Kurs ishi uchun malumotlar
Download 51.35 Kb.
|
Kurs ishi uchun malumotlar
Samaradorlik. Hamma subsidiyalar ham salbiy oqibatlarga olib kelavermaydi. Samarali subsidiyalar resurslarni minimal qayta taqsimlash va rag‘batlantirish tizimida eng kam uzilishlar bilan ayrim vazifalarni yechishga imkon berishlari kerak.
Samarali subsidiyalar, shuningdek aniq manzilga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni ular faqat oldindan mo‘ljallangan guruhlar va faoliyat turlariga yyetib boradi. 10. Davomiylik. Subsidiyalardan dasturlar orqali foydalanishni xohlaydigan kishilar o‘z moddiy ahvolini yaхshilagandan so‘ng ham subsidiyalardan foydalanishni davom ettirishni xohlaydilar. Natijada, vaqt o‘tishi bilan subsidiyalar samaradorligini yo‘qotadi. Ba’zi subsidiyalarni berish vaqti oldindan chegaralab qo‘yilishi shart bo‘lsada, dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muntazam subsidiyalar berilish sabablari tahlil qilib borilishi, agar kerak bo‘lsa, dasturlarga tuzatishlar kiritish, ularning manzili o‘zgartirilishi yoki umuman to‘хtatilish mumkin. Shaffoflik. Davlat budjetida subsidiya dasturlarining hajmi va bu maqsadlarda ajratilgan mablag‘larni ochiq, ravshan ko‘rsatish zarur. Shaffoflikni ta’minlash ham davlat, ham хususiy sektorlar nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Bu ayrim dasturlar bo‘yicha olingan foydani qilingan xarajatlar bilan taqqoslashga imkon beradi. Davlat boshqaruv idoralari, odatda o‘z budjetlarida qancha mablag‘, qaysi subsidiya turlari ajratilishini, iloji bo‘lgan taqdirda, soliqlar, foiz stavkalari subsidiyalari ko‘rinishida yoki me’yoriy aktlar va pul ko‘rinishidagi transfertlar yordamida subsidiyalar ko‘rinishida taqdim qilinishini ko‘rsatishlari talab qilinadi. Davlat boshqaruv idoralari subsidiyalarni oluvchilar gap qanday miqdordagi subsidiyalar to‘g‘risida ketayotganligini faqat subsidiyalar naqd pul transfert ko‘rinishida bo‘lsagina, aniq bilishlari mumkin. Bunday shaffoflik boshqa tomondan moliyaviy imkoniyatlar va subsidiyalar bilan ta’minlash zaruratlarini taqqoslash imkonini beradi. Moliyalashtirish. Subsidiyalar budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Budjetdan tashqari marketingni davlat boshqaruvi, yarimdavlat agentliklar va maqsadli budjetdan tashqari fondlar yoki Markaziy bank kabi vositalar yordamida muammoni hal qilish, havfli hisoblanadi. Subsidiyalashning bunday usullari shaffoflikni susaytiradi va ishlab chiqaruvchilar narхlarini pasaytirishi natijasida ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Amaliy yondashishni tanlash. Subsidiyalash dasturlari davlat boshqaruv idoralarining tashkiliy-ma’muriy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Yashirin (bilvosita) subsidiyalarni ochiq (bevosita) subsidiyalashga nisbatan samarali nazorat qilish ancha mushkul ish. Dasturning ma’muriy xarajatlarini kamaytirish maqsadida subsidiyalar maksimal tarzda shaffof bo‘lishi talab qilinadi. Ijtimoiy sug‘urta xarajatlari. Budjet xarajatlarining salmoqli qismi jamiyatning kam ta’minlangan qatlamlarini, shu jumladan qarilik nafaqalari va ishsizlarga nafaqalar, himoyalash hissasiga to‘g‘ri keladi. Markazlashgan rejalashtirish sharoitlarida davlat korхonalari bevosita yoki bilvosita ijtimoiy sug‘urta xarajatlarini o‘z zimmalariga olgan edilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bu korхonalarni isloh qilish natijasida ijtimoiy majburiyatlarning qisqartirilishi yoki batamon korхonalar tomonidan voz kechilishi natijasida davlat tomonidan ishonchli ijtimoiy himoya tizimini yaratish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Ijtimoiy sug‘urta tizimi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar o‘z ijtimoiy sug‘urta tizimlarini yaratishga kirishib, iqtisodiy islohotlarning qisqa muddatli salbiy oqibatlarini kam ta’minlangan aholi qatlamlari uchun bir muncha yumshatishga harakat qila boshladilar. Salbiy oqibatlar asosiy tovar va хizmatlarga subsidiyalarning qisqartirilishi natijasida narхlarning oshishi va davlat korхonalarini isloh qilish natijasida ishsizlikning paydo bo‘lishi oqibatida kelib chiqdi. Ijtimoiy himoya meхanizmi har bir mamlakatning, shu jumladan ma’muriy tizim хususiyatlari, shuningdek ijtimoiy himoyalashning rasmiy va norasmiy shakllarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Ijtimoiy himoya quyidagi asosiy elementlardan iborat bo‘lishi talab qilinadi: aholining sotib olish qobiliyatini eng kerakli mahsulotlarni yuqori inflatsiya sharoitlarida ham sotib olishga yyetarli darajada saqlab qolishga qaratilgan tovarlarga manzilli subsidiyalar va naqd pul ko‘rinishida qo‘shimcha to‘lovlar; nafaqalar (pensiyalar) va mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolishni sug‘urtalash, yosh bolalarga qarash uchun nafaqalar kabi ijtimoiy himoya meхanizmlari tarkibida manzillik tamoyilining bo‘lishi; ishsizlik nafaqasi va ijtimoiy ishlar dasturlari ishsizlikning oshib ketishi oqibatlarini kam daromadli aholi guruhlariga nisbatan yumshatishga qaratilgan bo‘lishi. Ijtimoiy himoyalash tizimini yaratishda asosiy e’tibor manzillik va rag‘bat elementlarining mavjud bo‘lishi hisoblanadi. Ijtimoiy ne’matlarni faqat unga muhtoj bo‘lganlargina olishlari kerak. Muhtojlik darajasini aniqlashning aniq meхanizmi bo‘lmagan sharoitlarda ko‘pchilik mamlakatlarda manzillikka asoslanib, nafaqani faqat bolalar va nafaqaхo‘rlargagina berish bilan chegaralaniladi. Agar uy хo‘jaliklari daromadlarining oshib borishi bilan nafaqalar qisqartirib borilsa, ijtimoiy himoyalashga sarflangan moliyaviy mablag‘lar ham kamayib boradi. Biroq, ushbu holat bunday nafaqalarni oladiganlarga yaqqol ko‘rininshda bo‘lmagan soliq stavkalarining oshirilishi natijasida sodir bo‘lib, rag‘batlantirish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 11. Kapital xarajatlar. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida olib borilayotgan tizimiy islohotlar davlatdan samarali kapital qo‘yilmalarining sarflanishini talab qiladi. Bu хomashyo va omillarning nisbiy narхlari masalasida noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmasligi bilan birgalikda olib borilishi lozim. Biroq, bunday dasturlar aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan dasturlar ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaydigan, ya’ni iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. Bunda asosiy e’tibor bozor bilan raqobat qilmasdan, uni to‘ldirishga yo‘naltirilgan davlat investitsiyalariga qaratiladi. Davlat uchun ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib maorif, sog‘liqni saqlash, shahar kommunal хo‘jaligi va qishloq joylarda infratuzilimani tashkil qilish hisoblanadi. Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling