Kuydirish jarayoni


O‘zgaruvchan valentli metallarning oksidlanishi


Download 30.29 Kb.
bet18/19
Sana08.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1083833
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Piro javoblari

O‘zgaruvchan valentli metallarning oksidlanishi O‘zgaruvchan valentli metall oksidlanayotgan jarayonda paydo bo‘lgan kuyindi bir necha qatlamdan iborat bo‘ladi. Masalan mis bir va ikki valentli bo‘lishi mumkin. SHuning uchun mis oksidlanayotgan vaqtda paydo bo‘layotgan kuyindi ham bir yoki ikki qatlamdan iborat bo‘ladi. Faqat ularning enliligi farq qiladi. Mis oksidlanishining umumiy tezligi metallni oksidida diffuziyasi bilan cheklanadi va sistema po2 ga bog‘liq emas. K.Vagner ma’lumotlariga ko‘ra, 1000°C da Cu2O faza ichida misning o‘tkazilish tezligi dm/dt, g-atom/sek
Metallarning oksidlanish yuli bilan tozalash asoslari. Har xil metallarning kislorodga tortilish kuchini farqligi shu metallarning oksidlanish orqali tozalash uchun qo‘llanishi mumkin. Bu jarayonda shunday sharoitlar yaratiladiki, qachon zararli metallar oksidlanib uni asosiy metalldan ajratib olinadi. Bunda asosiy metall qisman oksidlanadi. Agar aralashma oksidi asosiy metallda erimasa, u metall sirtiga suzib chiqadi va uni vannadan chiqariladi. Tozalash uchun kerakli sharoitlarni vannadan havo o‘tkazish yo‘li orqali yaratiladi. Vanna kislorod bilan kerakli miqdorda to‘yinadi. Eritmadagi aralashma asosan vannadagi mavjud bo‘lgan kislorod hisobiga oksidlanadi. Homaki metallar (Cu, Pb) 97 – 99 % asosiy metallga ega, qolganlari-aralashmalar, qolganlari ko‘pincha erigan holatda uchraydi. Metallarning yuqori haroratda oksidlanish orqali tozalanishlari maxsus pechlarda amalga oshiriladi. Kislorodga ko‘proq tortilish kuchiga ega bo‘lgan aralashmaning (Me1 ) asosiy metall (Me) dan oksidlanish orqali tozalanish jarayonini termodinamik sharoitlarini ko‘rib chiqamiz. Oksidlanish orqali tozalanish jarayoni mumkin bo‘ladi, qachonki Po2(MeO) > Po2(MeO) boshqa so‘z bilan aytganda, asosiy metall oksidini uchish qobiliyati aralashma oksidi uchish qobiliyatidan ko‘proq bo‘lsa. SHuning uchun, asosiy metall oksidning ajralish tarangligini oshirishni yagona yo‘li - bu metall eritmasida uning miqdorligini ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Odatda bu havo yoki kislorod bilan metallni vannada to‘yintirish natijasida amalga oshiriladi. Suyuq vannani kislorod bilan to‘yintirilishi faqat uni chegaraviy erish qobiliyati etilguncha amalga oshirish mumkin. Masalan, 1200°C suyuq misda faqat 12,4% kislorod erishi mumkin. Asosiy metall oksidining kislorod parsial bosimini oshirish bilan bir vaqtda aralashma oksidining muvozanat bosimini pasaytirishga harakat qilish kerak

Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling