L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Ikkinchi tarqatma taterial
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Ikkinchi tarqatma taterial. V.Petti (1623-1687) Angliyada shakllangan klassik
burjua siyosiy iqtisodining asoschilaridan biridir. V.Petti har tomonlama va yuksak bilimli inson bo‘lgan. U mayda hunarmand matochi oilasida tug‘ildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida meditsina sohasida taxsil ko‘rgan. U yoshligidanoq juda qobiliyatli talaba bo‘lgan. 1647 yili nusxa ko‘chiradigan mashina ixtiro qiladi. 1649 yili fizika doktori darajasini oladi. 1651 yili anatomiya va fizika professori bo‘ladi. Uning iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktati» (1662), «So‘z donishmadlarga» (1665), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifmetika» (1683) va shu kabi asarlari diqqatga sazovordir. V.Pettining dastlabki iqtisodiy asarlarida merkantilizmning ta’siri ancha kuchli bo‘lgan, lekin keyingi «Pul to‘g‘risida bir og‘iz so‘z» (1682) kitobida u merkantilizmdan voz kechadi. Dastlab u faol savdo siyosati ya’ni «davlatni iqtisodga aralashuvini to‘g‘ri deb qo‘llagan bo‘lsa keyinchalik bu ishlab chiqarishni rivojlanishiga yordam berishi kerak, degan fikrni bildiradi. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu xayotning abadiy va o‘zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog‘ bo‘lib, yog‘ning ortig‘i ham, kami ham ziyon, ya’ni me’yorida bo‘lgani yaxshi deydi. V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga e’tibor berib, bu aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo‘lishi lozim deb ta’kidlaydi. V.Petti o‘zining tabiiy baho to‘g‘risidagi ta’limotida qiymatning mehnat nazariyasiga asos soladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turuvchi bozor bahosiga tabiiy bahoni qarama-qarshi qo‘ya bildi. Uning fikricha tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng bo‘lishi kerak, chunki u mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya’ni non kumushga almashtirilganda, almashuv qiymati asosida shu mahsulotlarning ishlab chiqarishga sarflangan mehnat yotadi. Demak, qiymat mehnat bilan aniqlanadi, bundan tashqari tovarning qiymati kumushni qazib olishdagi mehnatga to‘g‘ri proporsionalligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasini birinchi bo‘lib ko‘rsata olgan. Ammo u qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboradi va almashuv jarayonida qanday shaklda bo‘lsa shunday, bo‘ladi deb tushunadi, ya’ni pul shaklida ifoda qiladi, tovarning iste’mol qiymati e’tiborga olinmaydi, ya’ni qiymat faqat bozorda yuzaga chiqadi, deydi. Albatta u xato fikr bo‘ladi. V.Petti yerni sotib oluvchi uchun yillik daromad manbai ekanligini tushungan. Shunga muvofiq V.Petti yerning bahosi shunday summaga teng bo‘lishi kerakki, bu summa har yili olinadigan renta xuquqini beradigan bo‘lishi kerak, deb to‘g‘ri hisobladi. Ammo yerning bahosi masalasini to‘la hal eta olmadi, chunki yerning bahosi ikki faktorga bog‘liq: birinchidan, yer rentasining miqdoriga va ikkinchidan protsent darajasiga bog‘liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling