Kurs ishi uchun malumotlar


Download 51.35 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1525907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi uchun malumotlar

1. Aholi sonining o‘sishi.Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o'zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o'sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo'shimcha mablag'larni zarur qilib qo'yadi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining o'sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o'sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof-muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko'p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo'shimcha xarajatlarning o'sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy ro’l davlat zimmasiga tushadi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan, ijtimoiy sug'urtani rivojlantirish, ishsizlik bo'yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o'sishi.Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va uning joylardagi (viloyat. shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to'lovlari soliq undirishning obyektlari, soliq to'lash tartibi, soliq to'lash bo'yicha imtiyozlar, soliq to'lash bilan bog'liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O'zbekiston Respublikasining soliq to'g'risidagi qonunlari bilan aniqlanadi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
— barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog'liq bo'lmagan holda, soliq undirishning majburiyligi;
— soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati:
— samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo'jalik yuritishning ilg'or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag'batlantiruvchi ro’lini ta'minlash;
— soliq to'lovi bo'yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.

Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling