L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
«Bumerang» texnologiyasidan foydalanish ketma ketligi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
«Bumerang» texnologiyasidan foydalanish ketma ketligi.
1. Gurux kichik guruxlarga bo‘linadi. Mavzu bo‘yicha tuzilgan savollarning javoblari oldindan tayyorlangan bo‘ladi va shu materiallar guruhlardagi har bir ishtirokchiga tarqatiladi. Ularning har biri ma’lum ajratilgan vaqt davomida alohida o‘rganib chiqiladi. 2. Guruhdagi talabalardan yangidan talabalar soniga qarab 5ta kichik guruxlar tuziladi. Chunki yangidan tuzilgan guruxda mavzu bo‘yicha savollarning hammasi mavjud bo‘ladi. Har bir guruxning vakili o‘ziga tushgan savolni guruhning boshqa a’zolariga tushuntirib beradi. 3. Ma’lum ajratilagan vaqtdan keyin guruh a’zolri Yana eski joylariga qaytib o‘tiradilar. Va tarqatma mateirallar yig‘ishtirib olinadi. Jamoa a’zolarining qo‘llarida hech qanday material qolmaydi. 4. Jamoa a’zolaridan so‘rash boshlanadi. Bunda har bir talaba ball to‘plab boradi. Ball yig‘ish jarayoni qo‘yidagicha amalga oshirialdi. : - har bir qo‘yilgan savolga to‘g‘ri va to‘liq javob -3 ball. - to‘g‘ri qo‘shimcha qilganga – 2 ball. - Replika bilan qo‘shimcha qilganga – 1 ball. Shu savol bo‘yicha hech qanday harakat qilmaganlarga – 0 ball. Guruxda bir kishi buni o‘zlari tanlaydi, guruxdagi har bir ishtirokchi bo‘yicha ballarni jamlab, hisoblab boradi. Savol-javob tugugach umumiy ball hisoblanadi. Va yozma ravishda o‘qituvchiga yetkazadi. 13 5. Endi har bir gurux shu mavzudan bittadan savol tuzadi va qolgan guruxlar diqqtiga ketma-ket haola qiladi. Bu savollarga qolgan guruxlar javob berishlari lozim. Kim to‘g‘ri javob bersa shu guruxga 3 ball. Qolganguruxlarga 0 ball beriladi. Agar birorta gurux javob bermasa, savolni tuzgan guruxning o‘zlari to‘liq javob bersa, shu 3ballni o‘zlariga yozib qo‘yadilar. Bu ballarni guruxning oldingi umumiy ballariga qo‘shib qo‘yiladi va umumiy ballar bo‘yicha guruxning bilimi baholanadi. 12 Iskandarov E, Norboyeva D. Pedaogogika. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. SamISI. 2008y -72 bet Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling