L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
6.Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi
XVIII asrga kelib, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishda o‘zaro bog‘liqlikda qonuniyatlar asosida ro‘y berishi to‘liq va aniq ayon bo‘ldi. Bu qonuniyatlarni matematik izohlashdagi dastlabki mukammal tadqiqotlar fransiyalik olim Antuan Ogyusten Kurno (1801-1877) ning “Boylik naxzariyasi matematik prinsiplarining tadqiqoti” (1838) asarida bayon etildi. Kurno bozordagi haridor va sotuvchining turlicha imkoniyatlari asosida tovar bahosining iste’molchi- haridor talabiga bog‘liqlik masalasini taxlil etdi. Ma’lumki, bozor munosabatlari amaliyotida tovar bahosi hamda talab orasidagi bog‘liqlik quyidagicha namoyon bo‘ladi. Ya’ni, tovar bahosining oshuvi iste’molchi talabining kamayishiga olib keladi. Aksincha, baxo pasaysa, talab ortadi. Kurno bu bog‘liklikni “Talab qonuni” deb hisoblaydi va uni talab funksiyasi ko‘rinishida quyidagicha ifodalaydi: D = f(r) bunda, D- iste’molchi talabi, r-tovar bahosi Tovar sotuvidan tushgan pul tushumi (R) funksiyasi esa quyidagi ko‘paytmadan iborat bo‘ladi: R=r x D = r x F (p) Bu funksiya uzluksiz bo‘lib, bahoning har bir cheksiz o‘zgarishiga, talabning cheksiz o‘zgarishi mos ishlashi aks ettiradi. Talab funksiyasi differensiyalanadi. Differensiyalning maksimum qiymati yuqori daromad olishga qaratiladi deb hisoblaydi. Kurno iqtisodiyotga birinchi marta elastiklik tushunchasini tadbiq etdi. Talab funksiyasining baxoga nisbatan elastikligi-tovar bahosining bir foizga o‘zgarganda talab miqdorining qanchaga o‘zgarishini anglatadi. Kurno talabning baxoga nisbatan past elastiklik mavjudligi bilan izohlaydi. 1. Bahoning nisbatan katta bo‘lmagan o‘zgarishiga talabning katta o‘zgarishi ro‘y berishi, talabning yuqori elastiklik holati hisoblanadi. 2. Baholarning sezilarli o‘zgarishidan qat’iy nazar talabning o‘zgarishi sekin bo‘lsa, past elastliklik holati deyiladi. 47 Masalan, tor doiradagi muhlislar uchun, skripka yoki astronomik teleskop narxining ikki barovar o‘zgarishi, ularga bo‘lgan talabning jiddiy o‘zgarishga olib kelmaydi. Shuningdek, narx keskin o‘zgarishidan qat’iy nazar, transport vositalari, oziq- ovqat mahsulotlariga talab deyarli kam o‘zgaradi. Kurno o‘z tadqiqotlarida, tabiiiy monopoliya, ya’ni noyob ma’danli suv chiqaradigan buyum egasining, yuqori daromad olish uchun qanday baho qo‘yish masalasini taxlil etadi. Bunda yangi omillar-ishlab chiqarish chiqimlari, raqobat kabilar ham hisobga olinadi. Shuningdek, Kurno, 2ta raqobatli monopoliya-duopoliya, chekli va ko‘p raqobatchilar holatlarini ham taxlil qilgan. Tahlil matematik aniqliq va kuchli mantiqiylik asosida amalga oshirilgan. Kurno tadqiqotlarining eng muhim jihatlaridan biri, ishlab chiqarish sohasidagi qiymatning mehnat nazariyasi emas, muomala sohasidagi baholar tahlil etilgan. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling