Kutubxonasi
Hayotimni zulmatga aylantirgan odam
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
Hayotimni zulmatga aylantirgan odam
Meni kutayotgan juda mudhish narsalardan bexabar, tubsiz jarliklarga qulayotgan hayotimni yashashda davom etardim. Ha. Hayotimda mudhish voqea bo’ldi. Koshkiydi, o’sha voqea yuz bermagan bo’lsa…Aminmanki, bu yerlarda emas, juda yaxshi joylarda yuragn bo’lardim. U dahshatli hodisa…Qachon eslasam, asablarim qaqshaydi. Voqeaning o’zidan emas, qanday yuz berganidan…. Bayon qilib, buni ham ichimdan to’kib tashlashni xohlayman.
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 12 Hayoliy bir sevgi bilan yashardim. yolg’iz o’zim ichimdan yonib, hech kim bilmaydigan bir sevgi. Kimga deysizmi? Mashhur boyning o’g’liga. Bola yoqimli, ko’zga yaqin bir yigit edi. Ilk bor ko’rganimdayoq tuyg’ularim isyon qilgandi. Yigit ham harakatlari bilan tuyg’ularimga da’vat etardi. Rasm chizishga qiziqqanimdan rasm o’qituvchimizning to’garagiga qo’shilgandim. To’garakning boshlig’I esa mashhur siyosatchining o’g’li Chag’dash edi. Chag’dash maktabing ko’zga ko’ringan o’quvchisi, barcha tadbirlarning tashkilotchisi. Boy, yoqimtoy, va harakatchan bor bola. Goho tutilardik, goho tutilmasdik. Ammo tutilgan faqat men emasdim. Shu sababli bir- birimiz bilan janjallashardik. Dugonam Amina meni ko’p ogohlantirardi. “Bu bola yaxshi niyatli emas, ehtiyot bo’l”, der edi u. Yoshlik-da…Insonning yonida bir egasi, rahbari bo’lmasa, yo turli guruhlarning fanatic qarashlariga yoki “muhabbat” tuzog’I qurgan jirkanch amallarga qurol bo’larkan. Shunday ham bo’ldi. Rasm chizay deb qo’limga qog’oz qalam oldimmi, faqat bir uy suratini chizardim. Ko’pincha, bir butun oila a’zolarini… Bu ichimda so’nmagan, o’chmagan sog’inchning hikoyasi edi. Yo rasm chizish yoki “ona” haqida she’rlar o’qish. Chag’dash bilan munosabatlarimiz “quyuqlasha” boshladi. Endi sevgi mavzusida ham suhbatlashardik. U menga sevgi izhor qildi va maktabni bitirgach men bilan turmush qurishini aytdi. Dugonam Amina esa bor kuchi bilan bunga qarshilik qilardi. Shu sabab men uni hafa qildim:”Sen meni ko’rolmayapsan, qizg’anyapsan”, deya baqirdim. Chag’dash bir shanba kuni meni uyiga taklif qildi. Bunga bahona qilib:”bir guruh qizlar keladi, meni chizgan rasmlarimni tomosha qilishadi. Choy ham ichamiz”, dedi. Qabul etdim. Uyiga bordim. Meni yaxshi kutib oldi. -Hammadan oldin kelding, -dedi. Bu bilan meni qanchalar sevishngni ko’rsatding. Bu iltifotingdan mamnun bo’ldim. Ammo men hayron edim. Vaqt o’tib borsa-da, hech kim kelmas edi. Buning sababini so’raganimda: -Seni juda sevganim uchun, taklifimni qabul qilsin deb, kichik bir yolg’on ishlatdim, - dedi. Ikkimiz yolg’iz bo’lamiz. Hamma gaplarimizni gaplashib olamiz. Bu harakatidan ham bsevindim, ham biroz tortindim. Uning meni sevishi buyuk bir taraqqiyot bo’lsa-da, bunaqa reja bilan chaqirishi unchalik yaxshi niyatni bildirmasdi…. Natija tahmin qilganingizdek. Menga zo’rlik bilan ega bo’ldi. Bu voqea men uchun katta bir falokat edi. Ichimdagi kuchning, bardoshning, yashash umidining va orzu qilgan go’zal hayollarimning tugaganini ilk marta his qildim. O’sha jirkach voqea, u och qashqirning yovuz niyati juda dahshatli edi. Butun hayotimni zulmatga aylantirdi. Yashash ilinji, orzularimni ostin-ustun qildi. Faryodlarim butun uyni oyoqqa turgizdi. Kimning nima ishi bor? O’sha ishni rejalashtirgan odam, chorasini ham topib qo’ygandi. Kuchim yetganicha baqirdim. -Ey, Alloh! Bor bo’lsang kuchingni ko’rsat. Mendan ham ko’proq yordamga muhtoj kim bor?- deya baqirdim. Uydan chiqdim. Hamma menga qarardi. -O’z oyog’ing bilan kelganingdan keyin shunaqa bo’ladi, -deyishardi. Men dunyoda ortiq yashay olmasdim. Tirik murdaga aylangandim. Muassasa uchun buning ahamiyati bor. Fohishalar safiga yana bir qiz qo’shildi, tamom… O’zimni o’ldirmoqchi bo’ldim. Yotoqxonaga yetib kelgunimcha uch marotaba o’zimni-o’zimni o’ldirmoqchi bo’ldim. Uch marotaba…Uch marotaba o’zimni mashina tagiga tashladim. Qanchalik mushkul o’lim. O’lishni istayman, ammo o’lolmayapman. Ortiq yasholmayman. Mashinalar ham bosmaydi. Yo qattiq tormoz bosishadi yoki chap berib o’tishardi. Qancha falokat bo’ladi, Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 13 qancha odamlar o’ladi. Qayerdasiz? Shofyorlarning ustaligi menga kelganida ish beradimi? Haydang, bitiring shu ishni. Yo’q…Bo’lmaydi…Go’yo bir kuch bunga to’sqinlik qilardi. Yotoqxonaga keldim. Umuman karaxtman. Necha kunki yeyish – ichish yo’q. Maktabga ham bormasdim. Yiqilgandim, tamom bo’lgandim, ortiq yashagim kelmasdi. Yagona do’stim, sirdoshim Amina edi. Necha marotaba yonimga keldi. Hatto bir safar onasini ham olib keldi. Qaysarlik qildim. Hammasi tugadi, o’lishim kerak. Aminaning qistovi bilan bo’lgan voqeani gapirib berdim. Amina go’yo bu voqeani oldindan bilan va meni necha bor ogohlantirmoqchi bo’ldi. Uning aytgani bo’ldi. Men nega bilmadim, nega o’ylamadim? Bu holatimni tushuntirish uchun Chag’dashning dadasini oldiga bordim. Boshimdan o’tgan va o’g’li tomonidan menga qo’yilgan jirjanch tuzoqni yig’lab gapirib berdim. Mening faryodlarimni eshitishni ham istamadi. Kulgili va navbatdagi oddiy hodisani eshitgan kabi “qah-qah” urib kuldi. -Sen birinchi ham emassan, bu ketish bilan oxirgisi ham bo’lmaysan. Ko’zingga qara edi, qizim, -dedi. Qo’limdan sudrab chiqarib yubordi. Dardu iztiroblarim bilan yolg’iz qoldim. Butun umidim so’ngandi. Ehtimol, dugonam Amina hech tildan qo’ymaydigan bir shiorda haqiqat bordir:”Qaysi bir insonda Allohdan qo’rqish va hisob berishga ishonch bo’lmasa, u barcha yomonliklarni qiladi”. Hoh ishon, hoh ishonma. Bir insonni to’xtatishning, tinchlantirishning, nazorat ostiga olishning yo’llaridan biri ham shudir aslida. Yana falsafa qilishni boshladim. Ba’zan shunaqa bo’lib qolaman. Ichimda o’chmagan izlar, malham qo’yilmagan yaralarim meni yillar bo’yi azoblaydi, huddi shu sahnani yangidan o’ynatib, tiklaydi. Chag’dash dunyoyimni zulmat qilgan kun bir telba kabi “Agar bor bo’lsang, qudratingni ko’rsat, Alloh, menga yordam ber. Mushkul ahvoldaman”, degan edim. Bu ahyqiriq go’yo samoga uchgan o’qdek nishonini topgandi. Bugun ham yechilmagan, tushunolmaganim bir voqeaoydinlashdi. Aminaning fikricha, bu Allohning bir mazlum faryodiga javobi edi. Nima bo’ldi deysizmi? Haligacha nafratim kuchli, yurakdagi dog’larim katta bo’lganidan bir maromda gapirolmayapman. O’shanda men o’zimni yoki Chag’dashni o’ldirishni rejalashtirib qo’ygandim. Kutilmaganda yotoqxonaga dugonam Amina keldi… Shoshib hayajonlanib…
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling