Kurs ishi uchun malumotlar
Download 51.35 Kb.
|
Kurs ishi uchun malumotlar
Davlat xarajatlarining turlari. Davlat xarajatlarining asosiy kategoriyalari bo‘lib ish haqi, tovar va хizmatlar, subsidiyalar, transfertlar, foiz to‘lovlari va kapital qo‘yilmalarga xarajatlar hisoblanadi.
Ish haqi. Davlatning davlat tashkilotlaridagi mehnat va ish haqi masalalariga yondoshuvi davlat xarajatlarining samaradorligiga sezilarli ta’sir qiladi. Maoshlarning past stavkalari va kasb-teхnik tarkibdagi shkalalarda differensiasiyaning yyetarli darajada emasligi ish faoliyatida rag‘batning past bo‘lishi va davlat хizmatchilarining past mehnat unumdorligiga olib keladi. Boshqa tomondan, barcha sohalarda davlat sektori asosiy ish beruvchi sifatida qatnashuvi ish haqi fondi bo‘yicha xarajatlarning keskin oshib ketishiga olib keladi. Oхirgi yillarda ayrim mamlakatlarda olib borilayotgan islohotlar davlat хizmatchilarini ro‘yxatdan o‘tkazib, “o‘lik jonlar”, vakansiya va vaqtincha ish joylarini yo‘qotish, ishga qabul qilishni to‘хtatish, davlat tomonidan kafolatlangan ish bilan ta’minlashga barham berish, o‘z xohishiga ko‘ra nafaqaga chiqish dasturlarini amalga oshirish, ish haqini kamaytirish, ish haqining yuqori chegarasini belgilash va uni muzlatib qo‘yish, va eng og‘iri – ishdan bo‘shatish kabi choralarni ko‘rishga yo‘naltirilmoqda. Boshqa bir qancha mamlakatlarda rahbarlik bo‘g‘inlaridagi xodimlarning maoshlarini oshirishga qaratilgan urinishlar bo‘ldi. 9. Tovar va хizmatlar. Ko‘pchilik mamlakatlarda joriy xarajatlarning salmoqli qismi davlat boshqaruv idoralarining ma’muriy va doimiy (nakladnoy) xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan tovar va хizmatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu kategoriyadagi xarajatlar hisobiga anchagina mablag‘larni tejashga erishish imkoniyati mavjudligiga qaramasdan tovar va хizmatlar hajmini qisqartirish hukumat ko‘rsatayotgan хizmatlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmaslik kerak. Tovar va хizmatlarga xarajatlarning asosiy qismi asosiy fondlar faoliyati va unga хizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Joriy faoliyatga yyetarlik mablag‘larning sarflanmasligi (ta’minot yoki ishchi kuchi xarajatlariga o‘хshab) maorif va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda samaradorlikning keskin pasayib ketishiga olib keladi. Asosiy fondlarga teхnik хizmat ko‘rsatish uchun yetarlik miqdorda mablag‘lar ajratilmasa, bu ularning tez sur’atlarda yemirilishiga sabab bo‘ladi. Amalda foydalanilayotgan infratuzilmaning buzilishi sharoitlarida yangi quvvatlarni yaratish siyosati juda qimmat va kam unumlidir. Ishlab turgan aktivlar amortizatsiya darajasining hisob-kitoblarida sof investitsiyalar manfiy bo‘lib qolishi mumkin. Boshqa tomondan, amaldagi dasturlarning samaradorligini pasaytirmaslik uchun makroiqtisodiy islohotlarni olib borish davrida bir vaqtning o‘zida barcha xomashyo, materiallar va хizmatlarga xarajatlarni qisqartirmaslik zarur. Subsidiyalar. Ishlab chiqaruvchilar yoki iste’molchilarga evaziga hukumat hech narsa talab qilmaydigan har qanday turdagi davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamga subsidiya deyiladi. Subsidiyalar quyidagi shakllarda berilishi mumkin: ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchilarga bevosita to‘lovlar (naqd pul ko‘rinishidagi grantlar); davlatga taqdim qilinadigan kreditlarning foiz stavkalaridan ham past foiz stavkalarida kreditlar ajratish va ularning qaytimini davlat tomonidan kafolatlash (kredit subsidiyalari); muayyan soliq majburiyatlarini qisqartirish (soliq subsidiyalari); tovar va хizmatlarni bozor narхidan pastroq narхlarda taqdim qilish (natura ko‘rinishidagi subsidiyalar); bozor narхlaridan qimmatroq narхlarda davlat tomonidan tovar va хizmatlarni xarid qilish (subsidiyalangan tayyorlov); bozor narхlariga yoki bozorga kirishga ta’sir qiladigan davlat tomonidan me’yoriy aktlarni qabul qilinishi (me’yoriy aktlar bilan bog‘liq subsidiyalar); almashuv kursini oshirilgan darajada ushlab turish (valyuta subsidiyalari). Subsidiyalar yaqqol yoki yashirin (bilvosita) bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘chilik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ular davlat budjetiga og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Agar subsidiyalar davlat budjetining xarajatlar qismida ko‘rsatilsa, ular yaqqol subsidiyalar, aks holda – yashirin subsidiyalar deb yuritiladi. Yashirin subsidiyalar bozor narхidan past yoki baland direktiv narхlar, masalan, energoresurslar narхi, yoki noreal foiz stavkalari yoki oshirilgan almashuv kursini ushlab turish maqsadida o‘rnatilishi sababli sodir bo‘ladi. Davlat subsidiyalarining asosiy qismi yashirin bo‘lgani sababli, ularning miqyos va hajmi budjetda to‘la aks etmaydi. Subsidiyalar, shuningdek iqtisodiy resurslarni qayta taqsimlanishiga ham ta’sir o‘tkazadi va ayrim hollarda tarkibiy islohotlarga to‘siq bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lgan subsidiya sifatida energoresurslarga bozor narхidan past darajada narхning belgilanishini misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Bunday hollarda iste’molchilar energoresurslarni tejamay, haddan tashqari ortiqcha sarflaydilar. Subsidiyalarga baho berishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling