Kuydirish jarayoni
Download 30.29 Kb.
|
Piro javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pirometallurgiya jarayonlar nazariyasi fanining tasnifi
Issiqlik sig’imi Sistema(modda)ning issiqlik sig’imi deb sistema isitilganda yutiladigan yoki sovutilganda ajraladigan issiqlikning tegishli harorat farqiga nisbatiga aytiladi: Issiqlik sig’imi 1kg modda uchun hisoblansa, solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi ( birligi – kJ/kg) 1 mol moddani 1gradusga isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori molyar issiqlik sig’imi deyiladi. Olchov birligi kJ/mol·K. Atom uchun hisoblansa, atom issiqlik sig’imi; vaho’lanki, molyar issiqlik sig’imi molekula tarkibidagi elementlar atom issiqlik sigimlarining yig’indisiga teng. Olchangan sharoitiga qarab izoxor (Sv) va izobar (Sr) issiqlik sig’imiga bo’linadi:
Pirometallurgiya jarayonlar nazariyasi fanining tasnifi Pirometallurgiyada asosan qattiq birikmalarning ikki guruhlari bilan ish olib boriladi – bular oksidlar va sulfidlardir. Oksidlar - er tubidagi eng keng tarqalgan birikmalar guruhidir. Buni ifodalash uchun uchta sababni keltirish mumkin: a) kislorod - litosferada bosh elementdir (og‘irligi bo‘yicha 49%); b) er atmosferasi - oksidlantiruvchi (o2 = 0,2105 Pa); v) Me-O aloqa energiyasi ko‘p metallar uchun ancha baland. Sulfidlarni mis, qo‘rg‘oshin, ruh, nikel, molibden metallurgiyasida uchratamiz. Oltingugurtning tavsifi: ter = 119°C; tqaynash = 4446°C Sulfidlarda oltingugurt ikki valentlidir. Ruda va pirometallurgik ishlab chiqarishda qattiq mahsulotlar erkin, sulfid va oksidlar shaklida bo‘lishlari mumkin. Undan tashqari, ular boshqa oksidlar bilan murakkab birikmalar shaklida ham uchrashlari mumkin. Masalan: Cu2O-kuprit: CuO-tenorit: ZnO-sinkit va boshqalar. Pirometallurgiyada uchraydigan silikatlar (asosli va kislotali oksidlardagi kislorod miqdorining nisbatligiga qarab) bo‘linadi: 2MeO SiO2 - monosilikat yoki ortosilikat (olivinlar); MeO SiO2 - bisilikat yoki metosilikat (piroksenlar). Tarkibida bir necha kislotali va asosli oksidlar mavjud bo‘lgan murakkab minerallar ham uchraydi. Ko‘pincha mineral tarkibiga namlik ham kiradi. Oksidlarning qattiq eritmalardagi alohida birikmalarining turg‘un harorat chegarasi tenglik holat diagrammalari bilan aniqlanadi. Download 30.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling