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob`ektiga, to`lovchi bilan davlatning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. To`g`ri soliqlar to`g`ridan-to`g`ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to`lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va хizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va хizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o`tkazadi.
To`g`ri soliqlar: Yuridik shахslаrdаn undirilаdigаn dаrоmаd (fоydа) sоlig’i, jismоniy shахslаr dаrоmаdidаn оlinаdigаn sоliq, yer solig’i, mol-mulk solig’i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, infratuzilmani rivojlantirish va boshqalar.
Egri soliqlar: qo’shilgan qiymat silog’i, aksiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyiltirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq, bojxona to’lovlari va boshqalar.
Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadishuningdek, uni ishlab chiqishda soliq xizmati bilan shug‘ullanmaydigan sub’ektlar, aniqrog‘i soliq to‘lovchilar qatnashishi mumkin, ya’ni bunda soliq to‘lovchilarni o‘zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin. Soliq solish sohasidagi davlat boshqaruvining samaradorligi ko‘p jihatdan davlat apparatining turli bo‘g‘inlari faoliyatidagi moslashuvchanlikka bog‘liq. Vakolat har bir organning ro’lini belgilaydi va bir vaqtning o‘zida uning boshqa organlar faoliyati bilan moslashuvini ta’minlaydi. Davlatning asosiy vazifalaridan birini hal etilishi byudjetni to‘ldirish, soliq to‘lovchilarning iqtisodiy va yuridik hatti-harakatlariga ta’sir etishning u yoki bu dastagiga ega bo‘lgan barcha davlat hokimiyati organlar faoliyatining muvofiqlashtiruvisiz mumkin emas. Ko‘pgina adabiyotlarda ta’kidlanganidek, kontseptual soliq tamoyillaridan biri davlat organlarining soliq siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda birgalikdagi ishtiroki hisoblanadi

5. Ochiq iqtisodiyotda byudjet-soliq siyosatining barqarorligi.



Oхirgi yillarda iqtisodchi-olimlar orasida Budjet-soliq siyosatining barqarorligi masalasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qanday holatlarda Budjet-soliq siyosatini nobarqaror deb hisoblash mumkin? Siyosiy qaror qabul qiladigan shaхslar ma’lumoti uchun qanday operatsion indikatorlar ishlab chiqish lozim? Hozirgi paytgacha soliqbudjet siyosatining barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaхassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan Budjet-soliq siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, barqarorlikning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir.
Ko‘pchilik mamlakatlar tajribasi qarz miqdorining YaIMga nisbati baland bo‘lishi oхir-oqibatda olib borilayotgan siyosatning kelajagi yo‘qligi va uni o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatdi. Qarzning YaIMga nisbati baland bo‘lishi real foiz stavkalariga bosim o‘tkazib, budjet kamomadi sharoitlarida qarzga хizmat ko‘rsatish xarajatlari salmog‘ining oshishiga olib keladi va budjet siyosatida iхchamlik va egiluvchanlik imkoniyatlaridan foydalanishga imkon bermaydi. Moliya bozorining ishtirokchilari olib borilayotgan siyosat ishonch uyg‘otmayotganligi sababli, uni o‘zgartirish lozimligiga ko‘zi yyetib, o‘z kutishlarini o‘zgartirilardi va natijada hukumat olib borayotgan siyoatni davom ettirish imkoniyati tugaydi. Bu esa, hukumat tomonidan qarz majburiyatlarini joylashtirish masalasida muammolar tug‘diradi va oхir oqibatda ularni sota olmay qoladi. Bozor faoliyatining qatnashchilari qarz miqdorining YaIMga nisbati qanchalik baland bo‘lsa, hukumat shunchalik xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet chegaralarida qolishi qiyinlashishini tushunib yetadilar va hukumatning emission moliyalashtirish yoki qarzni to‘lashdan bosh tortish va qarzni qaytarish shartlarini o‘zgartirish xavfi oshadi.
Yuqoridagilardan ayon bo‘ldiki, Budjet-soliq siyosatida barqarorlikni aniqlash masalasiga yondoshuvlardan biri bo‘lib, foiz stavkalari va inflatsiyaning maqbul o‘sish sur’atlariga mos keladigan YaIMga nisbatan davlat qarzning miqdorini o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydigan kursni belgilash hisoblanar ekan. Yuqoridagi me’yorni olib borilayotgan Budjet-soliq siyosatining barqarorlik darajasiga baho beradigan indikator sifatida talqin qilish mumkinligiga qaramasdan, u ayrim kamchiliklardan holi emas. Birinchidan, iqtisodiy adabiyotlarda davlat qarzining YaIM miqdori qancha bo‘lishi optimal yoki maqbul bo‘lishi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ikkinchidan, davlat qarzinining YaIMga nisbatini barqaror darajada ushlab turish budjet siyosatida juda qattiq cheklovlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun Budjet-soliq siyosatini olib borishda to‘lovga qobiliyatlilik tushunchasidan kelib chiqadigan qattiq talablarni biroz yengillashtirish masalasini ko‘rib chiqish lozim.
To‘lovga qobiliyatlilik tamoyili barqaror budjet siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning asosiy talabi qarzning YaIMga nisbati real foiz stavkasi bilan YaIMning real o‘sish sur’ati ayirmasi sur’atlarida bo‘lishidir.


Buning ma’nosi – qarzning nominal o‘sishi nominal foiz stavkalaridan pastroq bo‘lishi kerak.


Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling