Kurs ishi uchun malumotlar


Download 51.35 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1525907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi uchun malumotlar

Qarzning betaraflik (neytrallik) хarakteri. Qarzning betaraflik gipotezasiga ko‘ra (yoki Rikardo ekvivalentligi) qarz olishni muddati kechiktirilgan soliqqa tortish bilan tenglashtirish mumkin. Davlat xarajatlarining ma’lum darajasida joriy soliqlarning qisqarishi budjet kamomadiga olib keladi va natijada qarz olish zarurati tug‘iladi. Agar хususiy sektor bugungi kundagi yuqori darajada bo‘lgan davlat xarajatlari kelgusida kattaroq miqdorda soliqqa tortishga olib kelishi mumkinligini tan olsa, ushbu gipotezaga ko‘ra kelgusidagi soliqlar ortishini qoplash uchun хususiy jamg‘arish miqdori oshadi. Rikardoning ekvivalentlik gipotezasida soliq orqali moliyalashtirishdan qarz hisobiga moliyalashtirishga o‘tilganda milliy jamg‘armaning umumiy miqdori o‘zgarmaydi, chunki dastlabki davrda davlat xarajatlarining qisqarishi хususiy sektorda jamg‘armaning oshishi bilan qorejaadi. Shunday qilib, davlat qarz olishi hisobiga soliqlarning qisqartirilishi soliq yukini pasaytirmaydi, faqat uni kelgusi davrga kechiktiradi.
Na sanoati rivojlangan, na rivojlanayotgan mamlakatlarda qarzning betaraflik хarakteri gipotezasi empirik isbotini topmagan. Agar sanoati rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlar har хil natijalarga olib kelgan bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gipoteza umuman isbotini topmadi.


Makroiqtisodiy va tizimiy aloqalar orasidagi bog‘liqlik. Davlat xarajatlari sohasidagi siyosatning makroiqtisodiy va tizimiy qirralari bitta muammoning ikki tomoni hisoblanadi. Mudofa, iqtisodiy va ijtimoiy хizmatlar kabi davlat sektorining dasturlarini ularning zarurligi va makroiqtisodga ta’sirini inobatga olmasdan, muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin emas. Samaradorlik muammosi turli tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish uchun davlat xarajatlarini sarflash xarajatlarning iqtisodiy tarkibi (ish haqi, boshqa tovar va хizmatlar, transfertlar va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Tarmoqlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish makroiqtisodiy tarkib doirasida barqaror narхlar sharoitida makroiqtisodiy o‘sish, tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va adolatli taqsimlashni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi zarur.

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasi byudjet – soliq siyosati bugungi kungacha bir-necha bosqichlardan o’tdi va takomillashib bormoqda. Budjet-soliq sohasi va Budjet-soliq siyosatidagi o‘zgarishlar хo‘jalik rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Budjet-soliq siyosati yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pulkredit va valyuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining holatiqarzdorlik darajasi, inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni belgilaydi. Buning asosiy sabablari eng avvalo tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash va jahon standartlariga moslashish. Shuningdek byudjet – soliq siyosati bo’yicha samarali natijalarga erishishdir.Albatta, byudjet – soliq siyosati har bir davlatning asosiy moliyaviy manbayi hisoblanadi.Shu bilan bir qatorda mamlakat o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi uchun kerakli bo’lgan mablag’ni to’plash uchun soliq stavkalarini yil boshida oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.Soliq stavkalarini belgilashda eng avvalo soliq to’lovchilarning to’lov qobilyatidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.Har tomonlama qulay qilib belgilangan soliq stavkalari davlatga ham, tadbirkorga ham birdek foyda keltiradi. Soliq stavkalarini ishlab chiqish bo’yicha hozirgi davrda mamlakatimizda, jahon standartlariga asoslanib va amaliy tajribadan o’tgan usullarni qayta tahlil qilish orqali soliq stavkalari belgilanmoqda.
Albatta, soliq to’lovlari arzonroq bo’lishi ishlab chiqaruvchilarni va tadbirkorlarni rag’batlantiradi. Lekin bu bazi bir tarmoqlarning juda tez rivojlanishiga va ko’p miqdorda tovar ishlab chiqarishga olib keladi. Natijada esa ma’lum bir tarmoq ishlab chiqargan tovarga nisbatan bozorda inflatsiya yuzaga kelishi mumkin.Bundan vaziyatlar ro’y berishini oldini olish uchun davlat soliqning tartibga solish vazifasidan foydalanadi.Ya’ni o’sha tarmoqqa nisbatan soliq stavkasini ko’tarib qo’yishi.Yoki rivojlanishi qiyin bo’layotgan tarmoqlar uchun esa soliq stavkasini pasaytirib qo’yishmumkin. Bu borada davlat kerakli vaqtda zarur bo’lgan qarorni to’g’ri tanlay bilishi yuqori natijalarga olib keladi.
Davlat tomondan belgilangan soliq stavkalari, xalq tomondan ijobiy qabul qilinsa,iqtisodiy rivojlanishga va yuksalishga yo’l ochadi.Ortiqcha muammolar yuzaga kelmaydi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet – soliq siyosati o’rganish natijasida quyidagi takliflarni kiritmoqchiman:
Mamlakatga joriy etilayotgan soliq to’lovlari soda va har bir fuqaro uchun tushinarli bo’lishi kerak;
Davlat budjetiga tushumlarni oshirish maqsadida korxona va tashkilotlar tomonidan to’lanadigan soliqlarni yengillashtirish. Buning natijasida mamlakatda soliqdan qochish holatlari kamayadi hamda davlat budjetiga tushumlar ko’payadi.
Mamlakatda raqobatbardoshlik muhitini yaratish hamda raqobatbardosh korxonalarni tashkil etish.Buning natijasida mamlakatda raqobatga chidamli korxonalar soni ortadi hamda ular jahon bozoriga chiqqanda ham raqobatga chidamli bo’lib chiqadi.Bu orqali esa mamlakatda eksport hajmi oshishiga erishish mumkin.


Mamlakatda ishlab chiqarish tarmoqlarini ko’paytirish va qishloq joylariga mos ishlab chiqarish, qayta ishlash sohalarini tashkil qilish. Buning natijasida mamlakatda ishsizlar sonining kamayishiga, soliq to’lovchilarning ko’payishiga, milliy bozorni tovarlar bilan yetarlicha to’ldirishga va narxlarning arzonlashishiga, yalpi ichki mahsulotning oshishiga erishish mumkin.

13Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O’zbekiston Respublikasinin Konstitutsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston,2014.


  2. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashrO’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - T.: “Adolat”, 2008 y.


  3. O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. O’zbekiston Respublikasiqonun hujjatlari to’plami, 2013-yil.


  4. Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G’afurov, Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). T., “Fan va texnologiya” nashiryoti. 2005. 784 bet.


  5. O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksi: Rasmiy nashr O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – T.; “Adolat” 2008. 692 bet.


  6. Ishmuhamedov A.E., Jumayev Z.A., Jumayev Q. X. Makroiqtisodiyot (O'quv qoMlanma). -Т.: 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jam g'arm asi nashriyoti, 2005. 192 bet.


  7. B .T .S alimov , U .S .Muxitdinova , S h .I .Mustafaqulov , B .B .S alimov Mikroiqtisodiyot: Darslik T.: O’zbekiston yozuvchilar uyishmasi Adabiyot jamg’armasi nashiryoti, 2005. 208 bet.





Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling