L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Uchinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
102 Uchinchi gurux uchun tarqatma material. Sanoatning rivojlanishi va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishida Fransiya ham Angliya bilan bir qatorda bordi. Shuning uchun ham iqtisodiy ta’limotlar tarixida bu yerda ilg‘or fikrlar foyda bo‘ldi. Bu klassik burjua siyosiy iqtisodining Fransiyadagi asoschilaridan biri bo‘lgan Per Buagilber (1647-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. P.Buagilber Normandiyaning dvoryan oilasida dunyoga keldi. Yaxshi ma’lumot olgach adabiyot bilan shug‘ullandi, keyinchalik Ruan okrugida sud vazifasida ishlab dehqonlar ishini nazorat qilib bordi, va ularning ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, va u dehqonlarni betinim ximoya qilib borgani sababli o‘zini «qishloq xo‘jaligini advokati» deb ataydi. U xayotdagi iqtisodiy muammolarni o‘zining ilmiy qarashlari bilan ifoda qilib berdi. Jumladan uning iqtisodiy qarashlarini «Fransiyaning to‘la tasviri», «Fransiya to‘g‘risida varaqa», «Boyliklar tabiati to‘g‘risida traktat» asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Uning asarlarida Fransiyaning shu davrdagi og‘ir iqtisodiy ahvoli to‘la yoritib berilgan. Ayniqsa qishloq xo‘jaligining orqada qolib ketishi sabablari to‘g‘ri yoritilgan. Buning bosh sababi – olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning Kolber va davlat rahbarlarining merkantilistik qarashlari tarafdori ekanligi fosh etiladi. U o‘zining iqtisodiy ta’limotlarida sanoat rivojlanishining bir tomonlama qo‘llab- quvvatlashga qarshi chiqdi; qishloq xo‘jaligi manfaatlarini ximoya qiladi, don eksportini cheklashga qarshi chiqadi; soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo‘ladi, ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilashni oqlaydi. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o‘rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo‘lsa, P.Buagilberning e’tibori tovarning tovarga bevosita munosabati, ya’ni tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashuviga qaratilgan. Qiymatning iste’mol tomonini to‘g‘ri tan olgan. P.Buagilber pulga keskin qarshi bo‘lib, pulda yovuzlik va ofat mujassamlangan, tovarlarning «haqiqiy baho» asosida almashuvini buzilishiga sabab shundan, kelib chiqadi deb hisoblaydi. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholagan. Agar V.Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rolni o‘ynaydi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling