Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shu erkinlikmi
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 bila turib tepaman. O’zim xohlab, o’zim yig’layman. Yaxshi odamlarga ham duch keldim, albatta. O’jarligim ularni ko’rishga, ergashishga to’siq bo’lardi. Amina, dadasi, Imom afandi, matematika o’qituvchisi…Bu insonlar meni juda yaxshi ko’rishdi. Himoya qilmoqchi bo’lishdi. Yordam bermoqchi bo’lishdi. Men esa? Zehnli, aqlli, ilg’or fikrli, inqilobchi bo’laman, deb ularni mensimadim. Ko’zing ko’r bo’lsin. Bilaturib jarga qulash deganlari shu-da…
Istanbulda mustaqilman, shundaymi? Sho’ri qursin bu erkinlikning. Tashqariga chiqsang ortingdan bir suruv it…To’satdan oromingni buzishadi. O’qishga ketyapman. Juda orqadaman. Tartibga kelishim qiyin. Yotoqxonadan ayrildim. Uy topishim kerak. Ammo ijaraga katta haq to’lanadi. Har galigi to’lov ruhimdan, rostg’oyligimdan, xayollarim va idelimdan bir parchasini olib ketadi. Shumi erkinlik? Yo’q, azizim, yo’q. Sen erkin falonchi emassan. To’rt devor ichida yashayotgan qishloq qizining fikrlarida sening bu qarashlaringdan ilg’orroq bir erkinlik bor. Gapir? Amina, Imom afandi mendan ko’ra erkin emasmi? Men zamonaviy, ular eskicha. Miyamga bunday mantiqsiz fikrlar qaydan keldi? Endi ulardan qutulolmayapman. Chiqarib tashlolmayapman. Ichishni xohlayapman, bo’lmaydi. Uchishni xohlayapman. Qayg’ularimni unuttiruvchi sehr kerak. Shu ahvolda ketsam manzil juda yaqin. Kinlarim yomon xonalarda, iflos uylarda, tark etilgan burchaklarda o’tmoqda. U yerlarda ichar, faqat ichardim. Keyin esa ukol. Topsam, albatta. Hozircha piyodaman. Ukollarni tashiydigan qizlar bor. Bu ham bir tijoratmi? Keyin esa chidab bo’lmas iztirob. Mudhish bo’shliq…Nega yashayotganimni, qayerdaligimni unutaman. Qaniydi, umuman uyg’onmasam. Bir mikrob yo’qolardi. Ba’zan inqilobchi do’stlarim majlisiga qatnashaman. Haqiqat haqidagi yolg’on gaplarga kulib qo’ya qolaman. Oh, haqiqatlar, tildagidek toza bo’lsa, to’g’ri chiqsa. “Obro’li kurash, to’g’ri hayot, inson haqlari…”qanchalar go’zal emasmi? Xuddi shunday deb hayqirganlarning hayotimizni zulmatga aylantirishi, bizni bir matohdek ishlatib, so’ngra tashlashi? Mana shuning uchun isyon qilardim. Shuning uchun ichib alamlarimni unutmoqchi bo’lardim. Kunlarim azobli, oylar umidsiz. Zo’rg’a ikkinchi kursga o’tdim. Bu yog’I yoz mavsumi. Aminaning yuzlarcha da’vatlari ortda qoldi. Necha marotaba Imom afandining ayoli va matematika o’qituvchim yo’qladi. Yo’q, yo’q. Yonimga kelmang, mendan yaxshilik kutmang. Ular bilan gaplashsam, yanada terslashardim. Aminaning ahvol so’rashi, matematika o’qituvchimning chin dildan samimiy bir tarzda “Qandaysan, qizim?” deyishi…Imom afandini ayolining “Seni sog’indik” deyishi yuragimga bir og’riq solardi. Bu yaxshi insonlarni ko’rgach, ichimda bir mudhish kurash boshlanardi. O’zimni hisob berishga majburlovchi bir tuyg’u…Qilmishlarim uchun meni ayblovchi bir ovoz. Shunday paytlarda o’zimni burda-burda qilib tashlagim kelardi. Nega men bunchalik yomon odamman, deb ezilardim. Eng yaxshisi ular bilan ko’rishmaslik. Ichaman, ichaveraman, o’zimni yo’qotaman, alamlarimni unutaman. Yozda yana bekorchiman. Ish topishim kerak. Ammo meni o’g’irlaganlar also o’z holimga qo’yishmaydi. ”Biz senga pul, ovqat, yoradigan joy beramiz”. To’g’ri berishadi…Ammo endi yetar, axir mening ham izzat-nafsim bor- ku…Nomim, ishim, obro’yim, ayolligim bo’lishi kerak. Yo’q hammasi bir-biriga qorishib ketadi. O’zgarmas vat ark etilmas bir muhitdaman. Necha to’shak, necha “sevgili” necha aldagan insonlar yoki aldanganlar…Titrayman, uyalaman, boshimni devorlarga uraman. Meni xalos etuvchi yo’qmi…Ammo qutqarmoqchi bo’lganlarga ham yaqin yo’lamayman. Bu holat meni yiqitadi. Ular yonimga kelishganida o’zimcha ulardan intiqom olardam. Qanday qilib, deysizmi? Ayollarni matohdek biluvchi va ko’pxotinlikni yo’qlovchi va bu
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 29 haqda nutqlar so’zlovchi oxirgi “sevgilimni” atay aldadim. Tabiiyki, aqldan ozayozdi… Bir daqiqa, xojam, xonamga yana oq xalatlilar kirishdi. Ikki vrach, ikki hamshira. Natijalar haqida bahslashishmoqda. Ko’zlarida umidsizlik seziladi. Men soxta tabassumlaridan payqadim. Ishlar to’g’ri ketyapti. Yetar, bu umrga ko’p narsani sig’dirdim. Balki bir necha kishining hayotini yashadim. Bular ketishsin, keyin davom etamiz… Ayolim ikkimiz joylashib olgan xonaga o’g’lim va qizim kirib kelishdi. Bizni ko’zlarimiz yoshli, bezovta va g’amgin ko’rib sababini so’rashdi. -Maktub, -dedik. Ammo bu safar umuman boshqacha. Shuni o’qiyapmiz. Qaysar qiz ekan, bir qancha to’g’ri odamlarni yaxshi ko’rmaydi. Shu sabab boshiga tushmagan balo yo’q. Qaraylik-chi, qanday tugarkin. Biroz suhbat qurib, dam olgan bo’ldik. Bunday hayot to’zonida, aybning katta qismi Ayselning o’zida. Yordamga cho’zilgan shuncha qo’lni ortga surdi. Onasining omonatlarini olmagandan keyin, oladigani nima bo’lardi…Yig’layinmi, jahl qilayinmi? O’qiylik, ko’ramiz natija nima bo’larkin?
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling