L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Iqtisodiy garmoniya. F.Bastia 1850 yilda «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobini chop
etdi. Unda u garmoniya (uyg‘unlik)ning asosini raqobatda deb hisoblaydi. F.Bastia 42 o‘z g‘oyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalangan bo‘lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos keladi, ya’ni almashuv, harid-savdo o‘zaro teng «xizmatlar»ni almashish demaqdir. Bastia jamiyat hayotining qanday sohasida bo‘lmasin, faqat shaxsiy xizmatlarni ustun qo‘yadi. U «Xizmat» deganda ishlab chiqarishda qatnashadigan va foyda keltiradigan barcha narsalarni nazarda tutadi. Bundan shu narsa aniq bo‘lib qoladiki, qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist va yer egalari ham katta «xizmat» ko‘rsatadilar. Kapitalistning «xizmati» unga foiz olish imkoniyatini beradi, chunki ma’lum iste’molidan voz kechadi va bu kapitalistning «qurboni» deb hisoblaydi. Bu Seniorning tiyilish nazariyasining o‘zidir. «Tiyilish» so‘zi o‘rniga «orqaga surish» so‘zi qo‘yilgan, xolos. Mehnat va kapital o‘rtasidagi uyg‘unlik, ya’ni garmoniyani yanada to‘laroq isbotlash maqsadida Bastia o‘zining kapital jamg‘arilishi «qonuni»ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko‘ra, mehnat va kapital manfaatlari oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining maoshi bir vaqtda va bir miqadorda oshib boradi, hatto ishchilarning hissasi kapigalistlarnikidan tezroq o‘sadi deb hisoblaydi.F.Bastia o‘zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer egasining yoki uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va yaxshilash xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib kapital va yer egaligi o‘rtasidagi Uyg‘unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi yerga qo‘yilgan kapital foizining bir ko‘rinishiga aylantiriladi. U renta va foydaning bir narsa deb hisoblaydi. Demak, Bastianing izohi bo‘yicha o‘sha davrdagi burjua jamiyati turli sinflar o‘rtasidagi o‘z xizmatlari bilan almashib turuvchi «uyg‘unlashgan hamkorlik» jamiyati tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy erkinlik bu xizmatlar almashuvining ekvivalentligining garovi hisoblanadi, chunki bu erkinlik nomutanosib harakatlarning oldini oladi. 1775-85 yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya o‘rtasidagi kurashda qozonilgan g‘alaba tufayli AQSH davlati vujudga keldi. Hokimiyat tepasiga yangi sinf — burjuaziya o‘tirdi. AQSH burjuaziyasi ingliz burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQShdagi hukmron sinf 1865 yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy iqgisodiga zid ravishda o‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. Biroq AQShda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sababi shuki, XIX asrning 20-30-yillarida AQShda kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga kelishiga va AQShda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g‘oyalar Genri Charlz Keri (1793-1879) tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. Yirik noshirning o‘g‘li bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katga yutuqlarga erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqgisodiy tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iktisodiy asarlar muallifi edi. 1837-40-yillarda uning «Siyosiy iqtisod prinsiplari» va 1857-59 yillarda «Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop etildi. G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg‘unligi» (1872) kitobidir. G.Kerining 43 qarashlari Angliyaga qarshi ruxda edi. U Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini rad qildi. G.Kerining metodologiyasi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish bilan tavsiflanadi. G.Keri hamma iqgisodiy toifalarni ta’riflab berishga intildi. U qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o‘lchovi deb ta’rif berdi. U narxni predmetning o‘zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi ziddiyat tarafdori deb hisobladi. G.Kerining o‘zi esa rentani yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerri burjua jamiyatini eng mukammal jamiyat deb isbotlamoqchi bo‘ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga asos qilib oldi. G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xil, go‘yoki kapitalistik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi degan qoida bilan asoslamoqchi bo‘ldi. G.Keri kapitalistik jamiyatda ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq deb hisobladi. Keri qullikni qo‘lladi (bu davrda AQShning janubida hali qul plan-tatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli unga muxtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi qiyin bo‘lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi. Mehnat unumdorligining o‘sishi ishchilarning tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog‘liq, bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy daromaddagi hissasi esa oshib boradi. Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari uyg‘unligi»ni isbotlab berishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unundorligi past yerlarni ishga tushirishga monelik bildiradi. Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar uyg‘unligi» haqida ham gapirib Buyuk Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi chiqadi, boshqa davlatlarni agrar xom ashyo manbaiga aylantirish siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda proteksionizmni keng qo‘llash kerak, deydi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling