Kuydirish jarayoni


Ajralish jarayonining umumiy tushunchalari


Download 30.29 Kb.
bet12/19
Sana08.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1083833
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Piro javoblari

Ajralish jarayonining umumiy tushunchalari YUqori haroratli pirometallurgiya jarayonlarda odatdagi sharoitlarda turg‘un metall oksidi va sulfidlari tashkil qiluvchi elementlarga ajralishi mumkin. Bu jarayonning to‘la oqib o‘tishi sirtqi omillar bilan qanday aniqlansa (bosim va harorat) birinchi navbatda, kimyoviy aloqaning kuchi va harakteriga bog‘liqdir. Oksid, sulfid va galogenidlar uchun ajralish va elementlardan tashkil qilinishi bir xil qonuniyliklarga bo‘ysunadi, shuning uchun shu birikmalarning termik ajralish jarayoni birgalikda ko‘riladi. Qoidaga binoan, oksid yoki sulfiddarni ajralishi issiqlikni singdirilishi bilan oqib o‘tadi. Ikki valentli metall oksidining termik ajralishi, tarkibi bo‘yicha gomogen mintaqasining metallik tomoniga javob beradigan reaksiya bo‘yicha o‘tadi: 2MeO = 2MeO + O2 + ΔH Mavjud fazalar va ularning agregat holatiga qarab uchta xodisalar ma’lum: 1. Ikki mahsulot oksid va metall quyuqlantirilgan fazalarda joylashgan va jarayonning oqib o‘tishida fazalar tarkibi o‘zgarmaydi. 2. Oksid va metall o‘zaro o‘zgaruvchan eritmani tashkil qiladi. 3. Oksid va metall qaysidir kislorodga nisbatan inertli, o‘zga eritmada eriydi. Pirometallurgiyada keng yoyilgan birinchi hodisada batafsilroq to‘xtaymiz.
Moddalarni ajralish jarayonini haroratga bog‘liqligi Aniq berilgan haroratda oksidning ajralish jarayonida chiqayotgan kislorodning muvozanat bosimi ajralish tarangligi deb aytiladi. Sulfid va xloridlar ham har bir aniq, haroratda o‘ziga xos Rs2, Rs12ga egadir. Bu qiymatlar moddaning muhim tavsifi bo‘lib xizmat qiladi. U moddaning mustahkamlik o‘lchami bo‘ladi va uning turg‘unlik mintaqasini aniqlaydi. Birikma mustahkamligini baholash uchun ajralishning tarangligi haqidagi tushunchani qo‘llasa bo‘ladi. Masalan: oksidning ajralish tarangligining haroratga bog‘liqligidan shu ma’lumki, havo atmosferasida Ro2 = 0,21x105 Pa (0,21 atm) eng turg‘un oksid -bu Fe3O4 (5-rasm). Oksidlarni ajralish davrida kislorodni parsial bosimi atrof muhitdagi Ro2 ni normal qiymatiga teng bo‘lgan (po2 = 0,21. 105 Pa (0,21 atm)) sharoitlarida, oksidlarning ajralish jarayoni o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bu davr Ag2O uchun 450°C keladi, CuO uchun 1030°C da, Fe3O4 uchun esa -2100°C da bo‘ladi.

Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling