L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi gurux uchun tarqatma material.
Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va
foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni. 1.Iqtisodiy ta’limotlar so‘zini eshitganingizda fikringizga qanday g‘oyalar, ta’limotlar va konsepsiyalar keladi. Ushbu savolni yoritib berishda biz «Aqliy xujum» texnologiyasini qo‘llaymiz. Talabalar Fan to‘g‘risida fikriga kelgan so‘zlarni navbat bilan aytadilar. Talabalar tomonidan beriladigan fikrlarning hammasini inobatga olinadi. Yetarlicha fikr yig‘ilgandan keyin o‘qituvchi tomonidan bu fikrlar umumlashtriladi. Texnologiyaning muhim tomoni talabalar erkin fikrlaydilar, ularning fikrlari tanqid qilinmaydi, nazardan chetda qoldirilmaydi, ularda fikrini bayon etishga ishonch paydo bo‘ladi. 2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashdagi ahamiyati to‘g‘risidagi savolni yoritish 3x4 pedagogik texnologiyasi foydalaniladi. Bunda gurux talabalar soniga qarab 3tadan 4ta kichik guruxga yoki 4tadan kichik guruxlarga bo‘linadi. Birinchi gurux fanning predmeti, ikkinchi gurux fanning maqsadi, vazifalari uchinchi gurux fanning ahamiyati to‘g‘risida o‘z guruxlarida fikr to‘plab kichik guruxning bir a’zosi bu fikrlarni bayon etishi mumkin. Boshqa guruxlar muaamo yuzasidan savollar va to‘ldirishlari berishlari mumkin. 3. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishda tarixiy davrlar, maktablar va yo‘nalishlardan foydalanish. Kichik guruxlarda ishlash uchun gurux teng sonli talabalardan iborat kichik guruxlarga bo‘linadi va ularga savol yuzasidan tarqatma materiallar beriladi. Tarqatma materiallar bilan tanishib chiqqan kichik gurux a’zolaridan guruxning lideri chiqib muaamoni yoritib beradi. Birinchi gurux uchun tarqatma material. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o‘rin egallab uzoq o‘tmishga ega. Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyoti jarayonida u yoki bu mamlakatdagi olim yoki rahbarlar tomonidan iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariyalar ilgari surilganki, ularni amalga oshirish natijasida butun bir davlat va xalqlar rivojlangan, ravnoq topgan va aksincha rivojlanishi orqaga ketgan. Iqtisodiy g‘oyalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, taxlil etish, nixoyatda amaliy va nazariy jixatdan katta ahamiyatga ega. Chunki unda ko‘p ming yillik tajriba mujassamlashgandir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida u yoki bu sinflar, iqtisodiy qatlamlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‘oyalarni vujudga kelishi, rivojlanishi, kurashi va almashinuvining tarixiy jarayonini ko‘ramiz.Bu fan iqtisodiyot nazariyasi, ekonomiks va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘diradi, rivojlantiradi.Iqtisodiy ta’limotlar 84 tarixi fanini predmeti u yoki bu sinflar, iqtisodiy qatlamlarning manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‘oyalarni vujudga kelishi, rivojlanishi, kurashi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani siyosiy iqtisodning tarixiga o‘xshab ketsa ham undan ancha keng hisoblanadi. Chunki siyosiy iqtisod fani kapitalistik ishlab chiqarish usulining paydo bo‘lishi davrida vujudga keladi va shu sistemani iqtisodiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi esa undan ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fan asoslarini o‘rganish natijasida xalq xo‘jaligi tarixi, iqtisodiyot nazariyasi fanlari va boshqa iqtisodiy fanlar konsepsiyalarini o‘zlashtirish ancha osonlashadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani tarix fani bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, bizga yangilik tuyulayotgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar bundan 200 yil ilgari mavjud bo‘lgan va asosan taxlil qilib berilgan. Ularni o‘rganish va konkretlashtirish iqtisodiyot fanini boyitadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling