Kursi sh I mavzu: Tobe aloqa turlari va ular shakllanuvchi sintaktik butunliklar. Bajardi


Download 76.96 Kb.
bet12/13
Sana16.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1491917
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHIM TAYYORI

So’z birikmasi zanjiri. Ayrim murakkab SBda bir so‘z oldingi so‘zga hokim, keyingi so‘zga nisbatan tobe bo‘lishi mumkin. Masalan: maktabda o‘qiyotgan bola kabi. Bunda o‘qiyotgan so‘zi maktabda so‘ziga hokim, bola so‘ziga esa tobe a’zo sanaladi.

So‘z birikmasidagi a’zolarning bu tarzdagi kengayishi so’z birikmasi zanjiri deyiladi. Lekin barcha murakkab birikma ham so’z birikmasi zanjirini hosil qilavermaydi. Masalan, xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar birikmasi kabi. Buning bog‘lanishi zanjirsimon emas. Chunki xo‘jalikdagi so‘zi ilg‘or so‘ziga emas, balki ilg‘or terimchilar birikmasiga tobelangan:


So’z birikmasi va sintagma. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari nutq jarayonida qisqa to‘xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi. Masalan: A’lochi o‘quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar gapi uchta sintagmaga bo‘linadi:
1)a’lochi o‘quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar.
Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa to‘xtamdan so‘ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq bo‘ladi. Sintagma – grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik.
Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‘lishi mumkin. Sintagma ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so‘zli bo‘lganda, ko‘pincha, etakchi va unga tobe so‘zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim-tobelik so’z birikmasidagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so‘z keyingi sintagma uchun tobe bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi a’lochi o‘quvchilar sintagmasidagi hokim a’zo (o‘quvchilar) barcha so‘ziga ga tobe bo‘lolmaydi. Lekin so’z birikmasining tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so‘ziga tobelanadi.
Sintagma so’z birikmasiga teng bo‘lishi ham mumkin. Bunda so’z birikmasidagi yonma-yon kelgan tobe va hokim a’zolar sintagma hosil qila oladi: a’lochi o‘quvchilar birikuvi ham so’z birikmasi, ham sintagma. O‘quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo‘lsa-da, sintagma emas, chunki a’zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan.
Sintagmaning so’z birikmasidan farqli yana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin so’z birikmasining uzvlari orasida nutqda bu so’z birikmasiga daxldor bo‘lmagan boshqa so’z birikmasi uzvlari joylashgan bo‘lishi mumkin: kitobni kecha o‘qidim gapidagi kitobni o‘qimoq SB orasida unga daxli bo‘lmagan kecha so‘zi joylashgan.
Sintagmalanishning o‘ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi.
So‘zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‘lib, har bir so‘zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo‘lishi mumkin. Masalan: Halim shofyor akamning o‘rtog‘i gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; 1.Halim – shofyor akamning o‘rtog‘i. 2.Halim shofyor – akamning o‘rtog‘i. Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy so’z birikmasining qaysi so’z birikmasi LSQi hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin.
Xulosa.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida tobe aloqa va ular shakllantiruvchi birliklar haqida so’z borar ekan, ularning an’anaviy va zamonaviy tilshunoslikda o’ziga xos tarzda o’rganilganiga guvoh bo’ldik. Ma’lum bir davr tilshunoslari tomonidan bu atamaga til taraqqiyoti natijasidan kelib chiqqan holda turlicha fikrlar bildirishgan. Xususan, birikmalar tizimi, bog’li aloqa va an’anaviy tarzda so’z birikmasi kabi nomlarda o’z mulohazalarini keltirib o’tganlar. Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanib, ishimizga xulosa qiladigan bo’lsak, o’zaro grammatik va mazmuniy jihatdan bog’lanib obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik so’z birikmasi sanaladi. Masalan, qizil gul, achchiq qalampir va boshqalar.
So’z birikmasi ma’lum gap bo’laklariga kengayishidan hosil bo’ladi. Shuning uchun ham har qanday so’z birikmasi til birligi bo’lgan so’zning kengayish modelining nutq bosqichida yuzaga chiqish imkoniyatlaridan biri sanaladi. U til tizimining leksik - grammatik birligi sifatida mustaqil so’zning bog’lanish imkoniyatidir. Nutqiy jarayonda so’zning kengayish modeli aniq leksik birliklar bilan to’ldirilgan holda son-sanoqsiz real so’z birikmalari orqali namoyon bo’ladi.
Nutqda tushunchalarni aniqroq va muayyanroq ifodalash zarurati tug‘iladi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha ifodalovchi so‘zdan nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi so‘z birikmasini afzal qilib qo‘yadi. Masalan, gul – qizil gul. Bu misolda gul noaniq tushunchani hosil qilsa, qizil gul aniq ifodalangan tushunchani hosil qilmoqda.
Demak, so‘z o‘z ma’noviy imkoniyatini to‘laroq va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil so‘zga ehtiyoj sezadi. Bu so‘z uning ma’noviy ehtiyojini qondirmog‘i uchun ham ma’noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq bo‘lmog‘i lozim.
Tobe aloqa atamasi tilshunoslikka oid ba’zi manbalarda bog’li aloqa atamasi bilan ifodalanganini ko’rishimiz mumkin.Bunga ko’ra bog’li aloqa uch turli bo’ladi: a) moslashuv, b) boshqaruv, v) bitishuv.
Tobe qism o’z shaklini hokim qism shakliga muvofiqlashtirishi moslashuv sanaladi. Hokim so’zning shakli o’zgarishi bilan tobe qismning shakli ham o’zgaradi. Demak, hokim qism shaklining o’zgarishi tobe qismning o’zgarishiga ta’sir qiladi. Ana shu xususiyati bilan bu aloqa boshqaruvdan farq qiladi
Kesim ega bilan moslashuv yo’li bilan boshanadi. Men keldim qurilmasida ega (men) kesim (keldim) bilan shaxs va sonda moslashgan.
Tobe qismning hokim qismga so’z tartibi va ohang yordami bilan bog’lanishi bitishuv sanaladi: katta bino, tez yurmoq, o’nta bola.
Davrlar o’tishi bilan kelishik shakli o’z vazifasini yo’qotib, so’z tarkibida «qotib» qolishi mumkin. Bu hollarda kelishik shakllari tobe qismni hokim qismga bog’lovchi vosita bo’lib kelmaydi. Shuning uchun ham bunday so’zlar boshqaruv aloqasini emas, balki bitishuv aloqasini hosil qiladi: tezda keldi, yurakdan so’zladi.
Bog’li aloqada tobe qism hokim qismning valentligini yuzaga chiqarish uchun xizmat qilsa, u bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, erkin aloqada tobe qism hokim qismning valentligini yuzaga chiqarmaydi. Tobe qismning qaysi shaklda kelishi hokim qismga bog’liq bo’lmaydi. Masalan, Zavodda ishchi. Sinfimizda a’lochi.
Xulosa qilib aytganda, tobe aloqa orqali so’zlarni bir-biriga o’zaro bog’lash va ularning ma’nolari haqida kengroq tushunchaga ega bo’lishimiz mumkin. So’z birikmasi so’zlarning o’zaro birikuv zanjirini hosil qilishda va gapda o’zaro so’zlarning ma’lum bir sintaktik vazifasini aniqlashda katta xizmat qiluvchi til birligi hisoblanadi.



Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling