L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
«Uchinchi shaxslar» nazariyasi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
«Uchinchi shaxslar» nazariyasi
Sismondi «Uchinchi shaxslar»deb mayda ishlab chiqaruvchilarni ataydi. «Uchinchi shaxslar» ya’ni mayda ishlab chiqaruvchilarga madad berishiga umid bog‘laydi, turli mamlakatlarning hukumatlariga murojat etib, ularning kapitalistik rivojlanishini to‘xtatsinlar, deb so‘raydi (masalan, Napoleondan) Jamiyat mayda ishlab chiqarishga qaytgan taqdirdagina go‘yo mo‘l-ko‘lchilik boshlanar emish (mulkni bo‘lish kerak). Ishlab chiqarish bilan taqsimot o‘rtasidagi ziddiyat, shaxsiy istemolning takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhimligini Sismondi to‘g‘ri tushunadi, bu uning ijobiy jihatidir. Sismondi kapitalistik yo‘ldan voz kechishni taklif qildi. Kapitalizmni tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasidagi patriarxalchilik munosabatlarini o‘rganishga, ishchilarni foydani taqsimlashda qatnashtirishga ishsizlar, invalidlar haqida g‘amxo‘rlik qilishda va buning uchun maxsus fondlarni vujudga keltirishga, mayda ishlab chiqarishni saqlab qolish va qo‘llab-quvvatlashga, manufakturagacha bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli kapitalistlar o‘rtasida taqsimlashga chaqirdi. U yollanma ishchilarni ham mulkdorlar safiga qo‘shishni orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi. Per Jozef Prudonning iqtisodiy nazariyasi. Per Jozef Prudon (1809-1855)- fransuz publisisti, mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyatchisi, kambag‘al kosib oilasida tug‘ilgan. Moddiy jixatdan nochorligi sababli kollejdagi o‘qishni bitira olmagan. P. Prudon feodalizmga qaytib bo‘lmaslikni, kapitalizmni tan oladi. Ammo u mayda ishlab chiqarishni saqlab qolishni taklif qiladi. P. Prudon qarashlari butun tuzum reformizmi, ishchilar sinfiga dushmanlik ruhi bilan sug‘orilgandir. P. Prudon proletariatning o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlari uchun kurashiga qarshi. U ishchilarning ish tashlashini g‘ayri qonuniy deb e’lon qiladi. P. Prudon avval kapitalizmning tanqidchisi bo‘lib maydonga chiqdi. «Mulkchilik nima»(1840) degan asari unga zo‘r shuhrat keltirdi. Bu asarda hali Prudonning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. «Iqtisodiy ziddiyatlar sistemasi yoki qashshoqlik falsafasi» asarida P. Prudon kapitalizmni isloh qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning bexudaligi va davlat xokimiyatiga ehtiyoj yo‘qligi to‘g‘risidagi anarxiyachilik qarashlarini asoslashga urindi, Fransiya xukmdorlarini o‘zining siyosiy xayrixohligiga ishontirishga urindi. Prudon Sismondi kabi mayda ishlab chiqarishni qo‘llaydi, ammo kapitalizmni (yirik ishlab chiqarishni)islohotlar yo‘li bilan to‘g‘rilash mumkin, degan xulosaga keladi. P. Prudon o‘zining mayda ishlab chiqaruvchilar konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‘p masalalar xususida fikrlarni bayon etadi. Mexnat taqsimoti, 46 tovarning xususiyati, ish haqi, mulkchilik, kapital, foyda, foiz, qiymat va boshqa muammolarni o‘z iqtisodiy romantizm pozitsiyalarida turib aktiv tadqiq qiladi. «Belgilangan qiymat» nazariyasini P. Prudon o‘zining butun iqtisodiy negizi deb hisoblaydi. Tovar ishlab chiqarishning hamma qiyinchiliklarini bartaraf qilish uchun har bir tovarga «belgilangan» qiymat qo‘yib qo‘yish yoki uni bozarda sotilishga kafolat berish, tovar bilan pul o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. P. Prudon tilla bilan kumushni «belgilangan» qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi. U pulga qarshi edi, ammo davlat banki tuzish, «Ishchi puli» (talon)ni joriy qilishni taklaf etadi, aholi o‘z mahsulotini bankka topshirib, ishchi puli oladi va unga kerakli boshqa mahsulotlarni oladi, maqsad iste’mol mollari ishlab chiqarishni qo‘llashdir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling