Sul’fidlarning oksidlanishi. Metallurgiyada sulfidlarning oksidlanish jarayonlari maxsus o‘ringa ega. Rangli metall zahiralarining ko‘pchiligi bu sulfidli rudalardir. Boyitish jarayonida rudalardan o‘z tarkibida 5- 40% oltingugurt bo‘lgan konsentrat ajratib olinadi. Metallurgik qayta ishlashda rudadan hamma begona aralashmalar asta-sekin chiqarib tashlanadi, shu hisobda oltingugurt ham. Oltingugurtning chiqarib tashlash jarayoni qoidadagidek texnologik nuqtai nazarda eng oddiy operatsiya - baland haroratlarda sulfidlarni havodagi kislorod bilan oksidlantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. SHunda oltingugurt – kislorod birikmalar (SO2, SO3), S2 elementlar shaklida yoki boshqa moddalar bilan birikmalar turida chiqarib tashlanadi. Pirometallurgiya tajribasida oltingugurtni shixtadan yoki maxsus operasiyalarda (oksidli kuydirish, aglomeratsiya, shteynlarni konvertirlanishi) yoki boshqa asosiy jarayonlar oqib o‘tishida ajratib olsa bo‘ladi. Gazli fazaning kislorodi bilan sulfidlarning oksidlanishi quyidagi sxemalarning biridan amalga oshiriladi: MeS + 2O2 = Me SO4 MeS + 1,5O2 = MeO + SO2 MeS + O2 = Me + SO2
Do'stlaringiz bilan baham: |